16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:57
Maqolalar 👁 278

ChOYKOʻLLIK MOHIR USTA

ChOYKOʻLLIK MOHIR USTA

Hayot – dorilfunun. Uning har bir lahzasi insonni tarbiyalaydi, aqlini charxlaydi, yashash, yaratish sirlarini oʻrgatadi. Sinovlari bilan toblaydi, oʻz xatolari, yutuqlari, shu barobarida reja va tashabbuslari haqida oqilona xulosalar chiqarishga oʻrgatadi, irodasini ming bor sinovdan oʻtkazadi.  Choykoʻl ovulida yashovchi oddiy hurnarmand usta Ravshan Kamolov ana shunday sinovlarda toblangan fidoyi insonlardan.

“Gagarin usta!” Uni odamlar shunday chaqirishadi. Allohning zikri bilan azon aytilib, ota-onasi mehr-muhabbat bilan qoʻygan Ravshan ismini birov bilib aytsa, boshqalar balki bilib, balki bilmay “Gagarin usta” deb chaqiraverishadi. Ravshan usta  Kamolov esa bunga koʻnikib ketgan. 

Biz Ravshan bilan 22-sonli maktabda birgan oʻqiganmiz. Sinfimizda aʼlochilar koʻp edi. Lekin Ravshan Kamolovning ana shu aʼlochi sinfdoshlarimizdan ajralib turadigan bir xislati – uning oʻta kamtar, intizomli va zehni oʻtkirligi edi. Frantsuz tilini mustaqil oʻrganar, oʻrganganlarini dars ja-rayonida, frantsuz tili oʻqituvchimiz Qurol aka Safarboyev bilan erkin muloqotlari orqali mustahkamlardi. Undan ustozlarimizning umidi katta edi. Lekin hayot inson orzu qilganiday bir tekis emas, mashaqqatlari, bemavrid sinovlari bor.

Ravshan oddiy dehqon oilasida tugʻilib-oʻsdi. Serfarzand bu oila iqtisodini bir maromda yuritish uchun otasi (Alloh rahmat qilsin!) Otajon shofyor (uni shunday atashardi) kecha-yu kunduz kolxozda ishlar, yetti-sakkiz nafar farzandini yoniga olib, onasi ham kolxoz dalasida, ham tomorqada ter toʻkardi. Ravshan opa-akalari, ukalari bilan ota-onasiga koʻmakdosh boʻlishga, ularning ogʻirini yengillatishga intildi.

Otasining yonida yurib, texnika sirlarini oʻrgandi. Otajon shofyor bilan goh kolxoz ustaxonasida, goh kolxoz shofyorlarining uylarida turli rusumlardagi avtomobillarni taʼmirlashda qatnasha boshladi. Maktabda oʻqishidan boʻsh vaqtlarida katta xonadonning tomorqa yumushlarida ota-onasiga koʻmaklashdi, ovulda kimning avtomobili, traktori yoki mototsikli buzilsa, oʻsha yerda hozir-u nozir boʻldi.

1978-yilda umumtaʼlim maktabini, garchi aʼlo baholarga tugatsa-da, oilaviy sharoit taqozosiga koʻra, oʻqish istagini orqaga surdi. Armiya xizmatidan soʻng oʻqishni niyat qilgan Ravshan ota-onasining vafotidan keyin yuragidagi oʻqish orzusini yana keyinga surdi. Umrim temir-tersak ichida, qoramoyga belanib oʻtayotir, degan xayolga bormadi. Hayot sinovlarini oʻzining halol, fidoyi mehnati bilan yengishga intildi.

Donishmand xalqimiz tilida bir ibora juda koʻp aylanadi: “Yigit moli yerda, rizqi Allohdan”. Ravshan Kamolov yosh boshidan el-yurt sevgan, usta boʻldi, qayerga borsa, eldoshlari eʼzozlaydigan, toʻrdan joy beradigan boʻldi.

Birovdan oldin, birovdan keyin deganday, uyli-joyli, biri-biridan aqlli oʻgʻil-qizlarning otasi, katta xonadonning sohibiga aylandi. Umr yoʻldoshi Gulora Zorliqova bilan 4 nafar oʻgʻil-qizni voyaga yetkazishdi. Katta oʻgʻli ham ota kasbini tutdi. Ayni paytda Xurshidjon otasi bilan birgalikda ovuldagi “Oybek-Dilshoda” fermer xoʻjaligiga qarashli avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasida mehnat qilishadi.

Biz ijodiy jamoamiz bilan Ravshan Kamolov va uning oʻgʻli Xurshidjon faoliyat yuritayotgan mazkur shoxobchada boʻlganimizda taʼmirlash-tiklash xizmatlari uchun navbat kutayotgan transport vositalari orasida turli rusumdagi avtomobillar, yuk mashinalari, traktor va traktor tirkamalari ham borligiga guvoh boʻldik. Bilishimizcha, Ravshan Kamolov  barcha turdagi yengil avtomobillar, eng zamonaviy avtobuslar, yuk mashinalari va qishloq xoʻjalik texnikalariga sifatli taʼmirlash-tiklash xizmatlarini koʻrsatgani uchun “Oybek Dilshoda” fermer xoʻjaligi rahbari Oybek Siytboyev fermer xoʻjaligi hisobidan ushbu shoxobchani ochib bergan ekan.

