16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:53
Iqtisodiyot 👁 257

Amudaryo tumanidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi samarali faoliyat yuritmoqda

Amudaryo tumanidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi samarali faoliyat yuritmoqda

Soʻngi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilib, tadbirkorlar uchun koʻplab imkoniyatlar yaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga binoan tumanimizda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tashkil etilib, tadbirkorlik subʼektlarining murojaatlarini qabul qilish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni koʻrib chiqish va mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning shu davriga qadar Amudaryo tumanidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari  toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qabulxona  faoliyati toʻgʻri tashkil etilib, aniqlangan muammolarni tahlil qilish hamda ularni hal etish boʻyicha tizimli ishlar qilinmoqda.

Shu maqsadda tumandagi qator muassasalarning vakillaridan iborat ishchi guruhi vakolatli organlar vakillari, qabulxona huzurida tashkil etilgan tumandagi faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va tadbirkorlarning boshqa vakillaridan iborat Tadbirkorlar jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikdagi ishlar olib borildi.

Xususan, joriy yilning 1-iyul sanasiga qadar qabulxona tomonidan hududlarda 26 ta sayyor qabullar tashkil etildi. Tashkil etilgan sayyor qabullar hamda oʻtkazilgan suhbatlar davomida tumandagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tomonidan jami  106 ta masala boʻyicha 104 ta murojaatlar roʻyxatga olingan. Roʻyxatga olingan 104 murojaatlardagi 106 ta masalalardan 62 tasi, yaʼni 58 foizi qanoatlantirilgan, 44 tasiga tushuntirishlar berilgan.

Mazkur murojaatlarning 53 tasi, yaʼni 50 foizi kredit masalasida, shundan “Har bir oila tadbirkor” dasturi boʻyicha 41 ta, tadbirkorlik faoliyatiga kredit olish uchun 12 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning 34 tasi qanoatlantirilgan, 19 tasiga tushuntirish berilgan.

Amudaryo tumanidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar qabulxona huzuridagi tadbirkorlarning jamoatchilik kengashi tomonidan muntazam ravishda tahlil qilinib, tumanda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsiq va gʻov boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish borasida amaliy ishlar qilinmoqda.

Taʼkidlash kerakki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ogʻir sinovli kunlarda, yaʼni koronavirus pandemiyasi barcha sohalar rivojiga oʻzining zararli taʼsirini oʻtkazayotgan davrda tadbirkorlik va ishbilarmonlik har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda. Ogʻir epidemiologik sharoitda tadbirkorlar faoliyatlarini davom ettirishlari uchun qator imtiyozlar, imkoniyatlar yaratildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning oʻsish nuqtalaridan ekanligini inobatga olgan holda pandemiya sharoitida ham iqtisodiyotning barqaror ishlashiga tadbrikorlar va ishbilarmonlar oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.

Shuningdek, murakkab sinovlarga qaramay, davlatimiz rahbari boshchiligida biznesni qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlar va ishbilarmonlar sonini koʻpaytirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish uchun tizimli chora-tadbirlar koʻrildi, yetarli resurslar ajratildi, zarur sharoitlar yaratildi.

Joriy yilda ham tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish boʻyicha yanada keng imkoniyatlar yaratilib, pandemiya davrida muammolarga duch kelgan tadbirkorlarning oʻz faoliyatlarini tiklab olishlari uchun ularga koʻmak berish izchil davom ettirilmoqda.

M.Urazbayev, Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashi kotibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019