16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:44
Jamiyat 👁 918

YuRTIM QIZLARINING YOʻLLARI OYDIN, KELAJAGI PORLOQ

YuRTIM QIZLARINING YOʻLLARI OYDIN, KELAJAGI PORLOQ

Ajdodlarimiz asrlar davomida orzu qilib kelgan mustaqillik xalqimizga milliy oʻzligini, or-nomus va gʻururini, oʻz yurtiga bekligini qaytarib berdi, oʻz farzandlari taqdiri haqida gʻamxoʻrlik qilish, asrlar osha ajdodlarimizning hayotidan muhim oʻrin tutgan milliy urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz va qadriyatlarimizning tarbiyaviy ahamiyatidan foydalanish imkonini berdi Yangi tarixiy sharoitda mamlakatning oyoqqa turib, qudratli davlatga aylanishida hal qiluvchi kuch sifatida yoshlarga ulkan ishonch bildirildi.

Mamlakatimizda ayni kunda amalga oshirilayotgan ulkan oʻzgarishlar va yangilanishlarda yoshlar, ayniqsa ayol-qizlar manfaatlari ustuvorlik kasb etmoqda. Yosh qizlar, ayollar masalasi, ularning salomatligini yaxshilash, taʼlim olishiga shart-sharoit yaratish, ijtimoiy muammolarini hal etishga koʻmaklashish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Ayniqsa, millat davomchisi boʻlmish qizlarni maʼrifatli, ziyoli va onalik maqomiga munosib yuksak axloqli qilib voyaga yetkazishga alohida eʼtibor berilayotir.

Shuning uchun ham 11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni mamlakat miqyosida keng bayram qilinmoqda. Bu haqda maʼlumot berishdan oldin eʼtiboringizni dunyo miqyosidagi qizlarga qanday munosabat hukmronligiga qaratmoqchiman: bugungi kunda dunyoda 1,1 milliard qiz yashaydi. Bu qizlar kelajagimizni yuksaltirishda muhim vosita boʻlar edi – agar butun dunyoda qizlarga bizning mamlakatimizdagiday eʼtibor, imkoniyatlar mavjud boʻlganida. Taasufki, ular turli hududlarda turlicha sharoitlarda yashashadi. Fikrim isboti sifatida YuNISEF xalqaro tashkiloti maʼlumotlariga toʻxtalaman: ayni kunda jahon boʻyicha 31 million nafar maktab yoshidagi qiz taʼlim olmaydi, 17 million nafar qiz esa umuman maktabga bormaydi. Ayrim mamlakatlarda oilalarning iqtisodiy nochorligi tufayli toʻyib ovqat yemasligi, yomon sharoitda yashashi koʻp sonli qizlarning bolalikdan nogiron boʻlib qolishiga yo nobud boʻlishiga olib kelayapti.

Shuning uchun ham 2011-yil, 11-oktyabrdan beri BMT Bosh assambliyasi tashabbusi bilan mazkur sana Xalqaro qizlar kuni sifatida qizlarning ijtimoiy muammolariga eʼtibor qaratish, kamsitilishining oldini olish maqsadida nishonlanib kelinayotir. Xalqaro qizlar kuni jahonda 2012-yilda erta nikohga qarshi, 2013-yilda taʼlim olish muammolari, 2014-yilda qizlarga zoʻravonlikka barham berish, 2015-yilda 2030-yilga qadar oʻsmir qizlar uchun yetarli sharoitlar yaratishga, 2016-yilda qizlarni kamsitishga, ijtimoiy muammolariga qarshi kurash, 2017-yilda esa jahon inqirozigacha, inqiroz paytida va inqirozdan keyingi davrda qizlarga imkoniyatlar, ular duch kelayotgan qarama-qarshiliklarga global eʼtibor qaratishni kuchaytirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazildi.

Ushbu maʼlumotlarning oʻziyoq yil oʻn ikki oyi ham oʻziga xos fayzli, tinch-osoyishta yurtimizda davlatimiz va oilasi ardogʻida ulgʻayayotgan qizlarimizning naqadar tolei baland ekanligidan dalolat beradi.

Ha, ana shunday jannatmakon yurtda tugʻilishning oʻzi ham baxt. Baxtki har bir goʻdak, qizning sogʻlom boʻlib dunyoga kelishi, sogʻlom ulgʻayishi uchun gʻamxoʻrlik qilinadi. Maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, keng jamoatchilik ularning maʼnaviyatli, madaniyatli, iqtidorli boʻlib voyaga yetishlari uchun xizmat qiladi. Har bir qiz xohishiga koʻra maktabni tugatganidan soʻng oliy taʼlim olishi, ishlashi, biror kasb-hunar oʻrganishi oʻz ixtiyoridadir. Mamlakatimizda yoshlarga oid normativ huquqiy hujatlarga asoslanib, “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasining yosh oilalar va qizlar bilan ishlash boʻyicha strategiyasi” ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasining tashabbusi bilan 11-oktyabr – Xalqaro qizlar kunga bagʻishlab oʻtkazilayotgan Respublika qizlar festivalidan koʻzlangan maqsad ham yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, qizlarga boʻlgan eʼtiborni yanada yuksak pogʻonaga koʻtarish, qizlarning bilim olishga, kasb-hunarga qiziqishlarini oshirishga qaratilgan.

Sana munosabati bilan tumanimizda ham qizlar festivali boʻlib oʻtdi. Qizlarning bilim olishiga, kitob oʻqishiga boʻlgan qiziqishini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, iqtidorli qizlar safini kengaytirish bilan bir qatorda uyushmagan qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning kiyinish va muomala madaniyatini oshirish, amalga oshirilayotgan islohotlarga faol munosabatini shakllantirish maqsadida tuman Madaniyat boʻlimi tomoshalar zalida oʻtkazilgan festivalga tumanimizning barcha hududlaridan turli kasb, mutaxassislik egalari boʻlgan, shuningdek, vaqtincha ishsiz qizlar ishtirok etdilar.

Tadbir elimizning qoʻli gul, iqtidorli qizlarining turli sohalardagi ijod namunalari koʻrgazmasi bilan boshlandi.

Turli sohalarda, xususan, noyob va innovatsion ixtiro sohiblari, ijodkor qizlar, tengdoshlariga eng koʻp ish oʻrinlari yaratgan hunarmand va tadbirkor qizlar, ilm-fanda yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan qizlar, eng koʻp xorijiy tillarni oʻzlashtirgan qizlar, sport sohasida yuksak marralarni egallagan chempion qizlar, sanʼat sohasida muvaffaqiyatlarga erishgan qizlarning chiqishlari ishtirokchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

Hur va ozod yurtimizni, baxtiyor turmush tarzini va qizlar shaʼnini ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar, mohirona ijro etilgan raqslar barchaga manzur boʻldi.

Butun mamlakatimiz boʻylab oʻtkazilgan 11 Respublika qizlar festivali, festival doirasida hududlarda oʻtkazilgan tadbirlar yurtimizning yoʻllari oydin, kelajagi porloq qizlariga hurmati-ehtiromi, eʼzozi namunasidir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019