16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:31
Jamiyat 👁 307

OʻZ OILASIDA BAXTIYoR, HAMQIShLOQLARIGA BAXT ULAShIShGA INTILAYoTGAN XOTIN-QIZLAR FAOLI

OʻZ OILASIDA BAXTIYoR, HAMQIShLOQLARIGA BAXT ULAShIShGA INTILAYoTGAN XOTIN-QIZLAR FAOLI

Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli Dildora Xudoyberganova uchun hamqishloqlarining turmush tarziga oid muammolarini hal etishga koʻmaklashish shu el farzandi sifatida hayotiy ehtiyoj kabi oʻta muhim.

- Men shu qishloqda tugʻilib-oʻsganman. Hamqishloqlarimning barchasi xuddi et bilan tirnoq kabi taqdirlari biri-biriga tutash, qon-qarindosh, qardosh, men ham ulardan biriman, - deydi Dildoraxon Amir Temurliklar haqida.

Qishloq aholisining asosiy qismi oʻzbeklar boʻlsa-da, Dildoraxon aytganlariday, azaliy qon-qarindosh va qardosh boʻlgan hamqishloqlar uchun turkman, qozoq, qoraqalpoq, tatar, rus millatiga mansub aholi vakillari eldoshlarining yaxshisini oshirib, yomonini yashirib, nihoyatda ahil-inoqlikda yashashadi. Biri-birining tilini va dilini yurakdan anglab, totuvlik tugʻini boshlariga jigʻa qilib olgan Amir Temurliklarning ahilliklari tahsinga munosib.

Oilalardagi hamjihatlik ovul hayotiga fayz bagʻishlaydi, albatta. Bundayin hamjihatlik muhitini yaratishda OFY raisi Oybek Yusupov rahbarligidagi ovul masʼullarining fidoyiliklari, hamkorlikdagi faoliyatlari muhim ahamiyatga ega.

Ilk mehnat faoliyatini 2016-2018-yillarda qishloqdagi 4-sonli umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlashdan boshlagan Dildora Xudoyberganovaning nomzodini 2018-yilda OFY xotin-qizlar faoli lavozimiga qoʻyishganida biroz ikkilandi:

- Qishloq hududi katta, aholisi koʻpmillatli, qanday boʻlarkan? – degan hadik bilan hujjatlarini taqdim etdi.

Oliy maʼlumotli ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, ijodkor, maʼnaviyatli qizning xotin-qizlar faoli sifatida OFYda faoliyat olib borishidan hamqishloqlari, toʻgʻrisi, mamnun boʻlishdi. Toʻgʻri-da, gapini oʻrnida ayta oladigan muloyim, samimiy, oʻzgalar tashvishiga ogʻrinmay yelka tutadigan Dildora Xudoyberganovadan munosib nomzod bormi?!

Barchaga manzur boʻlgan Dildoraxon shijoat bilan ishga kirishdi. Oʻzbek oilalarining kayvoni, ibratli onaxonlari bilan turkman oilalarining namunali ejelari, uddaburon qozoq jengeylari, qoraqalpoq kempir apaylari bilan bamaslahat ayol-qizlar orasidan koʻcha boshchilari saylanishiga eʼtibor qaratdi. OFY raisi Oybek Yusupov, ovuldagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, hudud boʻyicha profilaktika inspektori hamda hududiy inspektor-psixologlar bilan hamkorlik tufayli faqat 2023-yilning oʻzida “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan 13 nafar ayol-qizlarga oʻz davromad manbalarini yaratishlari uchun imtiyozli kredit olishlariga koʻmaklashdi. 1 nafar ayolning qiziqishlari, chevarlik hunari inobatga olinib, qasbga oʻqitildi va subsidiya asosida tikuv mashinasi bilan taʼminlandi. Yana bir ayol esa doimiy ishga joylashtirilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj 17 nafar xotin-qizlar mavsumiy ish bilan taʼminlanishdi.

Oilalarning tinch-totuvligi nafaqat oʻsha oilalarga, balki jamiyatimizga ham ziynat, fayz-baraka bagʻishlashini Amir Temurliklar juda yaxshi bilishadi. Oilalarda ana shunday toʻkislikni taʼminlashda Dildora Xudoyberganova kayvoni, ibratli onaxonlar bamaslahat qozoq, qoraqalpoq oilalarida asrlar davomida shakllangan oʻzaro mehr-oqibat, bagʻrikenglik, totuvlik tuygʻulari darz ketmasligi uchun jon kuydiradi. OFY raisi Oybek Yusupov va qishloqning kayvoni onaxonlari bilan birgalikda oilaviy nizolar tufayli ajrashish yoqasiga borib qolgan 9ta oila yarashtirilib, hamjihatlikda yashashlariga erishilgani ham ana shu goʻzal tuygʻularning ustuvorligidan, qishloq kayvoni onaxonlarining tadbirli, hamfikr va hamjihatligidan! Bundan ham muhimi, OFY xotin-qizlar faoli Dildora Xudoyberganovaning zimmasidagi masʼuliyatni chuqur his qilib, hamqishloqlariga qayishib, el boʻlib ketganidan.

- Qishlogʻimizdagi har bir ayol-qiz hayotiga oid muammoning ijobiy hal etilishi xuddi oʻz shaxsiy muammoyimning had etilishi kabi koʻnglimga xotirjamlik bagʻishlaydi, - deydi Dildora mamnuniyat bilan.

Jamiyatda ayolning tinch, xotirjam faoliyat yuritishi, albatta, uning oilaviy hayotiga koʻp jihatdan bogʻliq. Dildoraning bu tomondan koʻngli toʻq. U baxtiyor oila bekasi, ibratli kelin. Umr yoʻldoshi, Jumurtov ShFY hokim yordamchisi Ravshan Arikov bilan ikki nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazishmoqda.

- Ishlashim, jamiyatga faol aralashishim uchun barcha sharoitlarni yaratib bergani uchun oilam, umr yoʻldoshimdan minnatdorman, - deydi u ehtirom bilan. – Oiladagi ana shu gʻamxoʻrlik tufayli juda baxtiyorman.

Oʻzini baxtiyor his etgan inson hamisha oʻzgalarga baxt ulashishga qodir boʻladi. Dildoraxon Xudoyberganovaning har bir ish kuni hamqishloq ayollar turmushini toʻkis, ularning mushkullarini oson qilishdek ezgu niyatlar bilan oʻtadi. Oʻzi aytganiday, Amir Temurlik ayollarning quvonchi ham, tashvishi ham oʻziniki.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019