– Oʻgʻlim ikkalamiz doimiy ish bilan taʼminlandik, – deydi quvonib Ravshan Kamolov. – Yaqinda pensiyaga chiqaman, pensiyaga chiqishimda muammo boʻlmaydi, sababi, shoxobcha fermer xoʻjaligining qoʻshimcha tarmogʻi hisoblanadi.

Inson oʻz hayotidan rozi yashashi uchun avvalo u yaxshi mehnat sharoiti bilan taʼminlanishi, moddiy manfaatdor boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bu jihatdan Ravshan Kamolovning  koʻngli toʻq, qolaversa, mijozlarining keti uzilmaydi, fermer xoʻjaligidan har oyda maoshini olib turibdi. Oybek Siytboyev esa fermer xoʻjaligi ixtiyoridagi texnika vositalarini hech muammosiz, oʻzlarining qoʻshimcha tarmogʻi orqali taʼmirlab berayotgani uchun ustadan minnatdor.

Ravshan Kamolov uchun oila davrasida  kechadigan lahzalar yanada gashtli. Oʻgʻil-qizlari, nevaralarining ish, oʻqish va roʻzgʻor yumushlari bilan bogʻliq faoliyatlarini har kuni kechqurun biroz “taftish” qilishga odatlangan usta allaqachon turmushga chiqib, oʻzlaridan tinib-tinchib ketgan qizlari Manzuraxon bilan Mavludaxon hamda nevaralari Goʻzaloy, Barno, Javohir va Sohibjonlarga birrov qoʻngʻiroq qilib, hol-ahvol soʻrashni kanda qilmaydi. Boʻsh qoldim deguncha, fizika-astronomiya yoʻnalishi boʻyicha NDPIning magistratura bosqichida tahsil olish bilan birga 82-sonli maktabda oʻquvchilarga fizika fanidan dars berayotgan qizi Mehribonning oʻqish va ishlarini “tekshiradi”. Hatto Mehribonga fizik qonun-qoidalar boʻyicha savollar berib, sinab koʻrishni ham unutmaydi.

– Dadam oliy maʼlumotli boʻlmasalar ham fizika fanidan koʻp narsani bilishiga hayron qolaman, – deydi Mehribon.

– Bu oʻzim uchun muhim, – izoh beradi usta, – kasb-korim shuni taqozo etadi. Qolaversa, maktabda ustozimiz Chorsham aka Yusupov bu fanni miyamizga quyib qoʻygan-da, – kuladi u.

Esimda, 22-sonli maktabda fizika, matematika, kimyo-biologiya, frantsuz va rus tillari, oʻzbek tili va adabiyoti, geografiya fanlari juda chuqur oʻrgatilardi. Bu fanlar boʻyicha olgan bilimlarimiz, toʻgʻrisi, bizga hamon hayotda asqotadi. Usta esa nazarimda, diplomsiz mutaxassis, mutaxassis boʻlganda ham har qanday oliy maʼlumotlilardan qolishmaydigan yetuklikka ega edi.

Ravshan Kamolovning oilasida oʻzbekona tutumlarga qatʼiy amal qilinishi esa oʻgʻil-qiz, kelin va nevaralarning oʻz ishlarini bilib-bilib, maromiga yetkazib bajarishlarida aks etib turadi. Umr yoʻldoshi Gulora Zorliqova asosiy vaqtini nevaralari davrasida oʻtkazadi. Kelini Mehribon ovulning qoʻli gul chevarlaridan. U tikkan pardalar koʻplab xonadonlarga koʻrk bagʻishlasa, qizlari Manzuraxon va Mavludaxonlar tikkan liboslarga hamma havasda.

Oilaning daromad manbaiga qoʻshimcha ravishda parvarishlanayotgan kurka va tovuqlar, mol-holga qarash nevaralar va epchil kelin Mehribonning zimmasida. Shuning uchun ham Gulora bilan usta kelini Mehribon bilan qizlarini bab-baravar koʻrishadi. Roʻzgʻori boʻlak qizlari, nevaralari yigʻilib kelishganlarida Mehribon kelinning oyoq-qoʻllari chaqqonlashib, tugʻishganlariday mehri tovlanib turishlari ham, albatta, ularning qaynota-qaynona sifatidagi tutumlaridagi adolatdan, yaxshilikdan.

Bu oilada xotirjamlik, oʻzaro mehr, bir-birovga eʼtibor, va samimiyat choʻgʻidan taft olgan haqiqiy oʻzbek feʼli – havasga munosib odamiylik tuygʻulariga oshno boʻldik. Zero, inson uchun bundan ham aziz tuygʻu yoʻq.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019