16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:18
Sport 👁 241

TUMANIMIZDA SPORT YaNADA OMMALAShADI

TUMANIMIZDA SPORT YaNADA OMMALAShADI

Amudaryo tumani jismoniy tarbiya va sport boʻlimi 2018-yil 5-maydagi Prezidentimizning tegishli Farmoniga asosan tashkil etilgan boʻlib, tashkiliy tuzilmasida boʻlim boshligʻi, sportni rivojlantirish va saralash (selektsiya) boʻyicha bosh inspektor, ommaviy sportni rivojlantirish va jismoniy tarbiya-sport tadbirlarini tashkil etish boʻyicha bosh inspektor, boʻlim hisobchisi lavozimlari mavjud. Boʻlim tumanda sport sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ hisoblanadi.

Tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi tomonidan 2021-yilda aholining keng qatlamlarini sportga jalb qilish maqsadida musobaqalar  kalendar rejasi ishlab chiqildi va tuman hokimligi tomonidan tasdiqlandi.

Rejaga koʻra, har oyning birinchi haftasi “Yoshlar haftaligi”, ikkinchi haftasi “Xotin-qizlar haftaligi”,  uchinchi haftasi “Mahalla va nuroniylar haftaligi”, har oyning toʻrtinchi haftasi “Taʼlim muassasalari haftaligi” etib belgilangan.

Tumanning barcha hududlarida aholining keng qatlamlari oʻrtasida ommaviy badantarbiya mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun mavjud 17 nafar xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilgan sunʼiy qoplamali mini futbol maydonchalarning 10 tasida qoʻshimcha badantarbiya mashgʻulotlarini bajarish uchun turnik va bruslar qurildi.

“Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yurish tadbirlarini tashkil etish reja –dasturi tuzildi hamda ushbu dastur asosida ommaviy yurish tadbirlari  oʻtkazilmoqda. Yurish tadbiridan keyin ommaviy badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.

Tumanimizda jami 19 ta sunʼiy qoplamali futbol maydonchalari mavjud boʻlib, 4 tasi 2020-yilda qurilib, foydalanishga topshirildi. Shundan 2 tasi idora va tashkilotlarga, 17 tasi xususiy tadbirkorlarga tegishli.

Sportning dzyu-do turi boʻyicha 2021-yil fevral oyida Isroilda oʻtkazilgan musobaqada yurtdoshimiz Sharofiddin Boltaboyev faxrli birinchi oʻrinni egallaganidan barchamiz faxrlandik.

Shuningdek, 2021-yil boshidan buyon tumanimiz sportchilari Oʻzbekiston chempionatlarida 2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib qaytishdi.

Tumanimizda  bitta Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi mavjud boʻlib hozirgi kunda 142 guruhda  1494 oʻquvchi (254 nafari qizlar) qamrab olingan.

Tumanimizda aholining turli qatlamlari oʻrtasida sport musobaqalari tashkil qilinmoqda. Jumladan shu kungacha jami 117 musobaqa oʻtkazilib, 8174 nafar ishtirokchi (shundan 2900 nafari xotin-qizlar) qamrab olindi. Shuningdek, Farmonga muvofiq tumanimizdagi barcha mahallalarda 2021-2025-yillarda quriladigan badminton, stritbol, va “Workout” sport turlari uchun maxsus maydonchalarning manzilli roʻyxati ishlab chiqilmoqda. Tumanning aholi uchun qulay boʻlgan hududlarda zamonaviy yurish va yugurish uchun “Salomatlik yoʻlaklari“ hamda velosipedda harakatlanish uchun velosiped yoʻlaklarini tashkil etish (qurish) loyihasi ishlab chiqilmoqda. Albatta, amalga oshirilayotgan buningdek saʼy-harakatlar kelgusida tumanimiz sport sharafi yuksalishiga zamin boʻladi.

Gʻulomjon QURBONBOYeV, tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi boshligʻi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019