16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:25
Jamiyat 👁 439

ATROFIMIZDAGI YaXShILAR

ATROFIMIZDAGI YaXShILAR

Iliq, samimiy soʻzlarni eshitishga ilhaq boʻlamiz-u uni kimlargadir aytish, yaxshi ishlari uchun ragʻbatlantirishimiz ham lozimligini doimo ham esimizda saqlayvermaymiz. Aslida bunga munosib odamlar atrofimizda talay. Ha, mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan jamiyatimiz tinch-osoyishtaligiga, rivojlanishiga munosib hissa qoʻshayotganlar koʻpchilikni tashkil etadi.

Mangʻit shahrining Beruniy mahallasida istiqomat qiluvchi, 13-sonli maktab direktori Murotboy Haybullayev shundaylar sirasidan.

U bolaligidan oʻqituvchi boʻlishni orzu qilardi. Shu bois, maktabni tugatgach, Nukus Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetiga hujjat topshirib, sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtdi va talaba boʻldi.

1982-yilda oliygohni bitirib kelgan yosh oʻqituvchiga 13-sonli maktabga, u paytlar Shevchenko nomli maktab deb atalardi, ishga yoʻllanma berishdi. Ish boshlagach, oʻzi egallagan kasb masʼuliyatini chuqur his etdi. Har bir dars mashgʻulotida oʻziga tikilib turgan 25 nafardan ziyod oʻqishga, oʻrganishga chanqoq oʻquvchilarning diqqatini oʻziga torta olish, mashgʻulotlarni puxta oʻzlashtirishiga erishishning oʻzi boʻlarmidi? U baʼzan hayajonlanar, uddalay olayapmanmi-yoʻqmi, degan savolni oʻziga qayta-qayta berar, ijobiy javob topish uchun tinmay intilardi. Oʻsha vaqtdagi maktab direktori, tajribali oʻzbek tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Yoʻldosh Ahmedov (Yaratgan rahmatiga olgan boʻlsin!) unga haq niyatlar bilan yoʻl-yoʻriq, dalda berib, koʻnglini koʻtarar, senday ishga fidoyi, bolalar uchun kuyunadigan oʻqituvchilar koʻp boʻlsa qaniydi, deya uning orzulariga qanot bagʻishlardi. Boisi, oʻsha vaqtlarda maktab oʻqituvchilar jamoasi orasida pedagogika bilim yurtlarini bitirib oʻqituvchilik qilayotganlar ham ancha edi.

Hududda fan oʻqituvchilari yetishmasligidan ayrimlari Qilichboy, Xitoy ovullaridan qatnab ishlar, tezroq darsini oʻtib ketishga oshiqib turishardi.

Har qanday jamoada ham intiluvchan, izlanuvchan va iqtidorli xodimlar tez koʻzga tashlanadi. Murotboy Haybullayevning ana shunday xislatlari hayotida muhim oʻzgarish boʻlishiga asos boʻldi: ikki yillik oʻqituvchilik faoliyati bilan nazarga tushdi, uni tuman rahbariyati Navoiy shahridagi mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan  3 oylik oʻquv kursiga yubordi. Oʻquv kursini tugatib qaytgach, 1985-yildan esa tuman partiya qoʻmitasi targʻibot-tashviqot boʻlimiga mutaxassis qilib tayinlashdi. U bu lavozimda uch yildan ortiq ishladi. 1988-yildan 13-sonli maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, 2009-yildan beri esa direktor boʻlib ishlab kelayapti.

Ustoz-murabbiylik oson ish emas. Uning zahmatini, totini, gashtini shu kasb egalarigina chuqur his qila oladilar. Biroq oʻqish, oʻrganish niyatida maktabga kelgan ilmga chanqoq 454 nafar oʻquvchi-yoshlarga 41 nafar oʻqituvchilar taʼlim-tarbiya berayotgan  maktabga rahbarlik qilishchi? Axir har bir oʻqituvchi oʻz dunyoqarashi, oʻz fikriga ega boʻlsa?..

– Menga ustozim Yoʻldosh aka Ahmedov nafaqat oʻzbek tili va adabiyot fanini oʻqitishni, oʻqituvchilar jamoasiga rahbarlik qilish mahoratini ham oʻrgatib ketgan edilar. U kishi agar  maktab rahbari odil boʻlsa, har bir oʻqituvchining koʻngliga yoʻl topib, yaxshilik sari yetaklay olsa, shu yerda taʼlim-tarbiya ishlari yaxshi boʻladi, deb uqtirardi. Men qoʻlimdan kelganicha qariyb 11-yildan beri ustozim oʻgitiga amal qilib ishlayapman, – deydi Murotboy Haybullayev kamtarlik bilan.

