16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:54
Salomatlik 👁 915

KARANTIN HALI BEKOR QILINGANI YOʻQ, ChUNKI VIRUS ORAMIZDA YuRIBDI

KARANTIN HALI BEKOR QILINGANI YOʻQ,  ChUNKI VIRUS ORAMIZDA YuRIBDI

Respublikamizda koronavirus infektsiyasining oxirgi uch oy davomida qayd etilish darajasi har yuz ming aholiga 02 foiz boʻlgan boʻlsa, oxirgi 4-5 kun ichida bu koʻrsatkich 0,4 foizga koʻtarilgan. Epidemiologik tahlillar natijasida hozirgi kunga kelib Respublikamizda koronavirus bilan kasallanish koʻrsatkichi sekin-asta ortib bormoqda.

Oʻtgan yili koronavirus pandemiyasi davrida umumiy kasallanishlar orasida bolalar ulushi 5-7 foiz boʻlsa, hozirgi kunda bu koʻrsakich 25 foizdan ortib ketgan. Shuning uchun ham Toshkent shahrining ayrim tumanlarida maktablar taʼlimi onlayn tartibiga oʻtkazilgan.

Respublika maxsus kamissiyasining qaroriga koʻra, joriy yilning 1-aprelidan boshlab aholi gavjum boʻladigan tadbirlarda biroz cheklovlar oʻrnatilmoqda. Toʻyxonalarda toʻy oʻtkazish va oilaviy marosimlarni oʻtkazishda 100 kishidan oshmaslik tartibi belgilandi. Kontsert, teatr va kinoteatrlarda karantin nazorati kuchaytirildi.

Shuni esda tutishimiz kerakki, karantin hali bekor qilingani yoʻq, eng muhim va birlamchi himoya usullari hali amalda.

Aholining asosiy qatlami, ayniqsa, yoshlarimiz karantin qoidalariga amal qilishni unutib qoʻyishdi. Vaholanki, koronavirus hali yonimizda yuribdi, shu sabab karantin qoidalariga rioya etgan holda, eng asosiysi – niqob taqib yurish, antiseptik vositalardan foydalanish, shaxsiy gigiyenaga rioya etish, joylarda odamlar orasida masofani saqlash va jamoat joylarida hamda jamoat transportlarida karantin qoidalariga amal qilish zarur.

Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi va tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash Vazirligining joriy yil 15-fevraldagi “Koronavirus infektsiyasiga qarshi ommaviy emlash jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan COVID-19 kasalligiga qarshi emlashni tashkil qilish va eslash jarayonlarini nazoratga olish shtabi tuzildi.

Tumanimizda ommaviy emlash jarayonlarini oʻtkazish maqsadida davolash-profilaktika muassasalarida 23 ta emlash brigadalari, shundan 10 tasi statsionar va 13 tasi mobil brigadalar tashkil qilindi.

Mazkur brigadalarga aholini COVID-19 kasallagiga qarshi sifatli va xavfsiz emlashga tayyorgarlik jarayonini olib borishni tashkil etish boʻyicha tuman Tibbiyot birlashmasi hamda tuman SEO va JSBning mutaxassislari biriktirilgan. Emlash ishlariga jalb qilinadigan tibbiyot xodimlari oʻrtasida seminar mashgʻulotlar oʻtkazilib, emlash ishlarini olib borish tayyorgarlikdan oʻtkazildi.

2021-yil 17-mart kuni Respublikamizga birinchi partiya vaktsina kirib keldi. Vaktsinatsiya birinchi navbatda 65 yoshdan oshgan nuroniy qariyalarga, keyingi bosqichda bemorlar bilan bevosita muloqotda boʻluvchi tibbiyot xodimlari (maxsus shifoxonalar tibbiyot xodimlari, tez tibbiy yordam xizmati va yuqumli kasalliklar shifoxonalari tibbiyot xodimlari) va jamoat joylarida xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga ketma-ketlikda emlash oʻtkaziladi.

Karantin davrida aholi orasida koronavirus infektsiyasining oldini olish boʻyicha tuman SEO va JS boʻlimi tomonidan profilaktik dezinfektsiya ishlarini oʻtkazish uchun dezinfektsiyalovchi moddalar va avtomaks asbob-anjomlari, xodimlar uchun maxsus himoya kiyimlari va antiseptik vositalari zaxirasi yaratildi kasallik oʻchoqlarida va oʻquv muassasalarida dezinfektsiya tadbirlari olib borilmoqda.

T.BABANIYoZOV, Amudaryo tumani SEO va JSB nazoratlarni muvofiqlashtirish va maʼmuriy amaliyot boʻlimi mudiri. Oliy toifali sanitariya vrachi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019