16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:52
Siyosat 👁 193

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokurori amudaryolik yosh tadbirkorlar bilan uchrashdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokurori amudaryolik yosh tadbirkorlar bilan uchrashdi

Mavzuga oid fotogalereya

Soʻnggi yillarda davlat idoralari bilan xalq oʻrtasidagi byurokratik toʻsiqlarga barham berilib, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tortib mamlakat miqyosidagi boshqaruv va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarning xalq bilan oshkora va samimiy muloqotlari tashkil etilayotgani yillar davomida yigʻilib qolgan koʻpdan-koʻp muammolarning ijobiy yechim topishiga imkon yaratmoqda. Bu borada prokuratura organlari tomonidan oʻtkazilayotgan sayyor uchrashuv va sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etayotir. Chunki prokuratura organlari tomonidan bu kabi tadbirlar oʻtkazish orqali aholining turli qatlamlari, ayniqsa, tadbirkorlar va yoshlar bilan bevosita va ochiq muloqotni taʼminlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish yuzasidan aniq va manzilli choralar koʻrilmoqda.

Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori Farhod Allamberganov tomonidan Respublikamiz tumanlarida yoshlar va tadbirkorlar bilan muntazam ravishda sayyor uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Prokuror bilan boʻlib oʻtayotgan uchrashuvlarda samimiy va oshkora, dildan suhbat muhiti yaratilib, har bir murojaatchining shikoyat va arizasi batafsil oʻrganilib, zarur chora-tadbirlar bilgilanmoqda hamda ularga huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berilayotganidan aholi mamnun boʻlmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokurori Farhod Allamberganov ishtirokidagi sayyor uchrashuv joriy yilning 20-aprel sanasida Beruniy hamda Amudaryo tumanlarida ham oʻtkazildi.

Tuman hokimligi binosida boʻlib oʻtgan mazkur sayyor uchrashuvida bir guruh amudaryolik yoshlar, tadbirkorlar, shuningdek tumandagi idora va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sayyor uchrashuv jarayonida kelib tushgan ogʻzaki va yozma murojaatlar shu yerning oʻzida batafsil oʻrganib chiqildi va 15 ta murojaat ijobiy hal etildi. Shuningdek, 16 ta murojaat yuzasidan zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, 21 ta murojaat boʻyicha tegishli tashkilotlarga qonuniy hal etish zarur topshiriq va koʻrsatmalar berilib, mazkur murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Bunday sayyor uchrashuvlarni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad - yoshlar hayotiga oid muammolarni aniqlash va bu muammolarni atroflicha, joyiga chiqib oʻrganish orqali ijobiy yechimini taʼminlash, oʻz vaqtida ularga koʻmak berish, ayniqsa, yoshlarni tadbirkorlikka yoʻnaltirish, qiziqishlarini ragʻbatlantirish hamda  tadbirkorlik sohasiga keng jalb qilish barobarida mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligini yanada rivojlantirishga koʻmaklashishdan iborat.

Boʻlib oʻtgan sayyor uchrashuvda Qoraqalpogʻiston respublikasi prokurori Farhod Allamberganov va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi  mudiri Rinat Aytmuradovlar yosh tadbirkorlar tomonidan tushgan qonunchilikka oid savollarga ham javob berdi.

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019