16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:02
Fan va taʼlim 👁 146

Qilichboydagi zamonaviy oʻquv markazi yuzlab yoshlar uchun imkoniyatlar eshiklarini ochmoqda

Qilichboydagi zamonaviy oʻquv markazi yuzlab yoshlar uchun imkoniyatlar eshiklarini ochmoqda

Mamlakatimizda yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va iqtidorlarini yuzaga chiqarish davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishiga aylangan. Bu borada yaratilayotgan keng koʻlamli imkoniyatlar chekka hududlardagi yoshlar hayotida qanday ulkan oʻzgarishlarga sabab boʻlayotganini bugun yaqqol koʻrishimiz mumkin. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu yoʻnalishdagi ishlarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqdi. Mazkur tarixiy qaror asosida Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi” davlat muassasasining tashkil etilishi koʻplab yigit-qizlar uchun oʻz orzularini roʻyobga chiqarishda mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilmoqda.

Aynan ushbu jamgʻarma tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan “Koʻmak” loyihasi nafaqat tadbirkorlikni rivojlantirish, balki chekka qishloq va ovullarda taʼlim sifatini oshirishga xizmat qilayotgan muhim tashabbuslardandir. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi olis hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochish istagida boʻlgan shijoatli yoshlarni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Loyiha doirasida yaratilgan eng katta imkoniyat shundaki, ushbu imtiyozdan foydalanish istagini bildirgan yoshlarga 3-yil muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan 130 million soʻmgacha foizsiz qarz, yaʼni ssuda ajratilishi belgilangan. Bu esa oʻz biznesini boshlash arafasida turgan yosh tadbirkorlar uchun juda katta moliyaviy koʻmak demakdir.

Amudaryo tumanining Qilichboy ovulida istiqomat qiluvchi Sardorbek Imomiddinov faoliyati misolida ushbu qaror bilan yaratilgan imkoniyatlarning amaldagi yorqin ifodasini koʻrishimiz mumkin. Oliy taʼlim muassasasini axborot texnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha muvaffaqiyatli tamomlagan bu yosh mutaxassis Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan Oʻquv markazlari forumida faol ishtirok etdi. Natijada u yuqorida qayd etilgan 130 million soʻmlik ssudani olish imkonini beruvchi maxsus vaucherni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Olingan mablagʻ evaziga u Qilichboy ovulida yoshlarning zamon talablariga mos ravishda bilim olishlari uchun barcha sharoitlarga ega boʻlgan, zamonaviy qiyofadagi chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazini bunyod etdi.

Bugungi kunda mazkur taʼlim maskani hududdagi yoshlarning eng gavjum va sevimli joyiga aylanib ulgurdi. Markazda ayni paytda Qilichboy ovuli va unga yondosh hududlar yoshlari haftasiga 7 kun mobaynida, 2 smenada bilim olmoqda.

Ushbu oʻquv markazining ochilishi qishloq yoshlari va ularning ota-onalari uchun gʻoyatda katta qulaylik yaratdi. Ilgarilari chet tillarini oʻrganish istagida boʻlgan oʻquvchilar boshqa hududlarga, tuman markazlariga qatnab oʻqishga majbur edilar. Bu esa, oʻz navbatida, yoʻlkira uchun qoʻshimcha xarajatlarni talab qilar, eng muhimi, yoshlarning koʻp vaqti yoʻllarda zoye ketar edi. Endilikda esa ular oʻz uylariga yaqin joyda, xavfsiz va qulay sharoitda, ortiqcha sarf-xarajatlarsiz sifatli taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Oʻquv markazining oʻz faoliyatini boshlaganiga endigina 6 oy boʻlganiga qaramay, erishilayotgan dastlabki amaliy natijalar tahsinga sazovor. Yaqindagina markazda tahsil olayotgan 22 nafar iqtidorli yoshlar chet tillari va turli fanlarni bilish darajasi boʻyicha nufuzli sertifikatlarni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi. Chekka hududlarda bunday xayrli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashda tuman hokimligining ham oʻrni beqiyos boʻlmoqda. Xususan, tuman hokimi Sobir Xojametov tashabbusi bilan ushbu yangi oʻquv markazining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash va yoshlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida 5 ta eng soʻnggi rusumdagi zamonaviy kompyuter jamlanmasi olib berildi. Shu bilan birgalikda, markaz qoshida boy maʼnaviy xazinaga ega boʻlgan yangi kutubxona tashkil etish uchun 500 dan ortiq turli xil kitoblar taqdim etildi.

Globallashuv va axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi asrda yoshlarning chet tillarini mukammal bilishi hamda kompyuter savodxonligiga ega boʻlishi nafaqat shaxsiy kamolot, balki butun mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, xorijiy tillarni yaxshi bilish qishloq yoshlari uchun nufuzli oliygohlarda taʼlim olish va xalqaro dasturlarda ishtirok etish eshiklarini ochadi. Qilichboy ovulida yaratilgan bunday sharoitlar esa yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish bilan birga, kelajakda oʻz oʻrnini topa oladigan barkamol avlod boʻlib voyaga yetishida mustahkam koʻprik vazifasini oʻtaydi. Tadbirkorlik, intilish va davlat koʻmagining bunday uygʻunligi natijasida hududlarda nafaqat taʼlim infratuzilmasi yaxshilanmoqda, balki aholining kayfiyati va kelajakka boʻlgan ishonchi ham yuksalib bormoqda.

Bugungi kunda markazning zamonaviy kompyuter xonasida yoshlar dasturlash ilmlarini va axborot texnologiyalarini bepul oʻrganishmoqda. Markaz qoshida tashkil etilgan yangi kutubxona esa nafaqat oʻquvchi yoshlar, balki butun Qilichboy ovuli aholisi uchun doimiy ravishda ochiq boʻlib, barcha bemalol kelib, kitob mutolaa qilishlari uchun imkoniyat yaratilgan. Eng quvonarlisi shundaki, oliy taʼlim muassasasida tahsil olgan Sardorbek Imomaddinov oʻzining dasturlash va kompyuter texnologiyalari boʻyicha egallagan bilimlarini hamqishloqlari bilan chin dildan baham koʻrmoqda. U yoshlar uchun kompyuter savodxonligi darslarini bepul tashkil etib, ularni kelajakning eng talabgir kasblariga tayyorlashga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda, davlatimiz tomonidan berilgan va toʻgʻri yoʻnaltirilgan moliyaviy resurslar Sardorbek singari koʻplab yosh mutaxassislarning fidoyiligi sababli minglab yoshlar hayotida yangi sahifa ochmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019