16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:10
Qishloq xoʻjaligi 👁 231

ISSIQXONALARDA EKIN EKIShGA TAYYoRGARLIK KOʻRILAYaPTI

ISSIQXONALARDA EKIN EKIShGA TAYYoRGARLIK KOʻRILAYaPTI

Mamlakatimizda xalqimiz dasturxoni toʻkin-sochinligiga muhim hissa qoʻshayotgan issiqxonalar sonini oshirish va maydonini kengaytirish, issiqxona xoʻjaliklarini barqaror rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirishga alohida eʼtibor berilayotir. Natijada har bir hududning tuproq iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda hosildor sabzavot, poliz ekinlari ekilib, yuqori hosil yetishtirishga muvaffaq boʻlinayotir.

Shunisi eʼtiborliki, keyingi yillarda bu borada xorijiy investitsiyalar ishtirokida qator loyihalarning samarali faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

Tumanimizning Toshyop ovulida Yolgʻosh Boymurodov rahbarlik qilayotgan «Mang‘it invest plyus» masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasining 1 gektarlik issiqxonasi Xitoy texnologiyasi asosida faoliyat yuritadi.

Ushbu issiqxonada oʻtgan mavsumda pomidor, bodring kabi ekinlardan moʻl hosil olindi va yetishtirilgan mahsulotlar asosan eksportga yoʻnaltirildi. Hududning 15 nafar fuqarolari ish bilan taʼminlangan zamonaviy issiqxonada pomidorning “Alamino” navi yetishtirilgan edi. Oʻtgan mavsumdagi tajribalardan kelib chiqib, yana shu nav koʻchatlarini issiqxonaga oʻtqazish rejalashtirilayapti.

Buning uchun issiqxona hududidagi ekin maydoni xas-choʻplardan tozalanib, yangi mavsumga puxta tayyorlandi.

Hozirgi kunda issiqxona yeri sifatli haydalib, oʻqariqlar olinib, koʻchat oʻtqazishga sifatli tayyorlanmoqda. Bunda kichik surim agregatni boshqarayotgan Boltamurod Qurbonov, Nurken Oʻrozovlar tuproq qatlamining sifatli yumshatilishiga alohida eʼtibor berishayapti.

Sifatli haydalgan yerlarga tortilayotgan oʻqariqlarga erta-indin koʻchat oʻtqazish ishlari boshlanadi.

Xoʻjalik ishchilari ichki bozorlarimizni oziq-ovqat mahsulotlari, barra sabzavotlar bilan toʻldirishga hissa qoʻshish bilan cheklanmay, mahsulotlarini eksportga ham yoʻnaltirishni rejalashtirmoqda.

Oʻtgan mavsumda ushbu issiqxonadan 370 million soʻmdan ortiq sof daromad olindi.

Ovulning yana bir tadbirkor, mirishkor dehqoni Davlatboy Jumaniyozovning tomorqasida 7 sotixlik issiqxonasi bor. U oʻtgan yillarda ham shu yerdan moʻl hosil yetishtirib, issiqxonada ekin ekish afzalliklarini, foydaliligini isbotlagan edi.

U joriy mavsumga ham puxta tayyorgarlik koʻrdi. Issiqxonasini ekinlar poyalaridan tozalab, yerini sugʻorib, ekin ekishga tayyor holga keltirdi. Yer tobiga kelishi bilan sifatli yumshatib, qulupnay ekishga hozirlik koʻrayapti. Buning uchun tadbirkor oʻqib, izlanib, qulupnay ekish va yetishtirishga oid koʻpgina bilimlarni egalladi va shunga koʻra qulupnayni  gidroponika usulida yetishtirishni rejalashtirayapti. Bunda oʻsimlik uchun zarur moʻʼtadil omillar sunʼiy ravishda qopchada vujudga keltiriladi va koʻchat shu qopchalarga ekiladi. Bunday usulda oʻsimlik jadal oʻsib-rivojlanadi va hosildor boʻlib yetiladi.

Davlatboy Jumaniyozov mavsumda qulupnaydan moʻl hosil yetishtirish uchun Toshkent shahridan 30 quti Kaliforniya chuvalchangini ham olib kelib, qulupnay koʻchatlari qopchalariga solishga tayyorlab qoʻyibdi.

Harakatda – barakat, deydi xalqimiz. Oʻz mehnatlari bilan aholi rizq-roʻzini moʻl-koʻl qilishga hissa qoʻshishdek ezgu niyat bilan ekin ekishga chogʻlanayotgan tadbirkor dehqonlarga muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019