16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:47
Qishloq xoʻjaligi 👁 2,575

YuKSAK GʻALLA XIRMONI – DASTURXON TOʻKINLIGI, KOʻNGIL XOTIRJAMLIGI

YuKSAK GʻALLA XIRMONI – DASTURXON TOʻKINLIGI, KOʻNGIL XOTIRJAMLIGI

Tumanimizda bugʻdoy yetishtirib, davlatga topshirish boʻyicha yillik shartnomaviy rejalarning ortigʻi bilan ado etilganligi barcha-barchani birdek quvontirdi. Axir quvonmay boʻladimi, bir vaqtlar yetishtirish uchun barcha sharoitlar boʻlishiga qaramasdan asosiy oziq-ovqat mahsuloti boʻlgan un chetdan keltirilgan yurtimizda bugun xirmonlar bugʻdoyga toʻlib, oʻzimizni toʻla taʼminlab, hatto chetga sotilayotgan boʻlsa.

Bu istiqlol yillarida gʻalla mustaqilligiga  erishish borasida olib borilgan oqilona siyosat, xalqimizning yuksak bunyodkorlik mehnati samarasidir.

Demak, soʻz tumanimizda yaratilgan zalvorli bugʻdoy xirmoni bunyodkorlariga!

Nuraddin Bekchonov, "Qipchoq” MMTP raisi:

– Bizning "Qipchoq” muqobil mashina traktor parkimiz hududimizdagi 39 ta fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatadi. 15 ta fermer xoʻjaligida oʻtgan yilning kuzida 143 gektar maydonga bugʻdoy ekilib, tekis nihol olishga erishilgan edi. Avvalo, iqlim sharoitimizga mos yangi, hosildor va tezpishar navlar yaratilib, ekilayotgani, qolaversa, vegetatsiya davrida mineral oʻgʻitlar bilan oʻz vaqtida oziqlantirilib, sugʻorilib, begona oʻtlardan tozalangani mazkur maydonlarda moʻl hosil yaratishga asos boʻldi.

Ayni kungacha 15 ta fermer xoʻjalikda ham bugʻdoy topshirish davlat shartnomalari ortigʻi bilan bajarildi. 143 gektar bugʻdoyzordan 362 tonnadan ziyod hosil yigʻishtirilib olindi va davlat xirmoniga topshirildi. Hosildorlik ayniqsa "Xidirov Nurullaboy”, "Oʻrozboyev Dostonbek” fermer xoʻjaliklarida yuqori boʻldi. Xirmoni donga, koʻngli quvonchga toʻlgan tumanimiz dehqonlarini erishilgan yutuq bilan qizgʻin tabriklayman!

Matnazar Aytboyev,

"Aytboy Otaxon” fermer xoʻjaligi raisi:

– Tumanimiz boʻyicha gʻalla topshirish rejasi ortigʻi bilan ado etilganligi dehqonlarnigina emas, butun tumanimiz aholisini quvonchga beladi. Axir gʻalla asosiy  rizq-roʻzimiz, tirikchiligimiz asosi.

Turfa uslubda yopilib, dasturxonimizni bezab turgan biri-biridan shirin nonlarimiz oʻz tuprogʻimizda unib, oʻz mehnatimizdan bunyod boʻlganligini oʻylashning oʻzi har birimizning koʻnglimizni faxr-iftixor tuygʻulariga toʻldiradi.

Bizning "Aytboy Otaxon” fermer xoʻjaligimizda 4,8 gektar maydonga oʻtgan yili kuzda "Krasnodar-99”navli bugʻdoy urugʻini sepgan edik. Bir tekis nihol olib, agrotexnika qoidalariga muvofiq parvarishladik. Natijada har gektaridan 40 tsentnerdan ziyod hosil yigʻishtirib olib, tumanimiz gʻalla xirmonining barvaqt yuksalishiga munosib hissa qoʻshdik.

Qurol Beshboyev,

"Beshboyev Qurbongʻaliy” fermer xoʻjaligi raisi:

– Tumanimiz dehqonlarining yuksak bugʻdoy xirmonida bizning "Beshboyev Qurbongʻaliy” fermer xoʻjaligimiz aʼzolarining ham hissasi borligi barchamizni quvontiradi. 10 gektar bugʻdoy ekilgan dalalardan 25 tonna hosilni davlat xirmoniga topshirdik. Jami hosilimiz gektariga 55-60 tsentnerdan toʻgʻri kelayapti. Rejadan tashqari yigʻishtirib olingan hosil xoʻjaligimiz ijarachilariga, mexanizatorlariga, hududimizdagi kam taʼminlangan oilalarga tarqatilayapti. Yuqori hosil yetishtirishdan ijarachilarimizning manfaatdorligi ularni yana ham unumli ishlashga ruhlantirayapti.

Xurshid Tojiboyev, kombaynchi:

– Gʻalla oʻrim-yigʻimi uyushqoqlik bilan tashkil etilib, zarur sharoitlar yaratilgani bois, tumanimizda gʻalla yetishtirish rejasi qisqa muddatlarda ado etildi. Men ham 6-otryad tarkibida oʻzimga biriktirilgan kombayn yordamida Y.Oʻrozboyev nomli MMTP xizmat koʻrsatadigan fermer xoʻjaliklari dalalaridan 450 tonnadan ziyod bugʻdoyni yigʻib olishga erishdim. Dala boshida issiq ovqat tashkil etilib, dam olish uchun sharoitlar yaratilgani, yonilgʻi-moylash materiallari oʻz vaqtida yetkazib berib turilganligi ishimiz unumli boʻlishini taʼminladi.

Tumanimizning bunyod etilgan ulkan bugʻdoy xirmonida mening ham hissam borligidan quvonaman. Axir gʻalla xalqimizning milliy boyligi, asosiy rizqi. Xalq rizqini ziyoda qilayotgan gʻallakorlar, barcha dehqonlarga yuksak xirmon qutlugʻ boʻlsin, deyman.

Hamro Matyoqubov,

tuman Ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi:

– Tumanimiz dehqonlari erishgan ulkan yutuqda bizning boʻlinmamiz xodimlarining ham hissalari bor.

Tumanimiz boʻyicha tuzilgan oʻrim-yigʻim otryadlarining har biriga xodimlarimiz biriktirildi va yongʻin chiqishining oldini olish borasida barcha chora-tadbirlar koʻrildi.

Oʻrim-yigʻim boshlanishi oldidan barcha fermer xoʻjalik-lari, gʻallakorlar, kombaynchilar gʻallazorlarda yongʻin chiqishining oldini olishga doir yoʻriqnoma bilan tanishtirildi. Koʻrilgan barcha tadbirlar oʻz samarasini berdi. Dehqonlarimizning halol mehnatlari evaziga yetishtirilgan bugʻdoy hosili oʻrib-yigʻib olinib, isrofgarchiliksiz davlat xirmoniga topshirildi.

Boʻlinmamiz xodimlari, gʻallazorlarda oʻrim-yigʻim davrida yongʻin sodir boʻlishining oldi olinganligidan juda xursand.

Suhbatdosh Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019