16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:37
Jamiyat 👁 264

Mahalla yettiligining hamjihatligi – farovonlik garovi

Mahalla yettiligining hamjihatligi – farovonlik garovi

Mamlakatimizning chekka hududlarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, eng avvalo, mahallabay ishlash tizimining qanchalik samarali ekanligini yaqqol namoyon etmoqda. Amudaryo tumanining Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻini misolida ham ushbu fikrlarning hayotiy isbotini koʻrish mumkin. Toʻlqin ovulida hozirgi kunda 1 ming 623 ta xonadon mavjud boʻlib, ularda 2 ming 238 oila, jami 8 ming 783 nafar aholi tinch va farovon istiqomat qilib kelmoqda. Ovul fuqarolar yigʻini raisi Faxriddin Jumabekov, hokim yordamchisi Ruslan Sagʻinbayev, xotin-qizlar faoli Gavhar Babatayeva, yoshlar yetakchisi Fozilbek Qurbonboyev, profilaktika inspektori Maʼrufat Toqliboyev, soliq inspektori Zulxumor Yuldasheva hamda ijtimoiy xodim Dilfuza Abdullayevalardan iborat “Mahalla yettiligi” oʻzaro hamjihatlikda, bir yoqadan bosh chiqarib samarali faoliyat yuritmoqdalar va yuqori natijalarga erishmoqdalar.

Ovul aholisining kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida mahalla hududida koʻplab ijtimoiy va maishiy obʼektlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, kelajak avlod taʼlim-tarbiyasi uchun 3 ta umumtaʼlim maktabi va 5 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti xizmat koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, hududda 7 ta oziq-ovqat doʻkoni, 2 ta sartaroshxona, shuningdek, aholiga toza ichimlik suvini yetkazib berish va tozalashga moʻljallangan 6 ta shoxobcha muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Ovulda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami ham doimiy eʼtibor markazida. Jumladan, 15 ta ehtiyojmand oilaga zarur yordam koʻrsatildi, 20 nafar fuqaro esa tegishli nafaqa va moddiy yordam olishga yoʻnaltirildi. Eʼtiborli jihati shundaki, “Toʻlqin” ovulida istiqomat qiluvchi jami 4 ming 425 nafar xotin-qizlardan 30 yoshdan yuqori boʻlgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 146 nafari xatlov asosida 2026-yilgi “Ayollar daftari”ning yettinchi bosqichiga kiritildi va ularga manzilli yordam koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Ovul yoshlarining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish va ularni sportga jalb qilish borasida tashkillashtirilayotgan ishlar ham tahsinga loyiq. Yoshlar yetakchisining amaliy koʻmagi bilan tungi vaqtlarda maktab sport zallarida basketbol, voleybol va mini-futbol boʻyicha musobaqalar, shuningdek, turli koʻrik-tanlovlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Natijada ovul yoshlari sport sohasida salmoqdi yutuqlarga erishib kelmoqda. 2022-yilda toʻlqinlik yoshlar stritbol boʻyicha “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Respublika bosqichida faxrli 2-oʻrinni egallab, hududda zamonaviy sport maydonchasi qurish uchun mablagʻ yutib olishga muvaffaq boʻlishgan edi. Bugungi kunda yoshlar ushbu maydonchadan samarali foydalanmoqda.

Ovul yoshlaridan tuzilgan futbol jamoasi esa Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarida ketma-ket uch yil – 2023, 2024 va 2025-yillarda tuman bosqichi gʻolibi boʻldi. Bundan tashqari, 2024-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi kubogini ham qoʻlga kiritdi. 2025-yilda Mustaqillik bayrami munosabati bilan oʻtkazilgan hokim kubogi va 2026-yil Navroʻz bayrami arafasidagi mini-futbol boʻyicha chempionat gʻalabalari bilan jamoaning umumiy sovrinlari soni oltita kubokka yetdi.

