19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 02:59
Jamiyat 👁 178

ZAMONAVIY MISSIONERLARNING MAQSADI

ZAMONAVIY MISSIONERLARNING MAQSADI

Bugungi globallashuv zamonida insonlar orasida boshqa dinni targʻib qilish, inson qalbi va ongini zabt etishga, oʻz dinidan voz kechishga qaratilayotgan missionerlik harakati avj olmoqda. Missionerlik bugun sertarmoq soha hisoblanadi. Hozirda missionerlar kirib bormagan jabha, ular faoliyat yuritmayotgan mamlakat dunyoda topilishi qiyin. Missionerlar alohida eʼtibor qaratayotgan jihatlar qatorida taʼlim, sogʻliqni saqlash va bepul ijtimoiy yordam tizimini koʻrsatish mumkin. Zamonaviy missionerlikka bir qator umumiy hususiyatlar xos. Eng avvalo, koʻpgina zamonaviy missioner tashkilotlari oʻz hukumatlari tomonidan turli shakllarda koʻmak olib turishlarini taʼkidlash zarur. Shuningdek, missionerlar oʻzlari faoliyat yuritmoqchi boʻlgan hudud aholisi diniy eʼtiqodi, ularning ijtimoiy muammolari haqida maʼlumot olishlari uchun oʻz tadqiqot markazlariga ham ega. Missionerlar bugungi kunda hohlagan tilda va adadda oʻz diniy adabiyotlarini chop eta olishlari mumkinligi ham ularning imkoniyatlari naqadar keng ekanini koʻrsatadi. Zamonaviy missionerlar dunyo boʻyicha demokratik qadriyatlar, inson huquqlari ustivor ahamiyat kasb etib borayotganidan ham oʻz maqsadlari yoʻlida ustalik bilan foydalanmoqda. Har mamlakatdagi ijtimoiy iqtisodiy vaziyatdan gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishga harakat qilish zamonaviy missionerlikning eng muhim hususiyati hisoblanadi. Zamonaviy missionerlikni belgilangan maqsadlarning mohiyatidan kelib chiqib, shartli ravishda ikki guruhga boʻlish mumkin. Birinchi guruhga missionerlikni oʻziga xos biznesga, shaxsiy boyish manbaiga aylantirgan tashkilotlarni kiritish mumkin. Bunday tashkilotlar asoschilari eʼtiqod qiluvchilar sonini koʻpaytirish orqali ularning mulki va boyligiga egalik qilish va shu yoʻl bilan oʻzlarining moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash va kengaytirishdek maqsadlarni koʻzlaydilar. Zamonaviy sektalarning mutlaq koʻpchiligini shu guruhga kiritish mumkin. Ikkinchi guruhga missionerlikdan siyosiy qurol sifatida foydalanayotgan tashkilot va uyushmalarni kiritish mumkin. Bunday guruhlar ortida muayyan hududlarga nisbatan oʻzining aniq geosiyosiy rejalariga ega boʻlgan davlatlar va siyosiy kuchlar turishi bugungi kunda hech kimga sir emas.

Zamonaviy xalqaro missiyalar bugungi kunda oʻz faoliyatini: – yangi xalqaro missiyaning maqsad va vazifalarini eʼlon qilib, keng koʻlamdagi tushuntirish ishlarini olib borish; –xalqaro missiya tarkibida maʼlum mamlakatga yuboriladigan koʻngilli nomzodlarni aniqlash; –koʻngilli nomzodlar orasidan boʻlajak xalqaro missionerlarni tanlab olish; –tanlab olingan boʻlajak missionerlarni maxsus maktablarda oʻzlari yuboriladigan mamlakat aholisi, ularning tili, urf-odatlari, faoliyat olib borishning samarali vositalari va usullari boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish; – tayyor boʻlgan missionerni tegishli moliyaviy manbalar va maxsus rejalar bilan taʼminlangan holda belgilangan mamlakatga joʻnatishdek besh bosqichda amalga oshirayotganini alohida qayd etish zarur.

Bu missionerlar oʻzlari koʻzlayotgan maqsadlarga erishadigan boʻlsalar ular faoliyat olib borayotgan mamlakatda ham xalqning parokandalikka yuz tutishi va maʼnaviy tanazzulning kelib chiqarishi mumkinligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Missionerlarning bugungi kundagi faoliyati hech bir mintaqa, hech bir davlat bunday tahdiddan xoli emasligini koʻrsatadi. Bunday holatlarning oldini olish uchun esa uning mohiyatini toʻgʻri va chuqurroq anglash, uni bartaraf etish yoʻlida maqsadli, tizimli va tadrijiy faoliyat olib borish zarur boʻladi. Markaziy Osiyo xalqlari orasida missionerlik hamda oʻz mohiyatiga koʻra uning tarkibiy qismi boʻlgan prozelitizm koʻp uchramoqda. Bugungi kunda missionerlikni xristianlik dinining protestantlik oqimida vujudga kelgan ayrim sekta, diniy tashkilotlar gʻoyalarini “Yevangel xristian baptistlari”, “Iso Masih” prozelitik guruhlari, Buddizmda “Krishnani anglash” diniy tashkiloti xarakatida keng targʻib etilishi faoliyatida koʻrish mumkin.

