19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 04:10
Jamiyat 👁 276

OV QUROLLARINI SAQLASh TARTIBI TUShUNTIRILDI

OV QUROLLARINI SAQLASh TARTIBI TUShUNTIRILDI

Mamlakatimiz hududida ov qurollarini saqlash va olib yurish uchun ovchilik, baliqchilik va sport jamiyatiga aʼzo boʻlgandan soʻng, ichki ishlar boʻlimlari tomonidan ruxsatnoma beriladi. Ovchilik, baliqchilik va sport jamiyatiga aʼzo boʻlmasdan hamda ichki ishlardan ruxsatnoma olmasdan turib, har qanday oʻq-dori va qurollarni saqlash noqonuniydir.

Fuqarolarning oʻz xonadonida noqonuniy ravishda ov miltiqlarini saqlashi ham jinoyatdir. Noqonuniy qurol saqlash qonunga zid boʻlishi bilan birga inson hayoti uchun oʻta xavfli vosita sanaladi. Bunday qoidabuzarliklar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi.

Shu sababli joylarda fuqarolarga tegishli boʻlgan qurollarning saqlanishi va ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, qurol bilan bogʻliq turli noxush holatlarning oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyuldagi “Qurol toʻgʻrisida”gi Qonuni, Prezidentimizning 2020-yil 8-apreldagi tegishli Farmoni hamda Ichki ishlar vazirligining tegishli koʻrsatmalariga asosan muntazam ravishda targʻibot tadbirlari oʻtkazilib boriladi. Vazirlar Mahkamasining “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli koʻrsatmalari ijrosini taʼminlash maqsadida 5-15-mart kunlari oraligʻida ham “Arsenal” maxsus profilaktik tadbiri oʻtkazildi.

Tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan tashkil etilgan mazkur profilaktik tadbirlar jarayonida fuqarolarning ov qurollarini saqlash va ulardan foydalanish tartib-qoidalariga rioya qilish holati nazorat tartibida oʻrganib chiqildi. Tadbir davomida tumandagi 377 nafar ov quroliga ega boʻlgan fuqarolarga tegishli boʻlgan 441 ta ov qurollarining saqlash tartibi tekshirildi. Bu borada qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan fuqarolarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, aniqlangan kamchiliklarning joyida bartaraf etilishi taʼminlandi.

Maʼlumki, qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilganlik uchun Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 248-moddasi birinchi qismiga koʻra, eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari nazarda tutilgan. Mazkur moddaning ikkinchi qismiga koʻra, oʻsha harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, besh yildan oʻn yilgacha, oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini oʻtkazish esa, oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan buyumlarni oʻz ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.

14-mart kuni “Arsenal” maxsus profilaktik tadbiri doirasida Boʻzyop ovuli hududidagi 12 nafar fuqarolarning xonadonlariga borilib, ularga tegishli ov qurollarining saqlanish holati tekshirildi. Tekshirishlar davomida ov quroli Ichki ishlar boʻlimida roʻyxatda turgan bir nafar fuqaroning ishlash uchun uzoq muddatga chet elga ketganligi aniqlanib, unga tegishli boʻlgan ov quroli vaqtincha saqlash uchun tuman Ichki ishlar boʻlimiga olib ketildi. Shuningdek, yana bir ov quroliga ega boʻlgan fuqaro vafot etganligi sababli unga tegishli boʻlgan ov quroli ham Ichki ishlar boʻlimiga keltirildi. Undan tashqari, shu ovulda yashovchi yana bir fuqaro otasiga tegishli boʻlgan eski hovlini buzayotganida paxsa devor orasidan ov quroliga tegishli boʻlgan bir qismni topib olganinini maʼlum qilib, profilaktika inspektoriga topshirdi.

Fuqarolar qoʻlida noqonuniy saqlanayotgan oʻq-dori va qurollar toʻgʻrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga axborot berishlari zarur. Bunday holatlarda fuqarolarning ismi-shariflari sir saqlanishi kafolatlanadi. Bu orqali Vatanimiz tinchligiga va turli noxush holatlarning oldini olishga munosib hissa qoʻshilgan boʻladi.

K.Tajiboyev, tuman Ichki ishlar boʻlimi JTSB inspektori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026