Sportdan tashqari hunarmandchilikda ham yoshlar yuqori natijalarga erishmoqdalar. Ovulda yashovchi sartarosh Hakimbek Oʻtamuratov joriy yilning 27-mart kuni Nukus shahrida Oʻzbekiston Sartaroshlar va pardozchilar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada “masterlar” yoʻnalishi boʻyicha faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning kelajagiga poydevor yaratish maqsadida ovulda yashovchi 33 nafar talabaning shartnoma toʻlovlari toʻlab berildi. “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida 4 nafar yosh zamonaviy kasblarga oʻrgatuvchi markazlarda tahsil oldi, 10 nafari kasb-hunarli boʻldi va yana 10 nafari doimiy ish bilan taʼminlandi. Tadbirkorlikka qiziquvchi 5 nafar yoshga jami 24 million soʻm miqdorida subsidiya ajratildi. Shuningdek, 2 nafar yigitning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat badali, 4 nafarining fuqarolik pasporti hamda yana 4 nafar yoshning haydovchilik guvohnomasini olish xarajatlarining bir qismi qoplab berildi.

Qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanish istagida boʻlgan 156 nafar yoshga 10 va 30-yil muddatga ijara asosida yer maydonlari ajratildi. 29 nafar yigit-qizga jami 516 million soʻm, shuningdek, yirik loyihalar uchun 2 nafar yoshga 150 million soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

Iqtisodiy rivojlanish va aholi bandligini taʼminlash borasida hokim yordamchisining koʻmagi bilan joriy yilning dastlabki 3 oyi davomida 15 nafar ishsiz fuqaroga jami 580 million soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Umumiy hisobda 26 nafar fuqaro oʻzini-oʻzi band qilib, 14 nafari doimiy ish joyiga ega boʻldi. Migratsiyadan qaytgan 2 nafar fuqaroga kredit mablagʻlari olishga koʻmaklashildi. Yil boshidan buyon hududda 7 ta yangi tadbirkorlik subʼekti oʻz faoliyatini boshladi.

Dehqon xoʻjaliklari va eksport qiluvchi korxonalar, brokerlar hamkorligini taʼminlash orqali tomorqadan unumli foydalanish tajribasi ommalashmoqda. Jumladan, ovulda yashovchi Azim Muxtorov 8 sotixli issiqxonasida pomidor, 25 sotix ochiq maydonda esa karam yetishtirib, oilasiga yuqori daromad keltirmoqda. Yana bir mirishkor Baxtiyor Muxtarov ham 6 sotixli issiqxonasida pomidor parvarishini yoʻlga qoʻygan.

Fuqarolar yigʻini raisi Faxriddin Jumabekov boshchiligida “Mahalla yettiligi” aʼzolari hududdagi yirik fermerlar bilan ham doimiy muloqotda boʻlib, muammolarni birgalikda hal etmoqda. “Xidirov Samad” fermer xoʻjaligi 38 gektar yerda paxta va 35 gektar maydonda gʻalla yetishtirmoqda. Ayni kunlarda ushbu dalalarda chigitlarning bir tekis unib chiqayotgani kelgusi moʻl hosildan darak berib turibdi.

Iqtisodiy barqarorkni taʼminlovchi muhim omillardan biri bu soliq tushumlaridir. Ovulda mol-mulk va yer soligʻi toʻlovlarining oʻz vaqtida undirilishi qatʼiy nazoratga olingan. Hudud boʻyicha jami hisoblangan 375 million soʻmlikdan ortiq soliqlardan bugungi kunga qadar 340 million soʻmdan ortigʻi oʻz vaqtida mahalliy byudjetga undirildi.

Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida mart oyi holatiga koʻra, 208 ta kam taʼminlangan oila bolalar puli va moddiy yordam olmoqda. Hududda istiqomat qiluvchi 273 nafar nogironligi boʻlgan shaxs va uy taʼlimida oʻqiyotgan 3 nafar bola doimiy eʼtibor markazida.

Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash joizki, Toʻlqin ovulidagi “Mahalla yettiligi” aʼzolarining oʻzaro jipslashgan holda, tizimli olib borayotgan saʼy-harakatlari bugun oʻz mevasini bermoqda. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlar muammolarini hal etish hamda hududni jinoyatchilikdan xoli, obod maskanga aylantirish borasidagi bunday ibratli ishlar mamlakatimizda olib borilayotgan xalqchil siyosatning eng quyi boʻgʻindagi yorqin va amaliy ifodasidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019