Yoshlarimiz ongiga taʼsir oʻtkazishga harakat qilayotgan yana bir missionerlik oqimi «Iyegovo shohidlari»dir. Ushbu oqimga Charlz Teyz Rassel (1852-1916) tomonidan asos solingan. Oqimning diniy taʼlimoti uning yetti tomlik «Muqaddas yozuvlarni oʻrganish» kitobiga asoslanadi. Ushbu oqimga yoshlar har qanday davlat madhiyasini ijro etishdan, armiyada xizmat qilishdan va saylovlarda qatnashishdan bosh tortishadi. Iyegovochilarning qon quyishga qarshilik koʻrsatishlari natijasida esa bemorlar halok boʻlgan holatlar uchramoqda. Missionerlik haqida soʻz yuritar ekanmiz avvalo uning taʼrifi haqida gapirmasdan ilojimiz yoʻq. Insonlarning diniy savodxonligi yetarli emasligidan juda unumli foydalanadilar.

Ularning maqsadlari asosan uch nuqtada jamlanadi: 1. Xalqlarni xristianlashtirish. Shu orqali ularni iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy jihatdan Gʻarb davlatlari taʼsiri doirasiga olish. 2. Xalqlarda oʻz diniga shubha uygʻotish, ularni oʻz dinidan chiqarish va dinsiz qoldirish. 3. Azaldan xristian boʻlganlarni oʻz dinlarida mustahkamroq turishga chorlash va ular safini “yangi xristianlar” bilan toʻldirish.

Ular maqsadlari yoʻlida hech qanday vositani ayamaydilar, usul-nayranglari doimo takomillashib boradi. Mana ulardan bir nechtasi: 1. Insoniy yordamlar koʻrsatish. Bunga, albatta, moddiy yordamlar (tibbiyot, oziq-ovqat) va soʻzsiz, “ruhiy” yordamlar kiradi. 2. Jamiyat axloqini buzish (barlar, diskotekalar, tungi klublar tashkil etish va ularda ommaviy axloqsizliklar uyushtirish). 3. Mahalliy xalq tilida oʻsha xalqning urf-odatlarini hisobga olgan holda, sifatli, rangli, rasmli xristian daʼvat kitobchalarini bepul tarqatish. Koʻpincha bu kitoblar Qurʼon oyatlari bilan “bezaladi”. 4. Xristianlikni targʻib qiluvchi gazeta-jurnallar chiqarish. 5. Sport musobaqalari, koʻrgazmalar uyushtirish va qatnashuvchilarga bukletlar va hadyalar ulashish. 6. Musulmon oʻlkalarga turli (masalan hamshira, tarbiyachi) nomlar ostida missioner kadrlar joʻnatish. 7. Ingliz tili, kompyuter oʻrgatish niqobi ostida missionerlik kutubxonalarini, klublarini tashkil etish. 8. Oʻz saflariga qoʻshilganlarni moddiy ragʻbatlantirish, ularni chet ellarga joʻnatish, ularni ish bilan taʼminlash. 9. Oʻz yurtlariga kelgan sayohatchilarni ham nazardan chetda qoldirmaslik va hokazo.

Koʻrib turganingizdek, ularda gʻoya har qanday vositani oqlaydi. Ushbu nayranglar taʼsiri ostida har bir kishida uchta holat kuzatiladi: 1. Targʻib qilinayotgan oʻzga dinni qabul qiladi. 2. Baʼzi hollarda oʻzga dinni ham haq yoʻlda deb oʻylay boshlaydi. 3. Baʼzi hollarda esa oʻz diniga boʻlgan sadoqati yoʻqola boshlaydi.

Bizga nima uchun bu mavzu kerak? Avvalambor, xalqimizni ogohlikka chaqirish, zero “Vatan”, “Millat”, “Din” tushunchalari muqaddas tushunchalardir. Ularga eʼtibrsizlik qilishga hech bir kishining haqqi yoʻq, chunki bularsiz inson oʻzligini yoʻqotadi. Ikkinchidan, har bir inson biror narsa haqida toʻgʻri tasavvurga ega boʻlmogʻi zarur. Biror narsani notoʻgʻri talqin etishga, boʻyab koʻrsatishga hech kimning haqqi yoʻq, chunki bu yolgʻonchilik boʻladi, yolgʻonchi kishi musulmonchilikdan chiqishi haqida hadisi shariflarda taʼkidlangan.

