19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 01:37
Jamiyat 👁 287

“AYoLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN AYoLLAR TURMUShI OʻRGANILDI

“AYoLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN AYoLLAR TURMUShI OʻRGANILDI

Mamlakatimizda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev rahbarligida barcha fuqarolar uchun obod va farovon turmush tarzi  shakllantirish, aholining oʻz hayotidan rozi boʻlib yashashiga  erishish uchun uzluksiz saʼy-harakatlar olib borilayapti. Shu maqsadda mahallalar kesimida ishsiz ayollar va yoshlar roʻyxatlari shakllantirilib, ularning har biri bilan yangicha tizim asosida manzilli ishlash uchun “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tashkil etildi.

2020-yilning oktyabr-dekabr oylarida tumanimizda “Ayollar daftari”ni shakllantirish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyasiga koʻra 40082 nafar xotin-qizlar bilan muloqot oʻtkazildi va yakuniga koʻra, 1932 nafar ayollar mazkur daftarga kiritildi. Shularning 1364 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj, 173 nafari boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand, 74 nafari 1 va 11 guruh nogironligi boʻlgan ayollar, 13 nafari esa uy-joyi taʼmirlashga muhtoj 1 guruh nogironligi boʻlgan, 19 nafari qaramogʻida 1 va 2 guruh nogironligi boʻlgan farzandlari bor ayollar, 92 nafari tibbiy himoyaga, 12 nafari huquqiy yordam olishga, 75 nafari esa psixologik maslahatga muhtoj ayollar ekanligi belgilab olingan edi.

Oʻtgan davr  mobaynida imtiyozli foizlarda ularning 201 nafariga kreditlar berilib, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishiga koʻmaklashildi, hunar oʻrganib ishlash istagini bildirgan ayollar kasb-hunarga oʻqitilib, tikuv mashinalari berildi. Shuningdek, oilasi tomorqasida ishlab, oilasiga daromad keltirish istagidagi 55 nafar ayollar qoʻllab-quvvatlanib, zarur yordamlar berildi. Boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand 173 nafar ayollarga moddiy yordamlar berildi, 5 nafariga goʻzallik saloni tashkil etish uchun jihozlar berildi.

Shu yilning 19-mayida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari Maryam Ahmedova rahbarligida maʼsul tashkilotlar, vazirliklar vakillaridan tuzilgan ishchi guruh aʼzolari tumanimizda boʻlib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan  ayol-qizlarga moddiy, tibbiy, psixologik va maʼnaviy yordam koʻrsatishning ahvoli bilan tanishdilar.

Masʼullar  tumanimiz hududlarida boʻlib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 73 nafar ayollar xonadonlarida boʻlib, ularning yashash sharoitlari, turmush tarzi, muammolari bilan tanishdi.

Boʻzyop ovuli hududidagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari Maryam Ahmedova ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 20 tadan tovuq tarqatdi.

Kun davomida uyma-uy yurib, aholi turmushi bilan tanishgan masʼullar tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga yigʻildilar va boʻlim xodimlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari ishtirokida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni muhokama etdilar.

Shunisi eʼtiborliki, shu kungacha roʻyxatga olingan 1832 nafar xotin-qizlardan 370 nafarining ish bilan bandligi taʼminlanib, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etib, doimiy daromad topishga erishayotgani, turmushi yaxshilangani tufayli xalq deputatlari tuman Kengashi qaroriga muvofiq ehtiyojmandlar daftaridan chiqarilgan. Shuningdek koʻrsatilgan yordamlar tufayli sogʻligʻi tiklangan, dunyoqarashi sogʻlomlashgan ayollar ham bor.

Yigʻilishda ijtimoiy, maʼnaviy moddiy yordamga muhtoj ayollarga yordam koʻrsatish, qoʻllab-quvvatlashda erishilayotgan yutuqlar qatorida ayrim kamchiliklarga ham yoʻl qoʻyilayotganligi taʼkidlab oʻtildi hamda bartaraf etish yuzasidan yoʻl-yoʻriqlar berildi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026