16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:20
Fan va taʼlim 👁 292

“JAJJI ASKARLAR” SAFDA: 22-MTTDA VATANPARVARLIK BAYRAMI OʻTKAZILDI

“JAJJI ASKARLAR” SAFDA: 22-MTTDA VATANPARVARLIK BAYRAMI OʻTKAZILDI

 

Yurt taqdiriga daxldorlik, uni himoya qilishga shaylik hamda Vatanga muhabbat tuygʻulari inson qalbida bolalikdan shakllanadi. Shu bois, yosh avlodni vatanparvarlik, mardlik va jasorat ruhida tarbiyalash masalasi doimo eʼtibor markazida boʻlib kelmoqda. 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan Amudaryo tumanidagi 22-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ham aynan shu ezgu maqsadlarni koʻzlab bayram tadbiri oʻtkazildi.

Bogʻchaning tashabbuskor tarbiyachisi Mahfuza Bekmurodova boshchiligida puxta reja asosida tashkil etilgan ushbu tantanali tadbirda muassasa jamoasi, hududdagi harbiy qismning harbiy xizmatchilari, tarbiyalanuvchi bolajonlar hamda ularning ota-onalari faol ishtirok etdilar. Bayram nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham unutilmas taassurotlarga boy boʻldi.

Tadbir anʼanaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining davlat madhiyalari ijrosi bilan boshlandi. Jajji bolajonlarning qoʻllarini koʻksiga qoʻyib, madhiyalarni chin dildan joʻr boʻlib kuylashlari tomoshabinlarga cheksiz faxr va iftixor tuygʻularini ulashdi.

Shundan soʻng, 22-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Nilufar Yusupova va harbiy qism mutasaddilari soʻzga chiqib, yigʻilganlarni, ayniqsa, kelajagimiz egalari boʻlgan oʻgʻil-qizlarni hamda tadbirga tashrif buyurganlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdilar. Soʻzga chiqqanlar oʻz nutqida tinch va osoyishta hayotni asrashda Vatan himoyachilarining oʻrni beqiyos ekanini, shuningdek, bolalikdan vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish muhim vazifa ekanini alohida taʼkidladilar.

Bayram dasturi mazmunan rang-barang chiqishlarga boy boʻldi. Tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan “Serjant” qoʻshigʻiga raqs harbiy intizom, jasorat va bolalarcha begʻuborlikni oʻzida mujassam etdi. Bu chiqish tomoshabinlar tomonidan iliq olqishlar bilan qarshi olindi. Shu guruh qizlarining nafis va chiroyli raqslari esa sahnaga yanada fayz bagʻishladi.

Oʻrta guruh bolalarining Vatan, tinchlik va mardlikni ulugʻlovchi sheʼrlari bayram ruhini yanada oshirdi. Vatan, tinchlik va doʻstlik haqidagi sheʼrlarni ifodali oʻqigan bolalarning samimiy soʻzlari, tiniq ovozdagi chiqishlari tomoshabinlarda chuqur taassurotlar qoldirdi.

Tadbirning eng taʼsirli va hayajonli qismi tayyorlov guruhi bolajonlari ijrosida namoyish etilgan “Onamga maktub” nomli sahna koʻrinishi boʻldi. Unda harbiy xizmatni oʻtayotgan askar yigitning onasiga yozgan maktubi orqali Vatanga sadoqat, ota-onaga mehr va sogʻinch tuygʻulari bolalarcha samimiyat bilan ifodalandi. Bu sahna koʻrinishi tomoshabinlarni ham befarq qoldirmadi.

Katta guruh tarbiyalanuvchilari Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi “Mendirman oʻsha” qoʻshigʻiga joʻshqin raqs ijro etib, bayram davrasiga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladilar. Shuningdek, oʻrta guruh oʻgʻil bolalari tomonidan sahnalashtirilgan “Askar boʻlaman” harbiy raqs kompozitsiyasi ularning kelajakda Vatan himoyasiga tayyor ekanliklarini ramziy tarzda ifoda etdi.

Bayram tadbiri yakunida ota-onalar soʻzga chiqib, farzandlariga berilayotgan sifatli taʼlim-tarbiya, bolalar qalbiga vatanparvarlik ruhini singdirishga qaratilgan bunday mazmunli tadbirlar uchun bogʻcha maʼmuriyatiga samimiy minnatdorchilik bildirdilar. Ayniqsa, tadbirni yuqori saviyada tashkil etishda fidokorona mehnat qilgan tarbiyachilar — Mahfuza Bekmurodova, Gulnora Allamova, Feruza Romanova, Yulduz Zarifboyeva hamda direktor oʻrinbosari Yangiljon Masharipovalarning saʼy-harakatlari alohida eʼtirof etildi.

Amudaryo tumanidagi 22-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻtkazilgan ushbu bayram tadbiri bolajonlar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishi shubhasiz. Zero, Vatanga muhabbat, uni asrash va himoya qilishga tayyorgarlik ana shunday kichik sahnalardan, bolalikda tashlangan ilk qadamlardan boshlanadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019