16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:38
Qishloq xoʻjaligi 👁 108

Urugʻlik chigitning sifati ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilmoqda

Urugʻlik chigitning sifati ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilmoqda

Maʼlumki, 2026-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran mamlakatimizda urugʻchilik sohasida oʻziga xos yangi, raqamli davr boshlandi. Unga koʻra, mulkchilik shaklidan va qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼi nazar, urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi barcha tadbirkorlik subʼektlari uchun qatʼiy talab oʻrnatildi. Yaʼni, zamonaviy raqamli QR-kodli yorliqlar bilan taʼminlanmagan, shuningdek, maxsus laboratoriyalar tomonidan ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan har qanday qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini realizatsiya qilish qatʼiyan taqiqlandi. Bu jarayon, avvalambor, fermerlarni sifatsiz urugʻlardan himoya qilishga, qolaversa, yurtimizda yetishtirilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini xalqaro maydonda oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Bu borada qabul qilingan Prezidentimizning maxsus Farmoni bilan urugʻlik paxta xom ashyosini qabul qilish, uni xavfsiz va sifatini yoʻqotmagan holda saqlash, dastlabki qayta ishlash bosqichlaridan oʻtkazish, urugʻlik chigit tayyorlash, uni fermerlarga tarqatish va eng asosiysi, barcha bosqichlarda sifatni qatʼiy nazorat qilish boʻyicha masʼul tashkilotlarga bir qator jiddiy vazifalar yuklatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan mazkur Farmon asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Inspektsiya mutaxassislari tomonidan chigitni ekishga tayyorlash jarayonlari ustidan qatʼiy va tizimli nazorat oʻrnatilgan. Zero, moʻl va sifatli hosil yetishtirishning asosiy garovi bevosita yerga qadaladigan urugʻning sogʻlomligi, ekinbopligi va yuqori unuvchanlik xususiyatiga bogʻliqdir.

Joriy yilda Amudaryo tumanida jami 13 ming gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan. Eʼtiborli jihati shundaki, ushbu maydonning 3 ming 475 gektariga toʻgʻridan-toʻgʻri innovatsion usullar, yaʼni Xitoy-Shinjon texnologiyasi asosida xorijiy, serhosil paxta navlarini ekish belgilangan. Bu zamonaviy texnologiya nafaqat hosildorlikni keskin oshirishga, balki suv va boshqa tabiiy resurslarni tejashga ham xizmat qiladi.

Shu bilan birga, tumandagi mavjud fermer xoʻjaliklari oʻrtasida oʻtkazilgan shaffof tanlovlar natijasida 17 ta eng ilgʻor fermer xoʻjaligi urugʻlik yetishtirish huquqiga ega boʻlgan. Mazkur xoʻjaliklar tomonidan joriy yilda 874 gektar maydonda kelasi yillar uchun sifatli urugʻlik paxta yetishtirilishi rejalashtirilgan boʻlib, bu hududning mahalliy urugʻchilik bazasini yanada mustahkamlashga zamin yaratadi.

Bugungi kunda tumanda faoliyat yuritayotgan “Amudaryo kelajagi” ishlab chiqarish kooperatsiyasi tomonidan xorijdan keltirilgan, sertifikatlangan va barcha sifat talablariga toʻliq javob beradigan urugʻlik chigitlarni fermer xoʻjaliklariga tizimli va oʻz vaqtida tarqatish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

Bu muhim jarayonning har bir bosqichi, urugʻning ombordan chiqishidan tortib, to dalaga yetib borguniga qadar boʻlgan davr Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Amudaryo tumani boʻlimi inspektorlari tomonidan kunu tun nazorat qilib borilmoqda. Zero, urugʻlik chigitning sifatini nazorat qilish – bu shunchaki mavsumiy agrotexnik jarayon emas, balki butun boshli mintaqaning iqtisodiy farovonligi, minglab oilalarning barqaror daromadi va mamlakat yengil sanoatini mustahkam xomashyo bilan taʼminlashning asosiy shartidir. Amudaryo tumanida olib borilayotgan bu kabi tadbirlar ertangi kunda xirmonimizning yanada yuksak boʻlishiga, el-yurtimiz dasturxoni toʻkinligi va iqtisodiyotimizning yanada gullab-yashnashiga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019