16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:46
Adabiyot 👁 180

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Toʻrtliklar

Sendan uzoqlashdim dilbar, ushbu dam,

Juda yiroq ketdim xomush, dilda gʻam.

Olisladim, desam, Yo, Rab, oldinda,

Ketib bormoqdasan mendan-da ildam.

* * *

Hijronlar qalbimni oʻrtaydi tokay,

Mayli, dil daftarin manguga yopay.

Yozmoqqa kuch topdim ushbu soʻzlarni,

Seni unutmoqqa qaydan kuch topay!

* * *

Ayriliq tunlari naqadar uzun,

Hijronli dillarga bergaysan toʻzim.

Dilimda borini toʻkib soldim, lek,

Aytolmay turibman “alvido” soʻzin.

* * *

Magʻrursan, dunyoni bepisand koʻrding,

Jabr koʻrmading hech, besitam yurding.

Himmatliman, deysan, biroq yoʻlimga,

Ne uchun uqubat uylarin qurding?

* * *

Har ishni mehr bilan boshlash kerak,

Qadding tik, dadil qadam tashlash kerak.

Tugamaydi dunyoning hech tashvishlari,

Bu hayotda havas bilan yashash kerak.

* * *

Noligan, dunyodan nolib oʻtadi,

Sabrli, gʻamlardan gʻolib oʻtadi.

Boriga shukrona qilmasang agar,

Bu hayot berganin olib oʻtadi.

Oʻrozali REYIMOV.

Seni kutdim intizor

Bahor keldi bogʻlarimizga,

Qir-u adir, togʻlarimizga.

Kutgan edik uni intizor,

Joylab, qalb sozlarimizga.

 

Endi boʻlar Xudo xohlasa,

Har kunimiz toʻy-u tomosha.

Chunki keldi yurtimga Navroʻz,

Qancha oʻlka, dala, qir osha.

 

Bayramlarga boy erur Bahor!

Yangilanish, yasharish fasli.

Barchadan koʻp boʻlib intizor,

Seni kutgan mendirman, asli!

Gulmirza SOLAYeV,

2-sonli maktab oʻqituvchisi.

Goʻzal fasl

O, Bahor! Naqadar goʻzal faslsan,

Olamga yangidan baxsh etguvchi jon.

Fasllar ichida oʻzing aslsan,

Seni kutaverar jumlai jahon.

 

Togʻlar, adirlarni bezaysan gulga,

Samoda varraklar uchadi chunon.

Betimsol oshyonsan xushxon bulbulga,

Senga yetdik shukur, el-u yurt omon.

 

O, Bahor! bayramlar fasli oʻzingsan,

Sumalak qaynaydi doshqozonlarda.

Momolarim aytgan eng ezgu soʻzdan,

Nurlanar koʻngillar tong – azonlarda.

Tursunoy OʻROZBOYeVA,

8-MTT tarbiyachisi.

Xush kelding, bahor

Bahor kelgach sepini yoyib,

Dala-dashtda qizib ketdi ish.

Chumoli-yu boychechaklar ham,

Yer yuzida berdi koʻrinish.

 

Togʻlarda ham oʻsibdi lola,

Suvlar oqar boʻlib shalola.

Bu fasldan quvonchga toʻlar,

Keksa-yu yosh, hattoki bola.

 

Choʻpon bobo tayogʻin olib,

Qir-adirga qoʻylarin haydar.

Sumalaklar pishirsa yoshlar,

Onaxonlar bosh-u qosh boʻlar.

 

Dehqon bobo yarogʻin olib,

Dalasiga yoʻl olar bu kun.

Jannatlarga qiyos elimning,

Dasturxonin qilay deb toʻkin.

 

Temir tulporini mohir boshqarib,

Traktorchi yigit dalaga chiqdi.

Qorongʻi tushguncha dalani haydab,

Ekinlar ekishga tayyorlab qoʻydi.

 

Yangi yil atalgan Navroʻzi olam,

Xush kelding elimga, safo kelibsan.

Sendan umidim koʻp, koʻpdir orzular,

Oʻsha umidlarim ushalsin endi.

 

Yurtim omon boʻlsin, doʻstlar shod boʻlsin,

Elim dasturxoni neʼmatga toʻlsin.

Har inson yetishsin, albat, murodga,

Barkamol avlodlar dono, sogʻ boʻlsin.

 

Oʻqisin, oʻrgansin, kamolga kelib,

Yurtim rivojiga hissasin qoʻshsin.

Ota-onalari bundan shod boʻlib,

Qoʻllarini tilak, duoga ochsin.

Gulchehra OTABOYeVA.

Koʻklam

 

Sen bilan Navroʻz,

Kelar rizq-u roʻz.

Sumalak qaynab,

Bulbullar sayrab.

 

Gullar ochilar,

Har yon sochilar,

Varraklar uchar,

Samoni quchar.

 

Quvnab bolalar,

Terar lolalar.

Koʻklamdan darak –

Yashillik demak.

Shahinoy ShOMURODOVA,

40-sonli maktab oʻquvchisi.

Vatanga taʼzim

Ona yurtim, Vatanim,

Chiroyingga ming taʼzim.

Bagʻring misli jannatim,

Gul-bogʻingga ming taʼzim!

 

Quchogʻingda topgan baxt,

Yuzdan-da ortiq millat.

Xalqingdir ahil, inoq,

Oʻgʻlonlaring azamat.

 

Gullagan bogʻ, togʻingga,

Dasht-u vodiy, choʻlingga.

Taʼzim bilan yashayman,

Mehr berib elimga.

