16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:44
Qishloq xoʻjaligi 👁 258

TAKRORIY EKINLARNI EKISh IShLARI YaKUNLANDI

TAKRORIY EKINLARNI EKISh IShLARI YaKUNLANDI

Bugungi kunda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash dunyo mamlakatlari uchun eng dolzarb masalaga aylangan. Aholi sonining oʻsib borishi, qishloq xoʻjaligida foydalanilayotgan yer va suv resurslarining cheklanganligi, ayniqsa, oʻtgan yildan beri hukm surayotgan pandemiya, tabiatdagi oʻzgarishlar vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda. Shu bois yurtimizda mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda, kuzgi boshoqli don ekinlari yigʻishtirib olinganidan soʻng, takroriy ekin parvarishlashga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan shu yil 8-iyun kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlarga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham mazkur yilda gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroriy ekinlar eksportbop va ichki bozor talablaridan kelib chiqib  joylashtiriladi. Shunga muvofiq tumanda aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida 2021-yil hosili uchun ekilgan gʻalla maydonlaridan boʻshagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish rejalashtirildi.

Doʻrman ovuli hududidagi fermer xoʻjaliklarida ham 217 gektar yer maydoniga gʻalla ekilgan boʻlib, boʻshab qolgan yerning 170,4 gektari takroriy ekin ekish uchun ajratib berildi. Ushbu yer maydonlari shu hudud aholisidan 568 nafariga boʻlib berilib, bandligi taʼminlandi. Hozirgi kunda ajratib berilgan yerlar qayta shudgor qilinib, egatlar tortildi. Tayyor boʻlgan yerlarga sabzavotlardan karam, lavlagi, sabzi hamda moyli, dukkakli, chorva uchun ozuqabop ekinlar ekib chiqildi. Ovul hududidagi “Pirnazarov Toʻraboy” hamda “Rahimberdiyev Shuhrat” fermer xoʻjaliklarida ham takroriy ekin ekishga ajratilgan yer maydonlariga sabzavotlar ekilib, parvarishlash ishlari boshlab yuborildi.

Taʼkidlash joizki, tumanda gʻalladan boʻshagan yerlarning 3300 gektariga takroriy ekin ekish rejaga kiritildi. Shundan 258 gektarga sabzavot ekinlari  ekilishi koʻzda tutilgan boʻlib, 208 gektar yerga sabzi, 15 gektarga sholgʻom, 15 gektarga turp,  10 gektarga bosh karam, 10 gektarga osh lavlagi ekildi. Undan tashqari, 35 gektarga kartoshka, 337 gektarga dukkakli ekin mosh ham ekib boʻlindi. Shuningdek, 755 gektarga moyli ekinlar ekish rejalashtirilgan edi. Shunga koʻra 240 gektarga kungaboqar, 515 gektarga kunjut urugʻi qadaldi.

Rejaga koʻra 736 gektarga yerga ozuqa ekinlari ham ekilib, makkajoʻxori don uchun 44 gektar, makkajoʻxori silos uchun  515 gektar yer ajratildi. Shuningdek, gʻalladan boʻshagan yerlarning 1135 gektariga sholi ham ekildi.

Takroriy ekinlarni ekish va mahsulot yetishtirish uchun  talab etiladigan urugʻlik, mineral oʻgʻit, yoqilgʻi moylash materiallari va kredit mablagʻlari uchun jami 16 mln. 851 mln. soʻmlik pul mablagʻlari ajratildi. Shundan 2 mlrd.65 mln. soʻm texnikalar servis xizmatlari uchun, 6 mlrd.239 mln. soʻm 808 tonna mineral oʻgʻit uchun, 3 mlrd. 437 mln. soʻm 458 tonna azot uchun, 2 mlrd. 505 mln. soʻm 251 tonna fosfor uchun, 317 mln. soʻm 99 tonna kaliy uchun, 1 mlrd. 808 mln. soʻm 321 tonna urugʻlik uchun, 3 mlrd. 74 mln. soʻm 427 tonna yoqilgʻi moylash materiallari uchun ishlatildi. Ish haqi uchun esa 3 mlrd. 665 mln. pul mablagʻlari sarf etildi.

Tumanda takroriy ekin ekish ishlari 6-iyulga qadar amalga oshirilib yakunlandi. Ushbu chora-tadbirlar mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholiga kuz-qish mavsumlarida roʻzgʻorga kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini uzluksiz hamda arzon narxlarda yetkazib berish, eksportni koʻpaytirish orqali dehqon va fermerlarning moddiy manfaatdorligini oshirishga xizmat qiladi.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019