16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:02
Adabiyot 👁 192

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

TELEFON QURSIN

Muqimiy ustozdan shunday soʻz qolgan:

Shaldiroq, bemaza “aroba qursin”.

Zamonlar oʻzgardi, nolish oʻzgardi,

Telefon, “aroba” barobar qursin!

 

Avtobus, mashina yo boshqa ulov,

Yoningdan joy olsa, betamiz birov

Koʻz-koʻz qilib qoʻlga oladi darrov.

Betamiz qoʻldagi telefon qursin!

 

Aytmoqchi gapini qisqaroq qilib,

Oʻtirsa qaniydi, izzatin bilib.

Soatlab vaysaydi baqirib, kulib,

Befahm qoʻldagi telefon qursin!

 

Mayli, telefon ham kerak aslida,

Lekin ishlatsa-da kerak faslida.

Jonni egovlaydi asab qasdida,

Bemaqsad qoʻldagi telefon qursin!

 

Telefon simlarin quloqqa ilib,

Dunyoda oʻzini yagona bilib.

Yurishar hayotin xatarli qilib,

Maqtanchoq qoʻldagi telefon qursin!

 

Telefon oddiy mulk, maqtanmoq nechun,

Bezor boʻlgach dedim: telefon qursin.

Bir zum shirin suhbat, xushxabar uchun,

Yoningda doimo telefon tursin.

Oʻrozali REYIMOV.

OʻTINCh

Besh kun oʻtmay sogʻinib oʻz-oʻzimdan.

Shoshib borar edim uyimiz tomon.

Meni koʻrib nur yogʻardi yuzidan,

Bagʻringizga bosh qoʻyardim, Onajon.

 

Shunda jussangizni quchib oʻtirib,

Yurakkinam quvvat olardi goʻyo.

Bugun shu lazzatdan mahrumman, afsus,

Meni undan ayirdi yolgʻonchi dunyo...

 

Yuzim yuvmay turing, achchiq yoshlarim,

Yuragim toʻkayin oppoq qogʻozga.

Bir dam kutib turing, dunyo ishlari,

Dardim yozib olay mayli birozga.

 

Yana sogʻinaman, qoʻmsayveraman,

Lekin qayerdasiz, munisim – onam?

Yigʻlamay, deyman-u yigʻlayveraman,

Qanisiz, qanisiz, yagonaginam?

 

Men kimning bagʻriga boshimni qoʻyib,

Bolalik tuygʻusin qayta sezaman?

Yurakdagi qaynoq mehriga choʻmib,

Hayot dengizida erkin suzaman.

 

Hasadgoʻy kimsalar zimdan tosh otib,

Nogoh dilginamni qilsa yarolar.

Doʻstman, deb yurganlar ketsalar sotib,

Kim meni asraydi qilib duolar?

 

Sizsiz hayotni hech anglayolmasdim,

Botinmasdim  bunday oʻylashga hatto.

Oh bugun... Men bugun shu kunni koʻrdim,

Qanday yashayapman, o, Qodir Xudo?

 

Gulday goʻzal qilib inson koʻnglini,

Metindan qilibsan lekin bardoshin.

Ezilib-ezilib yigʻlaysan gohi,

Oldingda burching koʻp, koʻtarib boshing.

 

Yana kelajakka ezgu maqsadlar,

Orzularing uchun tashlaysan qadam.

Koʻnglingni ogʻritar ayriliq, dardlar,

Sen bardosh topasan, borasan bardam.

 

Mehringizni qoʻmsab yashaymiz har dam,

Sizni sogʻinamiz toki tanda jon.

Qadringizni nurga toʻldiray, Egam,

Joyingiz jannatda boʻlgay, Onajon.

 

Umr oʻtib borar toshqin, beshafqat,

Osiy boʻlsam kechir, o, buyuk Tangrim.

Mayli, men koʻnaman, oʻtinchim faqat,

Faqat jannatdan qil Onamning oʻrnin.

Manzura SULTONOVA,

44-sonli maktab oʻqituvchisi.

 

BOBUR MONOLOGI

Ey, charxi dun, ne savdolar solding mening boshima,

Shodliklarim gʻarq boʻlmishdir koʻzdan oqqan yoshima,

Oʻz doʻstlarim ogʻu solmish fitna birlan oshima,

Andijonim qoldi mening, anda jonim qolmishdur.

 

Taqdir hukmi Hind sorigʻa qildi meni ravona,

Oʻzga elda shohdurman men, gʻulomlarim parvona,

Lek dilimning dardlariga topolmamdur hech chora,

Andijonim qoldi mening, anda jonim qolmishdur.

 

Otajonim ot choptirgan qir-adirlar qaydadur,

Onajonim alla aytgan hur manzillar qaydadur,

Birga-birga oʻynab-oʻsgan qadrdonlar qaydadur,

Andijonim qoldi mening, anda jonim qolmishdur.

