16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:54
Salomatlik 👁 195

“EL EʼTIROFI – MEN UChUN BAXT”

“EL EʼTIROFI – MEN UChUN BAXT”

Bobur ovulida tugʻilib oʻsgan Luiza Yangiboyeva umr boʻyi tibbiy punktda feldsher  boʻlib ishlasa-da, ovuldoshlari “Toʻliboy  doʻxtir” deya hurmat bilan tilga oladigan, ehtiyoj tugʻilganida yarim kechalari ham eshik qoqib kelgandan yordamini ayamaydigan, elga qilgan xizmatidan hech  ogʻrinmaydigan otasiga oʻxshashni orzu qilib, tibbiyot sohasiga qadam qoʻydi. Maktabni tugatgach, Andijon tibbiyot bilim yurtining akusherlik boʻlimiga oʻqishga kirdi. Bilim yurtini muvaffaqiyatli tugatib, Andijon shahar tugʻruq kompleksida akusherka boʻlib ishlay boshladi.

Oʻsha yillar uning tanlagan kasbining masʼuliyatini teran anglab yetgan, akusherlik mahoratini oshirishi yoʻlida muhim davr boʻlib qoldi hayotida.  Tugʻruq jarayoniga har bir ayolni qabul qilgan vaqtida doim onasining “ayol bolasini  jonini xatarga qoʻyib, ikki dunyo oraligʻida turib dunyoga keltiradi, ularga qoʻlingdan kelganicha yordam bersang, shirin soʻzing bilan tasalli bersang, savob boʻladi”, degan soʻzlari quloqlarida yangrardi.

Ota-onasidan olisda, ular sogʻinchi bilan yashab yurgan qiz butun mehrini koʻzi yoriyotgan ayollarga koʻrsatar, toʻlgʻoq azobi ham ayol uchun baxt ekanligini, hademay farzandini bagʻriga olishini aytib, ularni yupatar,  tasalli berardi.

1999-yilning iyulida tumanimizga qaytib, 2005-yilgacha tuman Tibbiyot birlashmasining tugʻruqxona boʻlimida katta doya boʻlib, 2015-2018-yillarda homilador ayollar patologiyasi boʻlimida hamshira boʻlib ishladi. 2018-yildan hozirgi kungacha tuman Tibbiyot birlashmasining katta hamshirasi boʻlib ishlab kelmoqda.

Oʻz kasbiga masʼuliyati, mehri uni doimo jamoasida obroʻ-eʼtiborli qilib kelmoqda.

– Odam oʻz faoliyatidan qoniqsa, kasbida ixlos bilan ishlasa, charchamaydi, – deydi Luiza Yangiboyeva kulib. – Aksincha, vaqt oʻtishini sanab, bu ishni ertaga qilsam ham boʻlar deb, yo qoʻl uchida ishlagan odam doim horgʻin yuradi. Bizning sohada ikkinchi darajali ishning oʻzi yoʻq.

Luiza oʻz ishiga ana shunday yondoshgani uchun ham ishlab charchamaydi. Ishdan kelib oilasida farzandlari tarbiyasi bilan shugʻullanadi, oʻqishlarini, xulqini nazorat qiladi, mol boqib oilasida qoʻshimcha daromad manbai yaratilishiga, tomorqa yerida oilasi ehtiyojiga zarur mahsulotlar yetishtirilishiga koʻmaklashadi.

Bugun u baxtli oila sohibasi. Turmush oʻrtogʻi bilan hamjihatlikda voyaga yetkazayotgan farzandlari orzu-intilishlariga qanot. Toʻngʻichi Eldor xorijiy oliygohning, qizi Iroda esa tibbiyot oliygohi talabalari. Kichkinasi esa hali maktab oʻquvchisi.

Oliy toifali hamshira Luiza Yangiboyeva oʻz faoliyatida hamkasblarining, odamlarning eʼtiroflaridan ruhiy quvvat olib, gʻayrat-shijoat bilan ishlashga, oʻrta tibbiyot xodimlariga odilona munosabatda boʻlib, mehnatlarini munosib baholab, kamchiliklarini oʻz vaqtida bartaraf etishiga koʻmaklashishga intiladi. Buni oʻzi uchun ulkan baxt deb hisoblaydi.

Yurtimizda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanayotgan ushbu sururli damlarda oʻz kasbining fidoyisi boʻlgan Luizaxonni ham bayram bilan qutlab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019