16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:17
Iqtisodiyot 👁 306

“MAHALLADA KAMBAGʻAL OILALAR SONINI KAMAYTIRISh” LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

“MAHALLADA KAMBAGʻAL OILALAR SONINI KAMAYTIRISh” LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

16-aprel kuni Oʻzbekiston Xalq demokatik partiyasi Markaziy Kengashi, Partiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasi va Qoraqalpogʻiston Respublika Kengashi bilan hamkorlikda “Mahallada kambagʻal oilalar sonini kamaytirish” loyihasi doirasida amaliy tadbir oʻtkazildi. Tafsilotlar dastlabki lavhamizda.

Mamlakatimizda aholi muammolarini hal etish, yangi ish oʻrinlari yaratish, kambagʻallikni qisqartirishda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” joriy etilgani ijobiy natijalar bermoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokatik partiyasi fraktsiyasi aʼzolari joylarda aholi bilan ishlashning “mahallabay”, “fuqarobay” tizimi hamda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni bevosita oʻrganmoqda.

Bu borada Amudaryo tumanida ham tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu daftarlarga kiritilgan fuqarolarning muammolarini oʻrganish, ularga amaliy yordam koʻrsatishga Xalq demokratik partiyasi deputatlari ham hissa qoʻshishmoqda. Ularning bevosita koʻmagi bilan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar, “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan yoshlar  ish bilan taʼminlanib, muammolari hal etilmoqda.

Amudaryo tumaniga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokatik partiyasi fraktsiyasi aʼzolari Dilbar Mamadjanova, Qizilgul Qosimova, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidagi Oʻzbekiston Xalq demokatik partiyasi fraktsiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov va boshqalar tashrif buyurib, aholi bilan ishlashda “Mahallabay” va “fuqarobay” shakldagi ishlarni tashkil qilish boʻyicha mazkur partiyadan saylangan barcha darajadagi deputatlarning amaliy faoliyati bilan tanishib chiqdilar.

Masʼullar tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirlik va idoralar, tuman boʻlimlari rahbarlari, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi partiya guruhi aʼzolari, partiya xodimlari hamrohligida dastlab Doʻrman ovuliga tashrif buyurdilar. Ovuldagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning istak va maqsadlari bilan tanishdilar. Roʻyxatdagi ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida hududda 5 yarim gektar yer 24 nafar yoshga 24 sotixdan boʻlib berilgan boʻlib, masʼullar ushbu yerlardan foydalanish holatini oʻrganib chiqdilar. Ekin maydonlarida ayni paytda dehqonchilik bilan shugʻullanayotgan yoshlarning rejalari bilan qiziqib, ularga zarur tavsiya va maslahatlar berdilar.

Shundan soʻng, masʼullar tumandagi 2-sonli kasb-hunar maktabidagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasbga oʻrgatish markaziga tashrif buyurib, muassasada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Markazda kasb oʻrganayotgan yoshlar, ularga taʼlim berayotgan ustozlar bilan boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida taʼlim sohasida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilayotgani, sohadagi islohotlarning samaradorligi koʻp jihatdan oʻqituvchi-pedagoglarga bogʻliqligi taʼkidlandi.

Tadbir doirasida uyma-uy yurib fuqarolarga manzilli yordam koʻrsatish, ularning qiynab kelayotgan muammolarini oʻrganish maqsadida masʼullar aholi xonadonlariga tashrif buyurdilar. “Ayollar daftari”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar – Boy ovul mahallasida yashovchi  Bozorgul Chinniyeva, Chordara mahallasidagi Komila Aminboyevalarning holidan xabar olinib, ularga zarur yordamlar koʻrsatildi. Shuningdek, nogironligi boʻlgan Bozorgul Chinniyeva hamda bolalikdan nogiron Komila Aminboyevaga maxsus aravachalar topshirildi. Ularga partiya ramzi tushirilgan sovgʻalar ham berildi.

Shuningdek, masʼullar Yangiobod mahallasida yashovchi “Temir daftar” va “Ayollar daftari”da roʻyxatda turgan kam taʼminlangan fuqarolar Anorgul Eshniyazova, Saltanat Oʻrozbayeva, Feruza Rahimovalar xonadonlariga ham tashrif buyurib, xonadon egalari bilan muloqot qildilar.  Ushbu ayollarga partiya sovgʻalarini topshirdilar.

Tashrif tumandagi Xotira maydonida davom ettirildi. Tadbir ishtirokchilari Xotira maydonida Vatan ozodligi uchun qurbon boʻlgan ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Tadbir doirasida Tosh yop ovulidagi davlat-xususiy sherikchilik shaklidagi “Zebo Qilichboy” maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurilib, muassasada bolajonlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Shundan soʻng, tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli poliklinikada tibbiy muassasaning moddiy-texnik bazasi, kasalliklarni erta aniqlash, toʻgʻri tashxislash va davolash uslublari bilan tanishildi. Bemorlarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish hamda muassasa xodimlariga, ayni paytda amalga oshirilayotgan vaktsinatsiya jarayonlari, emlanish uchun kelgan fuqarolarga yaratilgan sharoitlar oʻrganildi. 

Muassasa xodimlari bilan boʻlgan suhbatda aholi salomatligini saqlash, tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy etish, tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini taʼminlash borasidagi tizimli ishlar toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Masʼullar tomonidan kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha tumanda amalga oshirilgan ishlar oʻrganilib, mahalliy deputatlarga samaradorlikni yanada oshirish boʻyicha maslahat va tavsiyalar berildi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan oʻtkazilgan muloqotlarda koʻtarilgan masalalarni hal etish boʻyicha ham tegishli vazifalar topshirildi.

 Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019