17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:58
Adabiyot 👁 188

«Jayxun ilhomlari» nodavlat notijorat tashkiloti ijodkor yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi

«Jayxun ilhomlari» nodavlat notijorat tashkiloti ijodkor yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi

Tumanimizda «Jayxun ilhomlari» nodavlat notijorat tashkilotining ish boshlaganiga 5-yildan ziyod vaqt oʻtdi. Bu muddat ichida mazkur tashkilot havaskor shoir, yozuvchilar, sanʼatsevar yoshlarni izlab topish va ularning ijod namunalarini elga tanitish maqsadida faoliyat olib bordi.

Tashkilot aʼzolarining ijodkor yoshlarni kashf qilish va ularni ragʻbatlantirish maqsadida Nazarxon ovulidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabida boʻldi. Bu maktabda yosh iqtidor egalari juda koʻp. Ular oʻzlarning jajji sheʼr va hikoyalari bilan koʻpchilikka manzur boʻlib kelishmoqda. Maktabning 9-sinf oʻquvchisi Shahzoda Joʻlliboyeva, Toshkent shahrida oʻtkazilgan kastingda qatnashib, gʻolib boʻlib, yosh jurnalistlar maktabiga qabul qilindi.

Maktab oʻquvchilaridan Navbahor Sarsenboyeva, Qunduz Aliboyeva, Muhabbat Oʻrinbosarova, Sharyar Qurbonboyev, Shaxsanam Qosimova, Miyirgul Oʻrozboyeva, Sendugʻash Davlatboyevalar ham oʻzlarining ijodiy namunalari bilan ancha tanilgan. Ularning badiiy ijodiyotda yutuqlarga erishishida maktabning qoraqalpoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Juldiz Turgʻanboyeva, oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Farida Yendirboyevalarning saʼy-harakatlari salmoqli boʻlmoqda.

Qolaversa boy adabiyotga ega boʻlgan maktab kutubxonasi ham doim oʻquvchilar xizmatida. Oʻquv zali muntazam ishlab turibdi. Kutubxona mudirasi Tazaxon Xidirniyazova maktab oʻquvchilari uchun zarur kitoblarni topib berishga doimo tayyor.

Maktabda ota-onalar bilan boʻlgan uchrashuvda “Jayxun ilhomlari” nodavlat-notijorat tashkiloti raisi Oʻrozali  Reyimov soʻzga chiqib, ijodkor yoshlar uchun yaratib qoʻyilgan keng imkoniyatlarga toʻxtalib oʻtdi. Jumladan, havaskor shoir va yozuvchilarning sheʼr, hikoyalari “Taraqqiyot koʻzgusi”, “Mening oilam” gazetalari sahifalarida, Amudaryo televideniyesining koʻrsatuvlarida muntazam yoritib borilayotgan aytib oʻtildi. Shuningdek, tumanimizda tashkil etilgan nashriyot orqali ijodkorlarning kitoblari chop etilishi ham yigʻilganlarga tushuntirildi.

Tashkilot tomonidan yosh ijodkorlarga har tomonlama yordam berib, qulayliklar yaratib qoʻyilganligi uchun maktabning murabbiylar jamoasiga, ota-onalarga minnatdorchilik bildirildi.

“Jayxun ilhomlari” nodavlat-notijorat tashkilotining asosiy maqsadi adabiyot, musiqa, badiiy va amaliy sanʼat ravnaqiga hissa qoʻshish va havaskor shoirlar, havaskor yozuvchilar, ijodkorlar, sanʼatkorlar, amaliy sanʼat ustalarini qoʻllab-quvvatlash, jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilashda yordam berishdan iborat.

Soʻnggi yaqin yillarda tumanimizda yashab, ijod qilayotgan shoir va yozuvchilarning 40 dan ziyod kitoblari chop etilib, oʻquvchilarga taqdim etildi. Bu yutuqlarda ham mazkur tashkilotning munosib hissasi bor albatta.

Tashkilot tomonidan yosh iqtidor egalarini izlab topish ishlari tizimli davom ettilmoqda. Tashkilotning asosiy maqsadi tumanimizdagi iqtidor egalarini izlab topib, ularning ijod namunalarini  ommaga tanishtirishdir. Bu borada tumanimizda keng imkoniyatlar bor. Oʻz ijod namunalari oʻquvchilarga taqdim qilishni istagan har bir ijodkor bu tashkilotga murojaat qilishi mumkin. Murojaat qiluvchilar tashkilot aʼzoligiga qabul qilinadi va ijod namunalari muntazam yoritib boriladi.

Oʻrozali REYIMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019