19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 05:24
Jamiyat 👁 234

TINIB-TINChIMAGAN KEKSALAR

TINIB-TINChIMAGAN KEKSALAR

Hayot dorilfunun. Dunyoga kelib, yaxshi-yomonni farqlashni, jamoatda oʻtirish, turish-u yashashni, yaxshi-yomon voqealardan tegishli xulosa chiqarib, oʻz hayotimizga tatbiq etishni ushbu beminnat dorilfunundan oʻrganamiz.

Shunday boʻlsa-da, baʼzida hayotda hamma muammolar pul bilan hal boʻladiganday, elaro obroʻ-eʼtibor, hurmat-ehtirom qozonish uchun mablagʻ zarurdek, shohona hayot goʻyoki eng totli va sururlidek tuyulib ketadi, odamga.

Biroq hayotga chuqurroq nazar solsangiz – alloma shoir bobomiz Alisher Navoiy hazratlari:

Bu gulshan ichraki, yoʻqdir baqo guliga sabot,

Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik birla ot,

deganlariday, oʻtkinchi dunyoda savobli ishlar qilib, yaxshi nom qozonish ulkan saodat ekanligini anglaysiz.

Ha, chor-atrofimizda oddiygina, el qatori yashab, borini ezgu amallarga sarflayotgan, yurtdoshlarimizning haqli eʼtiroflariga sazovor boʻlayotgan insonlar talay.

Tumanimizning Beshovul mahallasida istiqomat qiluvchi taʼlim faxriysi Safarboy Annamurodov, umr hamdami Oʻrozgul Boymonovalar oilasi ana shunday – elda ibratli oilalardan sanaladi.

Safarboy aka 1953-yilda tugʻilgan. Toʻrt yoshida, hali oq-qorani anglashga ulgurmay otasidan ayrildi. Endi roʻzgʻor tashvishi, uch oʻgʻil va bir qizning tarbiyasi xonadon bekasi, sobiq M.Gorkiy nomli sovxozda ishchi boʻlib ishlovchi Oyimjon Annamurodovaning zimmasiga tushdi.

Ayolning joni qirqta, degan iboraning hayotdagi isbotini ana shu mushfiq ayol timsolida qilichboyliklar koʻrib, tan berishgan, havas qilishgan edi oʻsha yillarda.

Kichigi hali goʻdak boʻlgan ayol ham oʻz tengdoshlari qatori tongdan shomgacha paxta dalasida ishladi, bolalarim oqqa zoriqmasin, deb mol boqib, sigir sogʻdi, tovuq boqdi, uy-roʻzgʻor, tomorqa ishlarini ham epladi. Natijada farzandlari Aminboy – oliy maʼlumotli agronom, Malika – hamshira, Safarboy – oʻqituvchi, Oʻrinboy oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassis boʻlib yetishdilar. Oyimjon ona ne bir mashaqqatlar bilan ularni oliygohlarda oʻqitgan, uyli-joyli qilgan vaqtlarida ham bir bora xizmatlarini minnat qilmadi, sizlarni deb yelib-yugurayapman demadi, aksincha “Hayitboy muallimning bolasi, deyishadi sizlarni, hech kimdan kam boʻlmay oʻqing, oʻqigan oʻzadi”, deya quloqlariga quyardi.

Ushbu pand-nasihatlar ularga bir umrlik hamroh boʻldi. Oʻrta maktabni tugatib, Nizomiy nomidagi pedagogika instituti (hozir shu nomdagi universitet) talabasi boʻlishdek baxtga erishgan Safarboy akasi, opasidan oʻrnak olib, namunali talabalar safidan joy oldi.

1976-yilda oliygohning tarix fakultetini bitirib kelib, 46-sonli maktabda oʻquvchilarga saboq berdi. 1981-yilda 37-maktabda tarix fani oʻqituvchisi, 1987-yildan 2007-yilgacha shu maktab direktorining oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosari, 2008-2011-yillarda direktor vazifalarida ishladi. 2012-yildan 2016-yilgacha Beshovul mahalla fuqarolar yigʻini raisi boʻlib, el dardi bilan yashadi, hamqishloqlarining turmushi obod, oilalari tinch-osoyishta boʻlishi uchun harakat qildi. Hozirgi kunda esa nafaqada. Oilasida ayoli Oʻrozgul Boymonova bilan toʻrt nafar farzandni voyaga yetkazib, el qatoriga qoʻshdi: orzu-umidlarining ilk chechagi – toʻngʻichi Qudrat 37-sonli, otasi mehnat qilgan qadrdon maktabda matematika fani oʻqituvchisi, qizi Nilufar ham shu maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Hulkaroy 42-sonli oʻrta maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlab, otasi va bobosi kasbining davomchilari boʻlib kelishmoqda. Kenjatoy Tozaboy esa tadbirkor, Toshkent shahrida yashaydi.

Ota-ona bugun ularning barchasini uyli-joyli qilishdi, oilalari tinch boʻlsa-da, baribir xotirjam oyogʻini uzatib, dam olib oʻtiraylik demay, nevaralar tashvishini oʻz zimmalariga olib, oʻgʻillari, kelinlarining xotirjam ishlashlariga sharoit yaratib qoʻyishdi. Katta kelin Nargiza ham 37-maktabda, kichigi Nilufar Moliya institutida ishlashadi, Nilufar fan nomzodi, hozirgi kunda doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.

Bunday kunlarga Safarboy aka, Oʻrozgul opalar osonlikcha yetib kelishgani yoʻq. Biri oʻqituvchi, biri maktabda kutubxonachi boʻlib ishlashdan tashqari, tomorqasida har yili moʻl hosil yetishtirib, tovuq, mol boqib, roʻzgʻori kamiga yaratishdi. Har yili tomorqasidagi mevalarning, sabzavot, poliz ekinlari hosilining roʻzgʻoridan ortganini bozorga sotib, farzandlarini hech kimdan kam qilmay oʻqitdi.