Oltinoy JUMABOYeVA,

36-sonli maktab oʻquvchisi.

Goʻzal fasl

O, Bahor! Naqadar goʻzal faslsan,

Olamga yangidan baxsh etguvchi jon.

Fasllar ichida oʻzing aslsan,

Seni kutaverar jumlai jahon.

 

Togʻlar, adirlarni bezaysan gulga,

Samoda varraklar uchadi chunon.

Betimsol oshyonsan xushxon bulbulga,

Senga yetdik shukur, el-u yurt omon.

 

O, Bahor! bayramlar fasli oʻzingsan,

Sumalak qaynaydi doshqozonlarda.

Momolarim aytgan eng ezgu soʻzdan,

Nurlanar koʻngillar tong – azonlarda.

Tursunoy OʻROZBOYeVA,

8-MTT tarbiyachisi.

Umr

Umr oʻtar, toʻxtamaydi hech,

Oqar suvday oqar erta-kech.

Yoshlik davri oʻtib ketadi,

Vaqt kutib turmas uni hech.

 

Kunlar oʻtar, tunlar ham oʻtar,

Qush qanotin qoqqaniday tez.

Baxtli, gʻamli damlaring oʻtar,

Tun ortidan kelganday kunduz.

 

Bu umr koʻp jumboqli umr,

Har kim izlar jumboq yechimin.

Gar umrida xatolar boʻlsa,

Izlayverar uning yechimin.

 

Yillar oʻtar, oylar ham oʻtar,

Yoshlik bizni ketadi tashlab,

Vaqt yoʻqotgan, baxtin yoʻqotar,

Afsus chekar koʻzini yoshlab.

Jazira BAZARBAYeVA,

3-sonli maktab oʻquvchisi.

Mehribonim

ayajon

Ayajonim yonimda

Boʻling har qachon.

Yonimda boʻlsangiz,

Quvnayman shodon.

Meni erkalab quchgan,

Mehribonim ayajon!

 

Tarixni koʻp bilgansiz,

Menga aytib bergansiz.

Koʻp nasihat qilgansiz,

Doim omon yuringiz,

Ulgʻaytirdingiz meni,

Mehribonim ayajon!

 

Siz boʻlsangiz men,

Xursand va shodman.

Koʻzim quvnaydi.

Dilim yayraydi,

Mehribonim ayajon,

Doim boʻling siz omon.

Nafisa HAMROYeVA,

46-sonli maktab

oʻquvchisi.

Chuchmoma koʻz ochdi

Bahor keldi.

Uygʻonmoqda zamin-u zamon.

Yerlar koʻm-koʻk,

Qushlar bilan toʻldi-ku osmon.

 

Uyqudagi chuchmoma ham,

Koʻz ochdi asta.

Daraxtlarga gul-kapalak,

Boʻldi payvasta.

 

Chor atrofda xush-xandonlik,

Nurli tuygʻular.

Har bir dilda kelajakka,

Ishonch tugʻilar.

 

Bulbul qoʻndi gul shoxiga,

Yuragi xasta.

Andalibim, kel,senga men,

Boʻlay vobasta.

Shirin Oʻrozimbetova, 6-sonli maktab oʻqituvchisi.

Vatanim

Vatan, sen dunyoda men uchun aziz,

Doimo sevib men ardoqlagayman.

Vatan, sen oʻzing jon-u dilimsan,

Oʻlsam ham men sendan ayro boʻlmayman,

Ona yurt, seni hech kimga bermayman!

 

Istayman, bagʻringda mangu qolmoqni,

Kelajakka sogʻlom nazar solmoqni.

Barkamol avlodman safingda turgan,

Aziz nomingga hech gard yuqtirmayman,

Ona yurt, seni hech kimga bermayman!

 

Toʻmaris iziman, qalbimda gʻurur,

Hech kimga bosh egmay turaman magʻrur.

Yuksaklarda bayrogʻing tursa hilpirab,

Xalqim qudratlanur, har on gurkirab!

Ona yurt, seni hech kimga bermayman!

 

Ota makonimsan, ona diyorim,

Oʻzingsan aslida nurli iqbolim,

Vatan shaʼni uchun toʻkilsa qonim,

Tandagi jonimni qoʻshib bergayman,

Ona yurt, seni hech kimga bermayman!

Dildora RAJABOVA.

Xushboʻy ifor

Bahor keldi qishloqqa,

Gul-u adir oʻtloqqa.

Xushboʻy, nafis havosi,

Uriladi dimoqqa.

 

Barcha xursand boʻldilar,

Quvonchlarga toʻldilar.

Bogʻning hushboʻy ifori,

Qalblarga kuy soldilar.

 

Togʻlarda, adirlarda,

Gul ochildi qirlarda.

Quvonchdan koʻnglim toʻlib,

Gul tutamiz doʻstlarga.

Dilnura RAHIMBOYeVA.

Vaqt

Yashasang, hech koʻngling toʻlmasa,

Kulsang-u yuzlaring kulmasa.

Yashashdan maqsading boʻlmasa,

Dardingga darmoning vaqtdir!

 

Kimgadir qolgansan bogʻlanib,

Ketishga oshiqib, chogʻlanib.

Uxlay olmasang toʻlgʻonib,

Dardingga darmoning vaqtdir!

 

Eslayman, har nafas olganda.

Oʻylanib, xayolga tolganda.

Yigʻlayman, bir oʻzim qolganda,

Bilarman, darmonim vaqtdir!

Surayyo RAJABOVA, 44-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019