16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:42
Qishloq xoʻjaligi 👁 262

Tomchilatib sugʻorish texnologiyasiga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi

Tomchilatib sugʻorish texnologiyasiga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi

Mamlakatimizda aholi sonining tobora oshib borayotgani sababli insonlarning oziq-ovqatga boʻlgan ortib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun dehqonchilikni yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Dehqonchilik sohasida eng muhim vazifa bu ekinlarga keraklicha suv yetkazib berishdir. Soʻnggi yillarda butun dunyo aholisini qiynab kelayotgan suv tanqisligi muammosini yumshatish maqsadida mavjud suv zahiralarini tejash muhim ahamiyatga ega.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini nobud qilmasdan yetishtirish, ularni kerakli suv bilan taʼminlash, suv zahiralarini tejash maqsadida ekinlarni tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish yaxshi samara bermoqda.

Joriy yilning 19-iyun sanasida tumanimizdagi “Rajapov Omonboy” fermer xoʻjaligida tomchilatib sugʻorish boʻyicha seminar oʻtkazildi. Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi mutaxassisi Abu Qidirbayev, tuman xokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Fayzulla Saʼdullayev, “Asl qishloq taraqqiyot" masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori Jasur Yunusov, tuman Irrigatsiya boʻlimi boshligʻi Jamol Rajapov, tuman Suv isteʼmolchilari uyushmasi rahbari Erkaboy Oʻrazboyev hamda tumandagi fermer hoʻjaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.

Aytish kerakki, bugungi kunda tumanimizda qishloq xoʻjaligi ekinlarini tomchilatib sugʻorish yuzasidan tizimli ishlar qilinmoqda. Joriy yilda tumandagi jami 3800 gektar ekin maydonida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish belgilangan boʻlib, shundan 3730 gektar yer tomchilatib sugʻorish, 30 gektar maydon yomgʻirlatib sugʻorish, 40 gektar yer esa diskret sugʻorish texnologiyasi orqali sugʻorish rejalashtirilgan.

Shu kunga qadar jami 169 ta fermer xoʻjaligi va 1 ta klaster tashkiloti tomonidan 2815 gektar ekin maydonida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha pudratchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilgan.

Shuningdek, paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha 145 ta fermer xoʻjaligi tomonidan 2581,4 gektar, 1 ta klaster tashkiloti tomonidan 34,5 gektar maydonda, mevali bogʻ va boshqa ekin maydonlarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha 19 ta fermer xoʻjaligi tomonidan 130 gektar maydonda pudratchi tashkilotlar bilan shartnomalar qilingan.

Seminarda yigʻilganlarga tomchilatib sugʻorish texnologiyasining afzalliklari, texnologiyadan foydalanishning oʻziga xos jihatlari xususida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Taʼkidlanganidek, tomchilatib sugʻorish texnologiyasining anʼanaviy sugʻorishdan qator afzalliklari mavjud. Xususan, tomchilatib sugʻorishda ekinlarning faqat ildiz tizimi namladi. Bunday holda, suv oʻsimlik tomonidan kerakli miqdorda va tez soʻriladi hamda uning oʻsishi va rivojlanishiga zarar yetkazmaydi. Anʼanaviy sugʻorish bilan solishtirganda, tomchilardan foydalanganda, tuproqning tabiiy tuzilishi buzilmaydi. Kuchli quyosh nurlari bilan oʻsimliklar nobud boʻlmaydi, bu barglarga tomchilar tushganda kuzatiladi. Avtomatlashtirilgan tomchilatib sugʻorish tizimi bilan sugʻorish insonning minimal aralashuvi bilan amalga oshiriladi. Suv tuproqqa faqat ildiz tizimi yotadigan joylarda kiradi, u har bir oʻsimlik uchun bir tekis va doimiy ravishda zarur boʻlgan miqdorda yetkazib beriladi.

Seminar ishtirokchilari tomchilatib sugʻorish texnologiyasi boʻyicha mutaxassislarga savollar bilan murojaat qildilar va tegishli javoblar oldilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019