16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:53
Salomatlik 👁 254

ShIFOKORLAR SULOLASI DAVOMChISI

ShIFOKORLAR  SULOLASI DAVOMChISI

Hayot mohir muallim – garchi gapirmasada, yon-atrofdagi voqea-hodisalarda toʻgʻri xulosa chiqarishga oʻrgatadi, oqil donishmand hamki, yaxshi-yomonni farqlashga oʻrgatadi va yana odil tarozibondirki, har kimning qanday insonligini, bahosini koʻrsatib turadi.

Tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Bolalar poliklinikasida pulmonolog shifokor boʻlib ishlaydigan Feruza Shomurodovani ham xizmatlari tufayli taniydiganlar, hurmat qiladiganlar koʻp.

Sohaga mehr uning qonida bor desak, adashmagan boʻlamiz. Otasi tumanimiz tibbiyoti ravnaqiga munosib hissa qoʻshgan rahmatlik taniqli shifokor Xudoyor Shomurodov, onasi mahoratli hamshira Norgul opaning bolalar sogʻligʻi uchun fidoyilik qilishlarini koʻrib ulgʻaygan qiz 38-sonli maktabni tugatib, Samarqand Davlat Pediatriya oliygohiga oʻqishga kirdi. Institutni tugatgach, 1996-1997-yillarda Nukus shahridagi Respublika kasalxonasida internatura oʻtadi.

1997-yilning iyulidan boshlab, tuman Tibbiyot birlashmasining Bolalar poliklinikasida ishlab kelmoqda.

Feruza ayni kunda davlatimizda aholi orasida sogʻlom turmush tarzi, tibbiy madaniyatni yuksaltirish, jismoniy faollik keng targʻib etilayotganidan xursandligini quvonib taʼkidlaydi. Chunki bolalar orasidagi koʻpgina kasalliklar turmush tarzimizdan kelib chiqayapti, deb hisoblaydi.

Ayni kunlarda uning qabuliga kuniga 30 nafardan ziyod 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar, oʻsmirlar, bolalar nafas yoʻllari kasalliklaridan shikoyat qilib kelishadi.

Bolalar shifokori boʻlishning oʻziga yarasha murakkabliklari bor. Chunki yosh bolajonlar oʻzlaridagi kasallik belgilarini ayta olmaydi, shifokor bolaning ahvoliga qarab, tekshiruvlar natijasiga koʻra davo muolajasini buyuradi. Bolalar holatini his qilish, har bir bemorga induvidual yondoshish lozim.

Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida oʻzining, oila aʼzolarining sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyib, kuniga 10-12 soatlab ishladi. Kuniga 70-80 nafarlab bemorlarni qabul qilib, ahvoliga qarab, statsionar yo uy sharoitida davolanishga yoʻnaltirdi, davo muolajalarini olishini nazorat qildi va sogʻayib, hayotga qaytishiga sababchi boʻldi.

– Ilohim, oʻsha xavf-xatarlar orqamizda qolgani rost boʻlsin! Bilasizmi, oʻzimga ham yuqib qolsachi, degan oʻy koʻnglimga kelgan vaqtlar boʻldi, farzandlarim koʻz oʻngimga kelardi. Biroq qoʻrqqanim yoʻq. Shifokor kasallikdan qoʻrqsa, yutqazadi.

Ming shukur, tahlikali davrlardan oʻtib, bugungiday osoyishta kunlarga yetdik, – deydi mamnunlik bilan fidoyi shifokor Feruza Shomurodova.

U obroʻ-eʼtiborli shifokor boʻlish bilan birga olti nafar farzandlarini ham turmush oʻrtogʻi bilan hamjihatlikda elga munosib qilib voyaga yetkazishayapti. Uchovi oliygohlar talabalari, uch egizak farzandlari esa maktab oʻquvchilari.

Uy-roʻzgʻor, farzand tarbiyasi bilan xizmat vazifasini ham birgalikda uddalab kelayotgan mahoratli shifokorga tolmas kuch-quvvat tilab, 8-mart bayrami bilan qutlab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019