Uning oʻz taʼbiricha “qoʻlidan kelganicha ishlagani” natijasida 13-sonli maktab tumandagi chor-atrofi obodonlashtirilgan, taʼlim-tarbiya yaxshi yoʻlga qoʻyilgan namunali maktablar qatoriga kirdi. Joriy oʻquv yilida oʻquvchilarning bilim asoslarini qanday egallagani sinovdan oʻtkazilgan fanlar olimpiadasi natijasiga koʻra, tumandagi 87 ta maktab orasida mazkur muassasa toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Shunisi eʼtiborliki, ayni kunda bu yerda oʻqituvchilik qilayotganlarning 70  foizidan ziyodini maktabning oʻz sobiq oʻquvchilari tashkil etadi. Bu taʼlim-tarbiya samaradorligini yaqqol koʻrsatuvchi omillardan emasmi?

Direktorning har bir ish kuni avvalo maktab hududini bir bor koʻzdan kechirish, qilinishi lozim boʻlgan ishlarni rejalashtirishdan boshlanadi. Shu boisdan ham maktab chor-atrofi kishi koʻnglini quvontirgulik fayzga ega. Orastalik, obodonlikka eʼtibor sinfxonalarda, koridor va toʻgarak mashgʻulotlari olib boriladigan xonalarda ham oʻz ifodasini topgan, did bilan bezatilgan.

Murotboy Haybullayevning koʻngli hech qachon erishilgan natijalardan xotirjam tortmaydi, aksincha ilmiy ishlar boʻyicha, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarini ham, oʻqituvchilarni ham doimo intilib ishlashga undaydi, joʻyali maslahatlari, yoʻl-yoʻriqlari boʻlsa, albatta inobatga oladi.

– Men Murotboy akaning dars oʻtishiga havas qilib oʻzbek tili va adabiyot fani oʻqituvchisi boʻlganman. Ustozimdan hozir ham faoliyatimga doir koʻp narsalarni oʻrganayapman. Maktabimiz oʻqituvchilar jamoasining barchasining hurmatini qozonganligi, ular berilgan topshiriqlarni sidqidildan ado etishi Murotboy akaning rahbar sifatidagi yutugʻi, deb oʻylayman, – deydi tajribali oʻqituvchilardan biri Aziza Ahmedova.

Murotboy Haybullayevning oilasi ham koʻpchilik ibrat olsa, arzigulik namunali, farzandlari el xizmatida. Turmush oʻrtogʻi,  talabalik – “oltin davr” achchiq-chuchugini birga totib, oʻzi kabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi boʻlgan Dilorom opa Yoqubova bilan doim bir-biriga maslakdosh, togʻday suyanchiq. Dilorom opa 40-sonli maktabda 33-yil oʻqituvchilik qildi. Bir-ikki yillik tanaffusdan soʻng Beruniy mahallasidagi tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi boʻlib, uch yil faoliyat yuritdi.

Shu muddat oraligʻida u bosh boʻlib ajrim yoqasidan saqlab qolingan, oʻzaro  nizolar barham topgan necha-necha oilalar opani duo qilib yashashmoqda. Ularning birga tarbiyalab voyaga yetkazgan 5 nafar farzandlarning bari oʻqib, ishlab, hayotda oʻz oʻrinlarini topishdi. Nazira 13-maktabda kimyo fani oʻqituvchisi, Dilfuza 40-sonli maktabda musiqadan dars beradi, Dilnoza Toshkent shahridagi radio-texnika kasb-hunar kollejida oʻqituvchi, Umida tarbiyachi, Sarvar 13-sonli maktabda otasi bilan yonma-yon mehnat qilayapti, oilali. Bir nafar farzandi bor.

Hozir Murotboy akaning qizlari, kuyovlari, nevaralari bir yigʻilishib kelsa, hovlisi xuddi toʻyday, nevaralarining shodon qiy-chuviga toʻlib ketadi.

Umri ana shunday saodatli va qaynoq mehnat jarayoni bilan kechgan sevimli ustoz yaqinda tabarruk 60 yoshini nishonladi. Doʻstlar-birodarlar, yaqinlar, ustoz-u shogirdlarining tashrifi, samimiy tabrik, tilaklaridan koʻngli togʻday yuksalgan Murotboy aka va Dilorom opa qizlari ota-onasiga atab qoʻshiq kuylaganlarida, nevaralari raqsga tushib, shirin zabon bilan qutlaganlarida... Yaratganga beadad shukronalar aytishdi, umrlari besamar ketmaganiga quvonishdi. Inson uchun, ota-ona uchun bundan-da ortiq baxt bormi, axir?

Bor kuch-gʻayratini yosh avlod taʼlim-tarbiyasi yoʻlida baxshida qilganlar nafaqat oila aʼzolari, yaqinlari, balki, butun xalqimiz ehtiromiga ham loyiqdir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019