16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:57
Jamiyat 👁 314

"KEKSALAR MASLAHATI – OLTINDAN QIMMAT" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

"KEKSALAR MASLAHATI – OLTINDAN QIMMAT" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

Nuroniylar — xonadonlarimizning farishtalari. Ularning katta hayotiy tajribalari oʻsib kelayotgan yosh avlod uchun misli bir dorilfunundir. Ularning davrasida boʻlish, hayot hikmatlariga toʻla, sermazmun suhbatlarini tinglash qalblarga maʼnaviy kuch bagʻishlaydi, shu barobarida xatolarimizdan tegishli xulosalar chiqarish, turmush tarzimizni ijobiy va yaxshi tomonga oʻzgartirish, axloqan poklanish sari intilib yashashga daʼvat etadi.

Shuning uchun ham mamlakatimizda keksa avlod vakillarining ibrat va hikmatga toʻla hayot yoʻllari, maslahat va oʻgitlari maʼnaviy tarbiyaning namunali tamoyili sifatida alohida eʼtirof etiladi. Xalqimiz “Keksalar maslahati – oltindan qimmat”, “Qari bilganini pari bilmas”, “Otalar soʻzi — aqlning koʻzi” kabi hikmatli iboralarni bekorga yaratmagan.

“Nuroniy” jamgʻarmasining Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirokida tashkillashtirilayotgan “Uch avlod uchrashuvi”, “Nuroniylar – xonadonlarimiz koʻrki” mavzularidagi yoshlar bilan uchrashuvlar, dildan samimiy muloqot tadbirlari ham ushbu hikmatlarning amaldagi tasdigʻidir.

Yaqinda jamgʻarmaning Amudaryo tuman boʻlimi binosida oʻtkazilgan “Keksalar maslahati – oltindan qimmat” mavzusidagi davra suhbatida ham nuroniylar oʻsib kelayotgan yosh avlodni milliy-maʼnaviy qadriyatlarga hurmat, halollik va mehnatsevarlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan qimmatli fikr va maslahatlari bilan faol ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga maʼnaviy ruh bagʻishladilar.

Ochiq muloqot va samimiylik ruhida oʻtgan davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi “Nuroniy” jamgʻarmasi Toshkent shahar boʻlimidan tashrif buyurgan mehmon Jumamurod Sobirov, Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, “Nuroniy” jamgʻarmasi Amudaryo tuman boʻlimining jamoatchilik Kengashi rahbari Bekman Allamberganov, nuroniylardan Amangul Qayupova, Madamin Kazakovlar hamda tuman yoshlari bilan ishlashda oʻziga xos tajriba maktabini yaratgan faol nuroniylar ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida “Nuroniy har bir oilaga masʼul” loyihasi asosida muammoli oilalarning har biriga “Keksalar maslahati” guruhlari tomonidan biriktirilgan nuroniylar hududlardagi notinch oilalar bilan ishlashdagi tajriba va tashabbuslari xususida batafsil soʻz yuritishib, ajrashish holatiga borib qolgan oilalarni yarashtirish borasidagi fikr va maslahatlarini bildirdilar.

Oilalardagi nizo va janjallar oʻz-oʻzidan kelib chiqmaydi. Koʻpincha iqtisodiy jihatdan yaxshi taʼminlanmaganlik, kambagʻallik, oila aʼzolarining ishsizligi natijasida oila poydevori darz ketadi. Shu bois, Amudaryo tumanida “Bir nuroniy — oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida hududlardagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning oʻz daromad manbaiga ega boʻlishlariga koʻmaklashishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga oʻqitish orqali tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida nuroniylar oʻzlariga biriktirilgan yoshlar bilan muntazam ravishda ish olib borib, koʻplab oilalarning kambagʻallikdan chiqishlariga koʻmakdosh boʻlishmoqda.

Davra suhbati ishtirokchilari oilaviy ajrashishlarning oldini olish, shu toifadagi oilalarni yarashtirish borasida “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik tuzilmasi va “Keksalar maslahati” guruhi aʼzolarining birgalikdagi saʼy-harakatlari oʻzining ijobiy natijasini berayotganini mamnuniyat bilan taʼkidladilar.

Shuningdek, bugungi kunda amudaryolik faol nuroniylar mahallalarda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan barcha ezgu ishlarning ilhomchilari, yaqin maslahatgoʻylari, tashabbuskorlari sifatida izchil faoliyat olib borishayotganlari alohida eʼtirof etildi.

“Keksalar maslahati — oltindan qimmat” mavzusida oʻtkazilgan davra suhbati nuroniylarning nafaqat bosib oʻtgan ibratli hayot yoʻllari, balki yosh avlodni milliy-maʼnaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi har bir ishi kelajak avlod uchun chinakam dorilfunun boʻlib xizmat qilishining amaliy isboti boʻldi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019