16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:02
Jamiyat 👁 414

Askar oʻgʻilning muvaffaqiyatidan baxtiyor ota-ona

Askar oʻgʻilning muvaffaqiyatidan baxtiyor ota-ona

Atrofimizda oilaviy qadriyatlarni yuksak bilib, jamiyatimizning tayanchiga aylangan koʻplab namunali oilalar bor. Ularning halol mehnat, samimiyat va oʻzaro mehr-muhabbat bilan yashash tarzi kelajak avlod uchun ibratdir. Amudaryo tumanining Doʻstlik mahallasida istiqomat qiluvchi Saidabdulla Oʻtapov va Munavvar Eshjonova oilasi ham ana shunday ibratli oilalardan biri sanaladi. Ularning hayot yoʻli, oilaviy qadriyatlari va farzandlariga boʻlgan munosabatlari boshqalar uchun namuna, desak adashmaymiz.

Saidabdulla Oʻtapov bolaligidan sanʼatga mehr qoʻyib, 1995-yildan buyon toʻy-marosimlarni va boshqa tadbirlarni videotasvirga olish ishlari bilan shugʻullanib keladi. U oʻz kasbi orqali yuzlab oilalarning baxtli damlarini abadiylikka muhrlab, el-yurt oldida hurmat qozongan. Bugungi kunda Saidabdulla Oʻtapov “Sher Media” studiyasiga rahbarlik qilib, oʻz sohasi boʻyicha koʻplab tajribali shogirdlarni tarbiyalagan ustoz sanaladi.

Munavvar Eshjonova esa tibbiyot sohasida faoliyat yuritib, 2016-yildan buyon Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasida kichik hamshira sifatida ishlab kelyapti. U bemorlar dardiga malham boʻlishni oʻz hayotining mazmuni deb biladi. Ularning umr yoʻllari nafaqat mehnatga sadoqat, balki bir-birlariga boʻlgan hurmat va mehrning yorqin namunasidir.

Ikkala qahramonimiz 1997-yilda oila qurib, uch nafar farzandni jamiyatga naf keltiradigan insonlar qilib voyaga yetkazishmoqda. Ota-ona tarbiyasida ulgʻaygan farzandlarining barchasi oʻz kasblarida muvaffaqiyatlarga erishib, oilasi va jamiyat uchun xizmat qilmoqda. Katta qizi Surayyo Xudoyberganova maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi sifatida ishlab, bolalarning tarbiyasi va rivojlanishiga katta hissa qoʻshmoqda. Oʻrtancha farzand Shohruh Xudoyberganov otasi Saidabdulla akaning yordamchisi. U videotasvirga olish sohasida faoliyat yuritib, oilaviy anʼanalarni davom ettiryapti.

Oilaning kenja farzandi Sherzod Xudoyberganov esa bolaligidan harbiy hayotga katta qiziqish bilan qarar, bu sohani oʻzining kelajakdagi yoʻli sifatida tanlagan edi. U maktab davridayoq chaqiriqqacha tayyorgarlik fanini qiziqib oʻrgandi, qoʻshimcha ravishda harbiylarga oid kitoblarni mutolaa qilib, bilimini boyitdi. Jismoniy chiniqish va sport, xususan, futbol hayotining ajralmas qismiga aylandi.

2023-yilda Sherzod maktabni aʼlo baholar bilan tamomlaganidan soʻng, harbiy xizmatga chaqirilgan tengqurlari qatorida tibbiy, aqliy-maʼnaviy va jismoniy sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtdi. U oʻzining qatʼiyati va tayyorgarligi bilan tengdoshlaridan ancha ajralib turardi. Bugungi kunda Sherzod Samarqand shahrida, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi kommendantlik vzvodi 3-guruh oʻqchisi boʻlib, harbiy xizmatni sharaf bilan oʻtayapti.

Sherzod harbiy qismdagi dastlabki kunlardanoq oʻzining chaqqonligi, intizomi va masʼuliyati bilan rahbariyat eʼtiborini qozondi. U berilgan topshiriqlarni aʼlo darajada bajarib, qisqa vaqt ichida xizmatdoshlari orasida hurmatga sazovor boʻldi. Jismoniy mashqlarga boʻlgan qiziqishi va mehnatsevarligi unga harbiy hayotga tez moslashishda yordam berdi.

Sherzodning xizmat davomida erishgan yutuqlari ota-onasini yanada quvontirdi. Harbiy xizmatdagi namunali xizmati sabab, Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug tomonidan Saidabdulla aka va Munavvar opaga minnatdorchilik xati topshirildi. Bu albatta, ota-onaning mehnati va tarbiyasining natijasidir. 

Harbiy xizmat davomida Sherzod oʻzining zamonaviy texnologiyalarga boʻlgan qiziqishini rivojlantirib, kompyuter mutaxassisi sifatidagi mahoratini namoyish etdi. Uning kelgusi rejasi – huquqni muhofaza qilish sohalarida faoliyat yuritishdir. U bu orqali nafaqat oilasining, balki butun jamiyatning ishonchini oqlashni niyat qilgan.

Hozirda oddiy askar Sherzod Xudoyberganov oliy taʼlim muassasalariga kirishda imtiyoz beradigan tavsiyanoma uchun jismoniy va nazariy testlarga astoydil tayorgarlik koʻrmoqda. Harbiy xizmatdagi muvaffaqiyatlari uning bolalikdagi orzularining amalga oshayotganini koʻrsatadi. Shubhasiz, farzandining bunday masʼuliyatli yoʻlda oʻzini namoyon etayotgani har bir ota-onaga faxr baxsh etadi.

Oʻtapovlar oilasi oʻz tarbiyasi va halol mehnati bilan farzandlariga nafaqat hayotiy bilim, balki insoniy qadriyatlarni ham oʻrgatib kelmoqda. Bu kabi namunali oilalar jamiyatimizning mustahkam poydevori boʻlib, ular bagʻrida voyaga yetayotgan farzandlar kelgusida mamlakat ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshishi shubhasiz.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019