16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:43
Qishloq xoʻjaligi 👁 318

Tumanimizda chorvachilik va parrandachilik sohalari yanada rivojlanmoqda

Tumanimizda chorvachilik va parrandachilik sohalari yanada rivojlanmoqda

Mamlakatimizda chorvachilik tarmogʻini jadal rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori bu boradagi tizimli ishlarni tashkil etishda muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 10-avgust sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmuyi ustidan nazorat qilish inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi chorvachilik va naslchilik ustidan nazorat qilish shoʻbasi katta inspektori Sarvar Matyakubov, Inspektsiyaning tuman boʻlimi katta inspektori Jahongir Haydarov tumanimizda faoliyat yuritayotgan chorvachilik komplekslari faoliyati bilan tanishdilar hamda sohada qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar olib bordilar.

Xususan, masʼullar Toʻlqin ovulidagi naslchilik yoʻnalishidagi “Polvonboy ovuli” masʼuliyati cheklangan jamiyatining faoliyati bilan tanishdilar. Mazkur masʼuliyati cheklangan jamiyatida jami 245 bosh qoramollar mavjud boʻlib, chorvachilikni yanada rivojlantirish maqsadida Belorusiya davlatidan 33 bosh naslli qoramollar olib kelinishi uchun davlat tomonidan 66 mln soʻm subsidiya ajratilgan.  “Polvonboy ovuli” masʼuliyati cheklangan jamiyatida bir kunda 700 litrga yaqin sut mahsuloti yetishtiriladi. Aholini arzon oziq-ovqat bilan taʼminlash, goʻsht va sut mahsulotlarini yetkazish maqsadida bozorlarda yarmarka tashkil qilingan.

Aytish kerakki, tumanda hozirgi kunda jami 143 ta chorvachilik yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlari mavjud. Jumladan, qoramolchilik yoʻnalishida 52 ta fermer xoʻjaligi faoliyat olib bormoqda, shundan 13 tasi naslchilik yoʻnalishida, qoʻy-echkichilik yoʻnalishida 3 ta fermer xoʻjaligi, baliqchilik yoʻnalishida 75 ta fermer xoʻjaligi, asalarichilik yshnalishida 3 ta fermer xoʻjaligi, parrandachilik yoʻnalishida 10 ta fermer xoʻjaligi faoliyat olib bormoqda.

Tumanimizda hozirgi kunda jami 3803 bosh qoramollar mavjud boʻlib, joriy yil hisobiga koʻra tumanga chet davlatlaridan jami 165 bosh naslli qoramollar olib kelingan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilik tarmogʻiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan 330 mln sum subsidiyalar ajratilib, chet davlatlaridan yil yakuniga qadar tumanga yana 655 bosh naslli qoramollar olib kelish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tumanda 10 ta parrandachilik subektlari faoliyat olib borayotgan boʻlib, ularda jami 61 ming 900 bosh parrandalar yetishtirilmoqda. Mazkur parrandachilik subektlarida yiliga 250 mingdan ortiq tuhum va 650 tonnaga yaqin goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Tumanda parrandachilikni yanada rivojlantirish borasida “Oʻrta qala chorvadori” agrofirmasi samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Yangi zamoanaviy binoda faoliyat yuritayotgan agrofirma yangi texnologiyalar bilan taʼminlangan. Agrofirmada jami 30 ming bosh parranda parvarish qilinib kelinmoqda. “Oʻrta qala chorvadori” agrofirmasi tomonidan bir oy davomida 80-90 tonna parranda goʻshti tayyorlanib, aholiga arzon va sifatli goʻsht mahsulotlari yetkazib kelinmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019