Missionerlik – biror dinga eʼtiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targʻib qilishdir. Missionerlik asosan, xristianlikka xos boʻlib, 4-asrda paydo boʻlgan. Zamonaviy missionerlar oʻz faoliyatlarida yangi-yangi zamonaviy uslublardan foydalanishmoqda. Ular ilk missionerlar foydalana olish imkoniyatiga ega boʻlmagan missionerlar gʻarazli niyatlarini amalga oshirishda ommaviy axborot va aloqa vositalaridan ham keng foydalanmoqda. Missionerlik gʻoyalarini targʻib qiluvchi risola, jurnal va matnlar mahalliy tillarga tarjima qilinib, aholi oʻrtasida tekin tarqatiladi. Sunʼiy yoʻldosh orqali uzatiladigan oʻnlab televideniye, radio, internet orqali keng targʻibot-tashviqot ishlari olib borilishi natijasida dunyoda missionerlik harakatlari yoyilmoqda. Qoʻllaridagi katta mablagʻ ularning oldilaridagi barcha eshiklarni ochib tashlagan. Ular xohlagan hududlariga borish, oʻsha yerda yashash, cherkovlar qurish imkoniyatlariga egalar.

Koʻpgina zamonaviy missioner tashkilotlari oʻz hukumatlari tomonidan ham turli shaklda koʻmaklar olib borishadi. Missionerlar oʻzlari faoliyat yuritmoqchi boʻlgan hudud, uning dini, zaif tomonlari haqida maʼlumot ola bilishlari uchun oʻz tadqiqot markazlariga egalar. Zamonaviy missionerlar oʻzlari xohlagan tilda va oʻzlari xohlagan tirajlarda oʻz diniy adabiyotlarini chop ettirish imkoniyatiga egalar. Missionerlar juda moslashuvchan boʻladilar, ular oʻzlari borgan hududning avvalo qonunlarini yaxshilab oʻrganib chiqadilar va u qonunlarga ngandek oʻzlarini koʻrsatadilar. Rasman roʻyxatdan oʻtib olib, yashirincha oʻz faoliyatlarini olib boradilar. Oxirgi paytlarda mintaqamizda missionerlik va prozelitizm harakatlari jiddiy muammo boʻlib kelayotgan faoliyatlardan biri boʻlib u OAVlarda ham tez-tez aks ettirilib kelinmoqda. Mazkur faoliyat qonuniy taqiqlangan, lekin missionerlik va prozelitik harakatlari kishilarni turli uslub va vositalarda oʻz diniy aqidalarini singdirishga, oʻzgartirishga intilmoqdalar. Uning mohiyatini, ayanchli oqibatini tushunmayotgan ayrim kishilar ushbu harakatlarga aralashib turli oqimlarga kirib ketmoqdalar. Bunday (missionerlik va prozelitizm) oqim va harakatlar domiga bilim saviyasi pastligi, moddiy manfaatga oʻch, maʼnaviy qashshoq va dunyoqarashi tor, oʻzligini anglamagan kishilar tushib qoladilar. Va bu hatti-harakatlari qanday oqibatlarga olib kelishini oʻz vaqtida anglab yetmaydilar. Missionerlar ayniqsa talabalarni missionerlik faoliyatining asosiy obʼekti deb bilishadi. Diniy qarashlari hali yaxshi shakllanmagan gʻoʻr, qiziqqon yoshlarni oʻz qarmoqlariga ilintirib olish juda oson kechadi. Ular bu yoʻlda yoshlarni turli moddiy boyliklar va puch vaʼdalar bilan koʻngillarini olishadi. Bu narsa yurtimiz uchun juda havfli holat xisoblanadi. Missionerlar oʻz faoliyatlari davomida Islom ahkomlarini buzib koʻrsatish, Qurʼon oyatlarini bir-biriga qarama-qarshi qoʻyish, Paygʻambar (sollallohu alayhi vasallam) hadislarini notoʻgʻri talqin qilish kabi usullardan foydalanadi. Afsuski, koʻp yoshlarning eʼtiborsizligi, befarqligi ularning qabih niyatlarini amalga oshirishda qoʻl kelmoqda. Agar ularning faoliyatiga qarshi huquqiy va maʼrifiy chora-tadbirlar oʻz vaqtida koʻrilmasa diniy omil sababli oilalarning ajralib ketishi, kishilarning jamiyatdan ajrab qolishi va buning natijasida ularda insonlarga, boshqa eʼtiqod vakillariga nisbatan nafratning paydo boʻlishiga olib keladi. Misol uchon ahil bir oilada ota-ona yoki biror farzand missionerlarning targʻiboti tufayli oʻz dinidan boshqa bir dinga oʻtsa qolgan oila aʼzolari unga nisbatan qanday munosabatda boʻlishlari mumkin? Farzandi boshqa dinga oʻtib ketganini bilgan ota uni oq qilishi, bordiyu u vafot etsa mahalla koʻy hattoki janozasini ham oʻqimasligi, musulmonlar qabristoniga qoʻyilmasligi, bu inson uchun eng ogʻir musibat emasmi? Yuqoridagilarni teran his etgan holda, aqiyda musaffoligi va elu yurt tinchligi uchun har bir shaxs, ayniqsa din ulamolari, oʻqituvchilarimiz, mahalla faollari bu yoʻlda jonbozlik koʻrsatishlari lozimdir.

Oʻktam Qurbaniyazov, Amudaryo tumani “Noʻgʻoy eshon bobo” jomʼye masjidi imom-xatibi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026