16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:35
Jamiyat 👁 257

Yoshlar bandligini taʼminlash va qoʻllab-quvvatlash — asosiy vazifa

Yoshlar bandligini taʼminlash va qoʻllab-quvvatlash — asosiy vazifa

Payshanba kuni mamlakatimizda keng nishonlanadigan Yoshlar kuni munosabati bilan Amudaryo tumanida yana bir muhim va mazmunli tashrif amalga oshirildi. Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov Xitoy ovulida joylashgan 85-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bu tashrif nafaqat rasmiy nazorat, balki yoshlar hayoti, ularning orzu-intilishlari va kelajagi bilan bevosita qiziqish ifodasi boʻldi.

Maktab hududida yaratilgan imkoniyatlar, xususan, sport zali, zamonaviy jihozlar, turli toʻgaraklar faoliyati alohida eʼtibor bilan koʻzdan kechirildi. Bugungi kunda yosh avlodning nafaqat bilimli, balki jismonan sogʻlom boʻlib voyaga yetishi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Shu bois oʻquvchilarning sportga boʻlgan qiziqishi, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Tashrif davomida masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi. Xususan, yoshlarni sogʻlom turmush tarziga keng jalb etish, iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qiziqishlarini roʻyobga chiqarish uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratish zarurligi taʼkidlandi. Bu esa kelajakda barkamol, faol va tashabbuskor avlodni tarbiyalash yoʻlida muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.

Tuman hokimi tashrif doirasida hududdagi yosh tadbirkorlar faoliyati bilan ham tanishdi. Xususan, Asadbek Kenjayev tomonidan yoʻlga qoʻyilgan avtomaktab faoliyati oʻrganildi. U imtiyozli kreditdan oqilona foydalanib, nafaqat oʻz biznesini yoʻlga qoʻygan, balki boshqa yoshlarga ham kasb oʻrganish, haydovchilik koʻnikmalarini egallash imkonini yaratgan. Bu tashabbus hududda yoshlar bandligini taʼminlashda muhim omil boʻlib xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.

Yana bir ibratli misol sifatida Xitoy ovuli hududida istiqomat qiluvchi yosh tadbirkor Ogʻabek Sobirovning faoliyati eʼtirofga sazovor. U mahalla tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditdan samarali foydalanib, issiqxona tashkil etgan, shu bilan birga chorvachilik yoʻnalishida qoʻy parvarishini ham yoʻlga qoʻygan. Ushbu tashabbus orqali u nafaqat oʻz bandligini taʼminladi, balki daromad manbaini kengaytirib, atrofidagi yoshlarga ham oʻrnak boʻlib kelmoqda. Bu kabi saʼy-harakatlar qishloq joylarda tadbirkorlik muhitini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashrif davomida Xitoy OFY binosida yoshlar bilan ochiq muloqot ham tashkil etildi. Unda tuman rahbariyati, tegishli tashkilotlar masʼullari hamda Boʻzyop, Xitoy, Toryop va Kuyuk koʻpir hududlarida yashovchi yoshlar ishtirok etdi. Samimiy ruhda oʻtgan uchrashuvda yoshlar oʻzlarini qiynayotgan muammolarni, taklif va tashabbuslarini erkin bayon etdilar.

Ayniqsa, bandlikni taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlar olish, kasb-hunar oʻrganish va boʻsh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari keng muhokama qilindi. Har bir murojaat eʼtibordan chetda qolmadi — mutasaddilar tomonidan aniq javoblar berilib, amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Yakunda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini roʻyobga chiqarish, jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Hududlarda tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar va tashriflar rahbarlarning yoshlar hayotiga befarq emasligining amaliy ifodasidir. Chunki bugungi eʼtibor — ertangi taraqqiyot poydevori. Yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar esa yurt kelajagini porloq etishga xizmat qiladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019