16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:54
Siyosat 👁 167

OʻZBEKISTON “ADOLAT” SDP AMUDARYo TUMAN KENGAShINING IV PLENUMI BOʻLIB OʻTDI

OʻZBEKISTON “ADOLAT” SDP AMUDARYo TUMAN KENGAShINING IV PLENUMI BOʻLIB OʻTDI

Shu yilning 19-may kuni tuman hokimligi majlislar xonasida Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi tuman Kengashining IV plenumi boʻlib oʻtdi.

Plenumda Oʻzbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpogʻiston Respublika Kengashi raisi oʻrinbosari R.Oʻtarboyev, partiyaning tuman Kengashi aʼzolari, partiyadan saylangan deputatlar va faollar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Plenumda “Oʻzbekiston “Adolat”  SDP Amudaryo tuman Kengashining 2020-yilgi  faoliyati yakunlari va 2021-yilga moʻljallangan ustuvor vazifalari” toʻgʻrisidagi va tashkiliy masala muhokama etildi.

Tadbirni partiya tuman Kengash raisi Mansur Oʻrozboyev ochdi va olib bordi. Kun tartibidagi ilk masala yuzasidan qilgan maʼruzasida taʼkidlashicha, Oʻzbekiston “Adolat” SDP Amudaryo tuman Kengashi oʻtgan 2020-yilda oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qonunchilik palatasi va Senati yigʻilishlarida hamda 26-yanvardagi Murojaatnomasi, partiyaning 2020-2024-yillarga moʻljallangan Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan Yoʻl xaritasiga muvofiq olib bordi.

Hisobot davrida mafkuraviy va dasturiy vazifalarni amalga oshirishga karatilgan 10ga yaqin partiya loyihalarni hayotga tatbiq etish choralari koʻrildi.

Jumladan, partiyaning “Muammo bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasida barcha darajadagi deputatlik korpuslari va partiya faollari har haftaning chorshanba kunlari muntazam ravishda mahallalarda xalq bilan yuzma-yuz muloqotlar oʻrnatishdi.

Oʻtgan 2020-yil davomida ishchi guruhlar tomonidan Amudaryo tumani boʻyicha jami 32 ta mahallarda xalq bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkil qilindi. Unda 153 ta xonadon va 19 ta xoʻjalik yurituvchi subʼektga tashrif buyurildi. Aholi tomonidan kelib tushgan 18 ta murojaatlar yuzasidan 13 ta deputatlik soʻrovlari yuborilib, 10 tasi ijobiy yechimini topdi, 3 ta murojaatlar huquqiy maslahatlar berish orqali hal etildi.

Shuningdek, davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida partiyaning “Adolat” siyosiy-huquqiy oʻquvlari kuni” loyihasi doirasida har haftaning seshanba kunlari har bir mahallalarda aholini keng jalb qilgan holda siyosiy-huquqiy oʻquvlar tashkil etildi. Ularda 235 nafar tinglovchi qamrab olindi.

Partiyaning “Bir oyda bir ishi oʻrni” loyihasi doirasida 8 nafar fuqarolar ish bilan taʼminlandi. Shundan 6 nafarini yoshlar, 2 nafarini ayollar tashkil etadi.

Partiya deputatlari va faollarining aholi bilan muloqotini yanada jadallashtirish, joylarda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, sogʻliqni saqlash, taʼlim sohalaridagi islohotlarga toʻsiq boʻlib kelayotgan muammolarni oʻrganib, ularning yechimini topish masalalari partiyaning barcha tuzilmalari eʼtibori markazida boʻlishi zarurligiga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, plenumda tashkiliy masala ham koʻrildi. Oʻzbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashi raisligiga Oʻktamboy Yoʻldoshevni saylash toʻgʻrisida va partiya tuman Kengashi faoliyatining yanada samarali boʻlishiga xizmat qiluvchi qarorlar qabul qilindi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019