16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:08
Sport 👁 265

QOʻRIQLASh XIZMATI XODIMLARI OʻRTASIDA SPORT MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

QOʻRIQLASh XIZMATI XODIMLARI OʻRTASIDA SPORT MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

12-iyul kuni Amudaryo tumani Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida tuman Qoʻriqlash boʻlimi shaxsiy tarkib xodimlari orasida sport musobaqasi tashkil etildi.

Sport – sogʻlom turmush, sogʻlik garovi hisoblanadi. Qaysi sohada xizmat qilishdan qatʼiy nazar sport bilan shugʻullanish inson salomatligi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli Prezidentimizning bu boradagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida aholini sport bilan shugʻullanishga keng jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

12-iyul kuni tuman Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida Amudaryo tumanidagi Qoʻriqlash boʻlimi shaxsiy tarkib xodimlari orasida sport turlarini keng targʻib qilish, xodimlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, ular oʻrtasidagi doʻstlik tuygʻularini mustahkamlash maqsadida sport musobaqasi tashkil etildi. Ushbu musobaqada xodimlar sportning koʻp kurash, yaʼni turnikda tortinish, yotgan holda tayanib qoʻllarni bukib-yozish, 100 va 400 metr masofaga yugurish turlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar.

Musobaqa boshlanishida mamlakatimizda sport sohasiga nafaqat mamlakatni dunyoga tanitish balki xalqimizning sogʻligʻini mustahkamlash, sogʻlom avlodni tarbiyalashning asosiy mezoni sifatida katta eʼtibor berilayotgani xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, sport bilan doimiy shugʻullanish orqali insonda shaxs belgilari, tashabbuskorlik, kurashchanlik, chidamlilik sifatlari rivojlanib borishi, sport oʻyinlarini tomosha qilish jarayonida esa jamiyat qadriyatlari shaxs qadriyatlariga aylanib borishi taʼkidlandi. Shundan soʻng, sportning har bir turida muayyan qoidalar mavjud boʻlishi, ularga mos ravishda sportchilar harakatlanishi, sport kurashi olib borilishi, harakatga baho berilishi, natija va gʻolib aniqlanishi yana bir bor batafsil tushuntirildi va mazkur musobaqa ishtirokchilariga omad tilab, boshlashga start berildi.

Ishtirokchilar musobaqa boshlanishida barcha shartlar bilan tanishtirilganidan soʻng, bellashuvga kirishdilar. Oʻz mahoratini, chaqqonligini, abjirligini, tirishqoqligini namoyish etib, biri-biridan qolishmagan kasbdoshlar gʻoliblikka ega boʻlishga astoydil harakat qildilar. Qizgʻin oʻtgan musobaqa jarayonlari hakamlar hayʼati tomonidan odilona baholab borildi.

Musobaqaning 100 metrga yugurish sharti boʻyicha chaqqonlik qilib, belgilangan muddatdan oldin marraga yetib kelgan Qoʻriqlash xizmati qorovuli Davronbek Erkaboyev 1-oʻrin gʻolibi boʻldi. Ushbu shart boʻyicha safdor Dilmurod Xoʻjakov 2-oʻrin, safdor Muzaffar Yaxshimurodov 3-oʻrin gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, 400 metrga yugurish sharti boʻyicha kuch sinashishlar davomida 1-oʻrinni xizmat xodimi Islombek Murodboyev, 2-oʻrinni Otabek Xudoyberganov, 3-oʻrinni Oybek Rahimov egalladi.

Turnikda tortinish sharti boʻyicha Ruslanbek Jumaniyozov 1-oʻrin, Ahmad Ismoilov 2-oʻrin, Otabek Sultonov 3-oʻrin gʻolibi deb topildi. Eng soʻnggi yotgan holda tayanib, qoʻllarni bukib-yozish shartini bajarish davomida 1-oʻringa Doniyor Matyoqubov, 2-oʻringa Jamol Aybusinov, 3-oʻringa Ravshanbek Saparboyev munosib koʻrildi. 

Qoʻriqlash xizmati shaxsiy tarkib xodimlarining jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularning kundalik turmushiga jismoniy tarbiya va sportni keng tadbiq etish maqsad qilingan ushbu musobaqa yakunida gʻoliblar sovgʻalar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.  Soha xodimlari oʻrtasida oʻtkazilayotgan bu kabi sport musobaqalari kelgusida, albatta, oʻzining ijobiy natijasini koʻrsatadi.

Elyor Yusupov, tuman Qoʻriqlash boʻlimi guruh komandiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019