16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:57
Jamiyat 👁 240

Kitob bilan yuksalgan ayol — millat kelajagi

Kitob bilan yuksalgan ayol — millat kelajagi

Insoniyat tamadduni tarixiga nazar tashlar ekanmiz, jamiyatning maʼnaviy qiyofasini belgilovchi eng muhim mezonlardan biri bu ayolning ilm-maʼrifatga boʻlgan intilishi ekaniga guvoh boʻlamiz. “Kitob” va “Ayol” tushunchalari bir-biriga shu qadar uygʻun va payvandki, ularni ayro holda tasavvur qilish qiyin. Bilimli ayol nafaqat oʻz hayotini, balki butun bir jamiyatning kelajagini nurafshon etishga qodir qudratli kuchdir. Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan «Kitob bilan yuksalgan ayol» nomli davra suhbatining mazmun-mohiyatida ham «Bir erkak oʻqisa – bir inson bilimli boʻladi, bir ayol oʻqisa – butun millat bilimli boʻladi» degan hayotiy hikmat mujassam boʻldi.

Axborot-kutubxona markazida boʻlib oʻtgan mazkur tadbirning asosiy diqqat markazida bolalar kitobxonligini rivojlantirishda ayolning va oilaning tutgan oʻrni mavzusi boʻldi. Davra suhbatining mehmoni – Amudaryo tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Sabirova oʻz nutqida bu boradagi muhim jihatlarga toʻxtalib oʻtdi. Taʼkidlandiki, bolani kitobga doʻst qilish – unga dunyoni anglash kalitini berish bilan barobardir. Oila bu ilk taʼlim dargohi, ota-ona esa farzand uchun hayotdagi eng birinchi va eng muhim muallimlardir. Agar biz bugun farzandlarimiz qalbida kitobga nisbatan samimiy muhabbat uygʻota olsak, ertaga bilimli, yuksak maʼnaviyatli va chin vatanparvar avlodni tarbiyalagan boʻlamiz.

Tadbirda mahallalarning faol onaxonlari va yosh kitobxonlarning ishtirok etishi avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy koʻprikning yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi. Onaxonlarning hayotiy tajribalari va yoshlarning bilimga boʻlgan ishtiyoqi davra suhbatiga oʻzgacha fayz bagʻishladi. Muloqot davomida har bir ishtirokchi kitobxonlik madaniyatini oshirish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini oʻrtoqlashdi. Yoshlarni kitob mutolaasiga chorlovchi samimiy soʻzlar, badiiy asarlarning inson ruhiyatiga taʼsiri haqidagi hayotiy misollar barchada katta taassurot qoldirdi. Bu kabi tadbirlar jamiyatimizda kitobxonlik muhitini yanada yaxshilashga, ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bilan birga, ularning maʼnaviy olamini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Bugungi tezkor zamon ayoldan nafaqat uy ishlari yoki farzand tarbiyasini, balki keng dunyoqarash va intellektual salohiyatni ham talab etmoqda. Davra suhbati davomida aynan elektron va bosma kitoblarning uygʻunligi, ayollarning zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan xabardor boʻlishi jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikning asosiy omili ekani eʼtirof etildi. Mutolaa qiladigan ayol – bu har qanday murakkab vaziyatda toʻgʻri qaror qabul qila oladigan, oiladagi maʼnaviy muhitni sogʻlom saqlashga qodir boʻlgan kuchli shaxs boʻlishi qayd qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda kitobxonlik madaniyatini oilada shakllantirishning amaliy usullari haqida ham qizgʻin fikr almashildi. Ota-onaning farzand koʻz oʻngida kitob oʻqishi – bu har qanday nasihatdan koʻra taʼsirliroq tarbiya usuli ekani hayotiy misollar bilan tushuntirib berildi. Mahalla faollari va onaxonlar oʻz nutqlarida xonadonlarda shaxsiy kutubxonalarni tashkil etish, bolalarga sovgʻa sifatida kitob berish anʼanasini qayta tiklash zarurligini taʼkidladilar. Bu kabi jonli muloqotlar ayollarning nafaqat bilim olishiga, balki jamiyatda oʻz oʻrnini topishi va kelajak avlod oldidagi masʼuliyatini yanada chuqurroq his qilishiga xizmat qilishi shubhasizdir.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, kitob bilan yuksalgan ayol – bu baxtli va farovon jamiyat demakdir. Amudaryo tumanida oʻtkazilgan ushbu maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv yana bir bor isbotladiki, kitob va maʼrifat bor joyda doimo yuksalish, taraqqiyot va fayz-baraka boʻladi. Zero, kitob sahifalariga muhrlangan bilimlar asrlar osha insoniyatga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib kelgan va bundan keyin ham jamiyatimizning maʼnaviy ustuni boʻlib qolaveradi. Shunday ekan, farzandlarimizga nafaqat moddiy boylik, balki eng avvalo kitobga boʻlgan mehr va yuksak maʼnaviyatni meros qilib qoldirishimiz lozim.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019