 

Vatanimning tuprogʻini koʻzga surtsam qaniydi,

Buzrukvorim izlarini tavof qilsam qaniydi,

Qadrdonlar ruxsorini bir bor koʻrsam qaniydi,

Andijonim qoldi mening, anda jonim qolmishdur.

 

Ey,charxi dun, ne savdolar solding mening boshima...

Shirin OʻROZIMBETOVA,

6-sonli maktabning ona tili va

adabiyot fani oʻqituvchisi.

 

Yangi yil arafasidagi oʻylarim

Kirib keldi yangi yil,

Quvonchlarga toʻldi dil.

Farzandlar quvonchidan,

Shodlanib ketdi koʻngil.

 

Uy toʻrida bezanib,

Nur sochadi archamiz.

Archamizni bezashga,

Urinibmiz barchamiz.

 

Yangi yil keldi debon,

Shod, xursand boʻlganda dil.

Nahot bir kun oʻtdi deb,

Qalqib ketdi bu koʻngil.

 

Ortda qoldi eski yil,

Deb quvonib yuramiz.

Lek umrdan bir kunning,

Oʻtganini bilmaymiz.

 

Hayot varaqlaridan,

Bir kun bugun yirtildi.

Endi esa umrdan,

Ayting, necha kun qoldi?

 

Buni bizlar bilmaymiz,

Qodir Alloh biladi.

Soatning soniyasi,

Hamon olgʻa yuradi.

 

Qancha umr koʻrsak ham,

Inson boʻlib yurgaymiz.

Oʻtar vaqtda dunyodan,

Iymon bilan ketgaymiz.

 

El-yurtimiz, doʻstlarim,

Yaxshi inson, degaylar.

Yaxshi amallarimni,

Aytib-aytib yurgaylar.

 

Yomon edi, demakdan,

Alloh oʻzi asrasin.

Tilagim, yurtdoshlarim,

Qodir egam qoʻllasin.

Gulchehra OTABOYeVA.

 

KET, DEDING...

 

Ket, deding, ketdim ortga qaramay,

Nimaga yana sen izlayverasan?

Doʻstlarim aytdiki, menga sezdirmay,

Ortimdan soyadek yurgan emishsan.

 

Seni unutmoqqa yetarmi umrim,

Tolening yuborgan bizga hukmi bu.

Qaniydi, men seni baxtli qilolsam,

Yagona tilagim, muhabbatim shu!

 

Qalbimning toʻrida ardoqlab keldim,

Senga boʻlgan sevgim – muhabbatimni.

Koʻzingning yoshlarin artsa-da qoʻlim,

Bir ilinj ichida bedor yashadim...

Raʼno AVAZMURODOVA,

38-sonli maktab oʻqituvchisi.

 

BAHOR KELDI

Yerdagi muzlar erib,

Gul-maysalar ochilib.

Dilga quvonchlar toʻlib,

Elimga bahor keldi.

 

Chavandozlar chopib ot,

Chiqdi uloq oʻyinga.

Tirilganday Kayqubod,

Koʻngil toʻldi qoʻshiqqa.

 

Odamlar birgalashib,

Hasharlarga chiqishdi,

Bolalar quvonishib,

Gul tergani chiqishdi.

Jazira BOZORBOYeVA,

3-sonli maktab oʻquvchisi.

 

BAHOR

Qorlar erib, tabiat.

Oʻzgartirar libosin.

Elchi boʻlib boychechak,

Taratadi, iforin.

 

Qushchalar chugʻurlashib.

Ajib qoʻshiq kuylaydi.

Gulga qoʻnib arilar.

Asal yigʻib yayraydi.

 

Mavj urib oqar yana,

Muzlari erib anhor.

Oʻlkamga esa takror,

Hukmron boʻlar bahor!

Zarnigor  RAJABOVA.

 

Koʻksimdagi yurak

Sigʻmay borayotir koʻksimga yurak,

Tipirlab, koʻklarga uchmoqchi qushday.

Oʻtgan kunlarimni eslash ne kerak?

Eslasam, barchasi bir yomon tushday!

 

Sigʻmay borayotir koʻksimga yurak,

Ovchidan choʻchigan bir asov qushday.

Moziydan qoʻrqmoqlik, balki, ne kerak?

Hayotim sahfasi bitta hovuchday!

 

Sigʻmay borayotir koʻksimga yurak,

Koʻklarga uchmoqni istar, koʻklarga.

Keksaygan yurakka parvoz ne kerak?

Hademay bir kuni koʻchar yoʻqlarga!

 

Sigʻmay borayotir koʻksimga yurak,

Tipirlab, nenidir qilar iltijo.

Bu yogʻi ilhomni jamlamoq kerak,

Yurak tugʻyonlari sheʼrlarimda jo!

 

Sigʻmay borayotir koʻksimga yurak,

Sheʼr bilan xumorim bosilar nahot.

Yozaman, yozaman, menga shu kerak,

Sheʼrsiz yasholmaydi dunyoda Farhod!

Farhod Avaz, Namuna MFY.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019