16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:34
Jamiyat 👁 258

Ijtimoiy xodim mahalla ahlining tayanchiga aylandi

Ijtimoiy xodim mahalla ahlining tayanchiga aylandi

Mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning eng asosiy maqsadi avvalo, har bir fuqaroning hayotdan rozi boʻlib yashashini taʼminlash, ehtiyojmand qatlamlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularning jamiyatda mustahkam oʻrin topishiga koʻmaklashishdan iboratdir. Bu borada tashkil etilgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari joylarda xalq bilan davlat oʻrtasidagi eng muhim va ishonchli koʻprikka aylanib ulgurdi. Ushbu markazlarning masʼuliyatli va sharafli vazifalarini yelkasiga olgan ijtimoiy xodimlar har kuni koʻplab oilalarning dardiga darmon boʻlib, ularning muammolarini bartaraf etish yoʻlida tinimsiz mehnat qilmoqdalar.

Ana shunday fidoyi kasb egalaridan biri – Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining Boʻston mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodimi Javohir Rajabovdir. U 2024-yilning sentyabr oyidan buyon mazkur mahalla fuqarolar yigʻinida ijtimoiy xodim sifatida sermahsul faoliyat olib bormoqda.

Bugungi kunda Boʻston mahallasida jami 1703 ta oila istiqomat qiladi va ulardagi aholi soni 4603 nafarni tashkil etadi. Mazkur hududda yashovchi 158 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar, Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan 146 ta oila hamda vasiylik va homiylikka olingan 13 nafar voyaga yetmagan bolalar doimiy ravishda ijtimoiy xodimning diqqat markazida boʻlib kelmoqda. Bu toifadagi fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash, ularni jamiyatga toʻlaqonli integratsiya qilish va ijtimoiy yakkalanib qolishlarining oldini olish maqsadida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Xususan, Javohir Rajabovning bevosita tashabbusi va amaliy harakatlari bilan harakatlanishida nuqsoni boʻlgan yoki oʻzgalar koʻmagiga muhtoj 9 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarga maxsus hassalar, 2 ta oddiy nogironlik aravachasi hamda 1 ta zamonaviy elektron yuritmali aravacha yetkazib berildi. Shu bilan birga, harakat tayanch tizimida muammosi boʻlgan fuqarolar uchun 4 ta tirsakli qoʻltiq tayoq, eshitish qobiliyati pasaygan insonlar uchun 3 ta eshitish moslamasi hamda 2 ta kattalar uchun oyoq protezi ajratilishi taʼminlandi.

Bundan tashqari, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar hamda ogʻir turdagi nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot tarzini sifatli ijtimoiy xizmat koʻrsatish orqali yaxshilash maqsadida mahalladagi 3 ta 1-guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga rasmiy ravishda qarovchilar biriktirildi. Mazkur qarovchilarga mehnat qonunchiligiga asosan ish staji yuritilmoqda. Bu orqali nafaqat nogironligi boʻlgan shaxslarning kundalik ehtiyojlari qondirilmoqda, balki ularga gʻamxoʻrlik qilayotgan insonlarning ham ijtimoiy hamda mehnat huquqlari mustahkam kafolatlanmoqda.

Shu oʻrinda, oilalarning moddiy farovonligini oshirish yoʻnalishida qilingan ishlarga ham alohida toʻxtalib oʻtish joiz. Hozirgi kunda mahalladagi ehtiyojmand qatlamni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida 135 ta oila muntazam ravishda bolalar nafaqasi, 11 ta oila esa davlat tomonidan belgilangan moddiy yordam pullarini olib kelmoqda. Shuningdek, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xulosalariga asosan mahallaning 3 nafar fuqarosiga nogironlik guruhi tayinlanishida ham ijtimoiy xodim bevosita yaqindan koʻmak koʻrsatdi. Qolaversa, mahallada yashovchi yordamga muhtoj 65 nafar fuqaroning roʻyxatlari shakllantirilib, ularga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya pullari toʻlab berildi.

Jamiyatning eng nozik va ogʻriqli nuqtalaridan biri boʻlgan oilaviy kelishmovchilik hamda zoʻravonlik holatlarining oldini olish borasida ham mahallada samarali mexanizm yaratilgan. Jumladan, hududda istiqomat qiluvchi, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan 3 nafar ayol-qizlarga oʻz vaqtida zarur yordam koʻrsatildi. Ushbu jarayonda mahallaning xotin-qizlar faoli hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining malakali psixologlari bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatilib, jabrlangan ayollarga kompleks psixologik maslahatlar berildi.

Bugungi kunning ijtimoiy xodimi mahalla ahlining chinakam yaqin koʻmakchisiga aylanib ulgurgan. Amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli va savobli ishlar inson qadrini ulugʻlash, hech bir fuqaroni eʼtibordan chetda qoldirmaslikdek ulugʻvor maqsadlarga xizmat qilmoqda. Oʻz fuqarolarining dardiga malham boʻla oladigan, ularning ijtimoiy farovonligini taʼminlashni ustuvor vazifa deb biladigan davlatning kelajagi esa albatta buyuk boʻladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019