16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:53
Siyosat 👁 352

30-iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni

30-iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni

Insoniyatga xavf solayotgan muammolardan biri boʻlgan odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlardan jabr chekayotganlar, uning qurboni boʻlayotganlar soni ortib bormoqda. Jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga ham jiddiy xavf tugʻdirib kelayotgan ushbu ogʻir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, erki, taqdiri va kelajagini barbod etadi.

Odam savdosi transmilliy, yaʼni hudud va chegara tanlamaydigan jinoyat ekanligi hisobga olinib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 30-iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni, deb eʼlon qilingan. Ayni davrdagi dolzarb masalalardan biri boʻlgan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda ham qator qonun hujjatlari qabul qilinib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

27-iyul kuni tuman Ichki ishlar boʻlimi masʼullari tomonidan Tibbiyot birlashmasida turli koʻrinishda sodir etilayotgan odam savdosiga qarshi kurash choralarini hamjihatlikda amalga oshirish kabi masalalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishni tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlik-maslahat komissiyasi raisi, shifokor-psixiatr Shukurillo Boltaboyev ochib berdi.

Yigʻilishda ayni davrda dunyodagi barcha mamlakatlar odam savdosidan jabrlanib kelayotganligi, odam savdosi qurbonlarining 71 foizini ayollar va bolalar tashkil etishi, 21 million kishi majburiy mehnatning jabrlanuvchilari hisoblanishi va boshqa shu kabilar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, odam savdosi bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruhlar odamlarni nafaqat har xil koʻrinishdagi ekspluatatsiya uchun, balki ularning ichki organlarini transplantatsiya qilish, narkotik moddalarni tarqatish, boshqa turdagi jinoyatlarni ham sodir etishga majburlamoqdalar. Xalqaro ekspertlarning maʼlumot berishicha, har yili dunyo miqyosida 2 mln. 700 ming inson odam savdosi jinoyatining qurboniga aylanadi. Ushbu jinoyatchilikdan tushayotgan noqonuniy daromad esa 7 mlrd. AQSh dollaridan ortiqroqni tashkil etadi.

Xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik, shu jumladan odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha oʻttizdan ortiq ikki tomonlama shartnoma va bitimlar imzolangan. 2008-yilda esa “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Ammo bu xotirjam boʻlishimiz uchun yetarli emas. Shu bois, Oʻzbekistonda odam savdosi, xususan, uning transmilliy koʻrinishlariga qarshi qatʼiy choralar qabul qilinmoqda.

Soʻzga chiqqan masʼullar bugungi kunda odam savdosi insonning shaʼni, qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, osoyishta turmushi hamda kelajagiga tahdid solayotgan jinoyatchilikning xavfli koʻrinishlaridan biriga aylanayotganligini aytib oʻtishdi. Bunday jinoyatlarga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlarining, balki keng jamoatchilikning ham vazifasi ekanligi, agarda kundalik turmushda shunday jinoiy hodisalarga duch kelib qolgan taqdirda ichki ishlarga zudlik bilan xabar berish kerakligi maʼlum qilindi.

Yigʻilish soʻnggida ishtirokchilar odam savdosi bilan bilan bogʻliq jinoyatchilik yuzasidan oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. 

U.Poʻlatov, tuman IIB xodimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019