16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:50
Siyosat 👁 192

Saylov jarayoniga munosib tayyorgarlik koʻrilmoqda

Saylov jarayoniga munosib tayyorgarlik koʻrilmoqda

Joriy yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida muhim siyosiy voqea – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtadi. Saylov jarayoni koʻp bosqichli tashkiliy tayyorgarlikni talab qilganligi bois ushbu jarayonni qonuniylik, adolatlilik, xolislik printsiplari asosida tashkil etish va oʻtkazishda saylov komissiyalari zimmasiga katta masʼuliyat yuklanadi.

Mamlakatimizda mazkur siyosiy jarayonga munosib tayyorgarlik koʻrish maqsadida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu xususdan butun yurtimiz boʻylab boshlangan saylov komissiyalari aʼzolari va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilarining malaka va koʻnikmasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar tumanimizda ham izchil davom etmoqda. Ana shunday oʻquv mashgʻulotlari 7-iyun sanasida tumanimizdagi 82-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtdi. Qayd etish kerakki, joriy yil 7-18-iyun kunlari davomida Amudaryo tumanida uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarning malakasini oshirish boʻyicha tashkil etiladigan seminar-treninglarni oʻtkazish yuzasidan barcha tashkiliy ishlar olib borilmoqda. Uchastka saylov komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari va kotibi lavozimiga nomzodlar 11 ta guruhga boʻlingan xolda seminar-treninglarda ishtirok etmoqdalar. Jami 191 nafar uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar uchun har bir guruh 16 akademik soat, yaʼni toʻliq 2 kunlik mashgʻulotlar tumandagi mazkur 82-sonli maktabda oʻtkazilishi belgilangan.

Tumanimizda tashkil etilayotgan oʻquv-mashgʻulotlarini tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Jamshid Bekimbetov, tuman prokurori oʻrinbosari Raxman Sankibayev, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻi Rustem Baltaniyazov, Qoraqalpoq davlat universiteti katta oʻqituvchisi Gulnaz Berdimuratovalar murabbiy sifatida olib bormoqdalar.

Seminar-treninglarni oʻtkazishdan asosiy maqsad – saylov jarayonining asosiy tashkilotchilari boʻlgan saylov komissiyasi raisi va aʼzoligiga nomzodlar  malakasini oshirish, ularga uslubiy koʻmaklashish va saylov qonunchiligi va jarayoni boʻyicha bilim hamda koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan. Shu maqsadda boshlanayotgan mashgʻulotlarda sektorlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etdilar.

Mazkur oʻquvlar tuman markazida joylashgan namunaviy saylov uchastkalarida interaktiv usullarda tashkil etilmoqda hamda ishtirokchilar olgan bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.

Shu bilan birga aholining keng qatlami va mutaxassislar foydalanishlari mumkin boʻlgan “Saylov – 2021” mobil ilovasini yaratish ustida samarali ishlar olib borilib, mazkur ilovada ham maʼruza matnlari, taqdimotlar, infografikalar, tegishli qonunchilik hujjatlari, bilimni mustahkamlashga oid topshiriqlar, videoroliklar kabi oʻquv materiallar joylashtirilmoqda. Ushbu maʼlumotlar onlayn rejimda yangilanib boriladi hamda ilovaning ishga tushirilishi saylov jarayoni ishtirokchilari boʻlgan barcha aholi qatlamlarining saylovga oid bilimlarini mustahkamlashga koʻmaklashadi.

Seminarda saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish va ularning ishini tashkil etish mexanizmlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda hamda oʻquv jarayonlari monitoring qilinib,  tinglovchilarning bilimi muntazam baholab borilmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019