Hozirgi kunda ham Safarboy aka, Oʻrozgul opalar salkam yetmish yosh ostonasiga yetib qolishgan boʻlsa ham tinib-tinchib oʻtirishmaydi. Ehtimol, shundandir, ularni koʻrgan odam nari borsa oltmish yosh atrofida deb oʻylashadi.

– Odam maqsadsiz yashamasligi kerak, – deydi Safarboy aka kulib. – Maqsadsiz hayotda maʼno boʻlmaydi, odam zerikadi, keksayadi. Shuning uchun biz boʻsh qolsak, kitob oʻqiymiz. Uy ishlariga qarashamiz. Biroq, bu ishlar bilan ham koʻnglimiz toʻlmay yurgandik. Ayolim bilan maslahatlashib, 2019-yilda Mangʻit shahrining Oybek nomli  mahallasida, namunaviy loyiha asosida qurilgan hovlimizda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻydik.

Aslida bu ishlar yoshlarga ham oson emas. Biroq Safarboy aka va Oʻrozgul opalar oʻz faoliyatlaridan hech ogʻrinmaydi, charchadik, demaydi.

Hozirgi kunda ushbu muassasada hududning 25 nafar jajji bolajonlari taʼlim-tarbiya olishmoqda, 3 ta yangi ish oʻrin yaratilgan, sut, qatiq, kartoshka, piyoz, sabzi oʻz tomorqalarida yetishtirilgani uchun bolajonlar xavfsiz, toza mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlar isteʼmol qilishadi.

Tashkilot binosi hovlisi-yu, ichkari xonalarini kuzatsangiz – bu yerdagi orastalik, ozodalik va bolalar dunyosiga xos bezatilishidan ruhingiz koʻtarilib ketadi. Xuddi oʻz oilasi, onasi bagʻridagidek xotirjam, oʻynab-kulib oʻsayotgan bolajonlar bilan bir dam bolaligingizga qaytasiz. Biyron tilda salom berishganidan quvonasiz.

– Ushbu tashkilotni tashkil etish rejasi tugʻilishiga Oʻrta qalʼa ovulida xuddi shunday bolajonlar muassasasi ishga tushirilishiga bagʻishlangan tantanada ishtirok etganim sabab boʻldi. Kelib ayolimga maslahat soldim, shu sohada ishlayotganlar bilan suhbatlashdim, gʻalvasi koʻp deyishdi, – kulib soʻzlaydi Safarboy aka.

– Bolalar maktabda, yugur-yugurlariga kim chopadi, deb men ham hayron boʻldim, –suhbatga qoʻshiladi Oʻrozgul opa. – Nevaralar katta boʻlib qolishayapti, endi oʻzlarini oʻzlari eplashadi. Biz uyda qarab oʻtiramizmi, dedilar. Shunday qilib, ishga qirishdik. Avval hovlini taʼmirlatib, bezatishga kirishdik. Xullas, hozir 25 nafar bolajonlarning ota-onalari bizdan juda minnatdor. Ishga olgan qizlarimizga avvaldan birovning bolasini oʻz jigaringizday koʻrib, ranjitmay tarbiya qilinglar, deb uqtirib kelaman.

Ha, shu yoshida ham tinib-tinchimay, bor kuch-gʻayratini bolajonlar taʼlim-tarbiyasiga bagʻishlayotgan Safarboy aka, Oʻrozgul opalar bilan suhbatlashishdan odam zerikmaydi, goh hazil-mutoyiba, goh hikmatga qorishgan soʻzlaridan ibrat olishga intiladi, odam.

Bu bejiz emas. Aslida tarixchi oʻqituvchi boʻlsa-da, Safarboy aka yoshligidan  badiiy adabiyotga oshno. Yoshligidan yozgan maqola, sheʼr, hikoyalari vaqtli matbuotda yoritilgan. Ayniqsa, oʻtgan asrimizning yetmishinchi, saksoninchi yillarida «Amudaryo haqiqati» (hozirgi “Taraqqiyot koʻzgusi”) gazetasi qoshida tashkil etilgan «Gulshan» toʻgaragiga muntazam qatnashib, mashgʻulotlardan olgan bilimlari asosida oʻz mashqlariga sayqal bergan, sheʼrlari koʻpchilikka manzur boʻlgan.

Farzandlari, oila tashvishlari bilan andarmon boʻlib, ijodiy muhitdan biroz uzoqlashgan boʻlsa-da uning oʻziga xos oddiy tilda, qochirimlar, soʻz oʻyiniga boy sheʼrlarini koʻpchilik yaxshi eslashadi.

– Hozir yozmasalar ham kitob oʻqishdan toʻxtamaydilar, – deydi samimiy kulimsirab Oʻrozgul opa. – Baʼzan birga, baʼzan alohida oʻqiymiz. Nevaralarimizni qanday kitob oʻqigani, qanday taassurotlar olgani haqida imtihon qilamiz, xullas, vaqtimiz bekor ketmaydi.

Ha, ular vaqtni bekor oʻtkazishmaydi. Shu boisdan ham oʻtgan umridan koʻngillarida  mamnunlik, har yangi kunga yuksak orzu, rejalar bilan qadam qoʻyishadi. Asli inson zoti orzu qiladigan toʻkis baxt shu emasmikan?

Koʻklamgi ekin taraddudini boshlab yuborgan, tinib-tinchimaydigan Safarboy aka, Oʻrozgul opalar ana shunday, havas qilgulik turmush sohiblaridir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026