16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:51
Siyosat 👁 287

PREZIDENT MASLAHATChISINING BIRINChI OʻRINBOSARI IShTIROKIDA SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

PREZIDENT MASLAHATChISINING BIRINChI OʻRINBOSARI IShTIROKIDA SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

Aholining turli qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish orqali mavjud dolzarb muammolarni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar koʻrishda oʻtkazilayotgan sayyor qabullarning oʻrni juda ahamiyatlidir.

Buningdek tadbirlarda fuqarolarning ariza va murojaatlari xolislik tamoyillari asosida koʻrib chiqilib, ijobiy hal etilayotgani – mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlariga oliy qadriyat sifatida qaralayotganining yaqqol ifodasidir.

Shu yilning 4-martida tuman hokimligi majlislar xonasida sud-huquq masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi  oʻrinbosari Baxtiyor Islomov boshchiligida,  Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy prokurori Shuhrat Uzoqov, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, Tergov departamenti boshligʻi Yahyojon Abdulhaqov, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Gʻafurjon Shukurov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosari Ikram Muslimov, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikromov va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi vazirliklar masʼullari ishtirokida boʻlib oʻtgan sayyor qabul ham tumanimiz aholisining sud-huquq sohasidagi koʻpgina muammolarining ijobiy yechimini  topishiga sabab boʻldi.

Sayyor qabulda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev Prezidentimiz tashabbusi bilan xalqning dardini tinglab, turmushidagi muammolarini hal qilish borasida koʻpgina saʼy-harakatlar olib borilayotgani, ayniqsa keyingi yillarda sud-huquq sohasini demokratlashtirish, sud hokimiyatining fuqarolar huquqlari va Qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli tobora ortib borayotganini, bu oʻz navbatida jamiyatimizda ijtimoiy adolatning barqarorligiga, fuqarolar tinchligi va totuvligiga xizmat qilayotganini taʼkidladi. Tumanimiz fuqarolari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, muammolarini tinglash, yechimiga amaliy koʻmak berish uchun tashrif buyurgan maʼsullarga minnatdorchilik bildirdi.

Sayyor qabulda tumanimizning 150 nafardan ortiq fuqarolari qatnashib, sud-huquq sohasiga doir murojaatlar qildilar.

Qabul davomida sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etish, tayinlangan sinov muddatida yuklatilgan majburiyatlarni olib tashlash, tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish (transport vositasini boshqarish huquqidan) jazosidan muddatidan oldan shartli ravishda ozod qilish va shu kabi sud masalalariga oid boʻlgan 20 nafar fuqarolarning muammolari hal qilindi. Ular buning uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yozma tashakkurnoma bildirdilar.

Sayyor qabul davomida Bosh prokuratura tomonidan jami 15 nafar fuqarolardan 21 ta murojaatlar qabul qilinib, 1 nafar fuqaroning murojaatlari joyida ijobiy hal qilinib, 5 ta murojaatlarga huquqiy maslahat va maʼlumot berildi, 6 ta murojaatlarga tushuntirish berildi. Qolgan 9 nafar fuqarolarning murojaatlari ijro uchun nazoratga olindi.

Adliya Vazirligi tomonidan 11 nafar fuqarolardan 11 ta murojaatlar qabul qilinib, 9 tasi huquqiy maslahat va maʼlumotlar berish orqali hal  qilindi, 2 tasiga tushuntirish berildi.

Bundan tashqari 4 nafar yoshlarga fuqarolik pasporti berildi. Adliya Vazirligi tomonidan 9 nafar fuqarolarga huquqiy maslahat va maʼlumotlar berish orqali murojaatlari hal qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosari tomonidan jami 78 nafar fuqarolar qabul qilindi. Ular 50 ta jinoyat ishlari boʻyicha, 17 ta fuqarolik ishlari boʻyicha, 11 ta maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlarga oid muammolari yuzasidan murojaat qildilar.

Jami 78 ta murojaatlardan 42 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 10 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, qanoatlantirildi. 26 ta murojaat boʻyicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida xal qilish uchun qabul qilindi, ushbu murojaatlarning barchasi qanoatlantirilib, tegishli sudlov xayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazildi.  10 ta murojaat boʻyicha - jinoyat ishlari boʻyicha hukm qilingan 10 nafar shaxs jazoni oʻtashdan muddatidan oldin ozod qilindi.

Sayyor qabul mamlakatimiz sud-huquq sohasida insonparvarlik, bagʻrikenglik tamoyillari ustuvor ekanligining, inson qadr-qimmati yuksak tutilayotganining namoyishi boʻldi, desak adashmaymiz.

Tuman hokimligi Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019