16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:02
Jamiyat 👁 247

Oq oltinlik yoshlarning tadbirkorlik va sportdagi yutuqlari

Oq oltinlik yoshlarning tadbirkorlik va sportdagi yutuqlari

Mamlakatimizda yoshlar bandligini taʼminlash, ularning isteʼdod va salohiyatini roʻyobga chiqarish davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Bu borada Amudaryo tumanida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanning Oq oltin ovuli misolida ushbu islohotlar bugun oʻz samarasini berayotganini yaqqol koʻrish mumkin.

Yoshlar yetakchisi Sardor Quraboyev tomonidan joriy yil boshida ovul yoshlari toʻliq xatlovdan oʻtkazildi. Ushbu muhim jarayonda jami 2305 nafar yigit-qizning ijtimoiy holati oʻrganilib, ulardan 83 nafari ishsiz ekanligi aniqlandi. Ushbu 83 nafar yoshlar alohida eʼtiborga muhtoj deb topilib, hududdagi 4 nafar korxona va tashkilot rahbariga biriktirildi. Ularning har biri uchun maqsadli yoʻl xaritasi ishlab chiqildi va koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha bandligi toʻliq taʼminlandi. Shuningdek, yana 3 nafar yoshlar otaliqqa olinib, 3 ta tashkilot rahbariga biriktirildi va ularning ham bandligi taʼminlandi.

Yoshlarni foydali mehnatga jalb qilishda dehqonchilik uchun yer ajratish amaliyoti oʻz samarasini bermoqda. Jumladan, ovul hududidagi “Saragul Yuldasheva” fermer xoʻjaligidan ajratilib, elektron auktsion platformasi orqali ochiq savdoga chiqarilgan 42 sotix yer maydoni ishsiz yoshlardan biri Oydinoy Tursunboyeva yutib olgan edi. Hozirgi kunda ushbu yerda sabzavot va poliz ekinlari yetishtirilib, oila byudjetiga qoʻshimcha daromad keltirilmoqda.

Qishloq sharoitida yoshlarning yerdan unumli foydalangan holda tadbirkorlik bilan shugʻullanishi nafaqat ularning bandligini taʼminlaydi, balki hududlarda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Oʻz yeriga ega boʻlgan yigit-qizlar mehnat bozoridagi tayyor ish oʻrinlarini kutib oʻtirmay, balki oʻzlari yangi qiymat va mahsulot yaratuvchi mulkdorga aylanadilar. Bu jarayon yoshlarda yerga boʻlgan mehrni uygʻotib, mustaqil hayotga qadam qoʻyishlari uchun mustahkam moliyaviy poydevor yaratadi. Shu bois ham ushbu yoʻnalishdagi ishlar uzluksiz davom ettirilib, gʻalladan boʻshagan yer maydonlari hisobidan 14 ta fermer xoʻjaligidan jami 80 nafar ishsiz yoshlarning har biriga 10 sotixdan yer ajratib berildi.

Hududda kasanachilik va kichik biznesni rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Toza bosu aholi punktida yashovchi yoshlardan biri Muyassar Safarboyeva oʻz uyida tikuvchilik xonasi tashkil qilib, oilasiga daromad keltirishni boshladi.

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Tashabbuskor yoshlarning oʻz biznesini boshlashi jamiyatda yangi ish oʻrinlari yaratilishiga, innovatsion gʻoyalarning hayotga tatbiq etilishiga va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishiga olib keladi.

Qolaversa, yoshlarni biznesga keng jalb etish orqali ulardagi boqimandalik kayfiyati yoʻqoladi, ijtimoiy masʼuliyat hissi ortadi. Oʻz mehnati bilan daromad topayotgan yosh avlod vakillari mamlakatning barqaror iqtisodiy oʻsishini taʼminlovchi eng faol qatlamga aylanadi va davlatning qudratini yuksaltirishga bevosita xizmat qiladi.

Mahalla yoshlari xizmat koʻrsatish sohasida ham oʻzlarini sinab koʻrmoqdalar. Bobur Foziljanov ovulning Toza bosu aholi punktida sartaroshlik ustaxonasini ochib, aholiga sifatli xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Aytish joizki, Oq oltin yoshlari nafaqat mehnat va tadbirkorlikda, balki sport sohasida ham ulkan zafarlarga erishmoqdalar. Prezidentimiz tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Besh muhim tashabbus” olimpiadasi musobaqalarida mahalla yoshlari faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritib kelmoqda. Xususan, Adolat Abdullayeva shashka boʻyicha musobaqalarning mahalla, sektor, tuman, hududiy va hatto Respublika bosqichlarida muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli oʻrinlarni egalladi. Qizlar jamoasi esa mini-futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi musobaqalarining sektor va tuman bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

Yengil atletikaning uzunlikka sakrash turida ham Oq oltinlik bir nafar oʻgʻil va bir nafar qiz tuman bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallab, hududiy bosqichga yoʻllanma oldi. Shuningdek, 16-21 yosh toifasida Lazizbek Safarboyev shashka boʻyicha mahalla, sektor, tuman va hududiy bosqichlarda hech kimga imkoniyat qoldirmay 1-oʻrinni egalladi va Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Amudaryo tumanidagi Oq oltin ovuli misolida yoshlarga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etish va sportdagi iqtidorlarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar bugun oʻz mevasini berayotir. Bu kabi amaliy saʼy-harakatlar yangi marralarni zabt etishga qodir, sogʻlom va bilimli, mustaqil fikrlaydigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdek ulugʻvor maqsadlarga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019