16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:53
Siyosat 👁 229

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Bahodir Tajiyev ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Bahodir Tajiyev ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi

Maʼlumki, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 11-noyabrda «2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks  ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolagan edi.

Mazkur qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish, hududda muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, shu asosda aholi bandligini taʼminlash va turmush darajasini oshirish maqsadida qabul qilingan boʻlib, uning ijrosini taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 15-sentyabr sanasida Amudaryo tumani hokimligida oʻtkazilgan yigʻilish mazkur qarorda belgilangan ustuvor yoʻnalishlar borasida tumanda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish hamda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida tashkil etildi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Bahodir Tojiyev, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, hokim oʻrinbosarlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari, tadbirkorlar hamda banklar masʼullari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi Bahodir Tojiyev soʻzga chiqib, davlatimiz rahbari 2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qator ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berganligi haqida toʻxtaldi.

Taʼkidlanganidek, Prezident tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida barcha sohalarni jadal rivojlantirishga oid 3-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlib, har bir tumanda 2 tadan faoliyat turi oʻziga xos «oʻsish nuqta»si sifatida belgilab berildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi barcha tumanlarni yanada rivojlantirish maqsadida ushbu «oʻsish nuqtalari» boʻyicha tadbirkorlik subʼektlariga qator imtiyozlar berilishi koʻrsatildi. Shuningdek, rivojlanish darajasi past boʻlgan tumanlarda yangidan tashkil etiladigan sanoat korxonalariga 3-yil muddatga soliq va bojxona imtiyozlari berilishi belgilandi.

Aytish kerakki, Amudaryo tumanida 2020-2023-yillarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish dasturi boʻyicha 76 ta loyihalar amalga oshirilishi hamda shu orqali 2571 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi belgilangan boʻlib, sentyabr holatiga 60 ta, qiymati 88,9 mlrd.soʻmlik loyihalar amalga oshirilgan, natijada 2004 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan.

Shundan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha 15 ta, xizmat koʻrsatishni rivojlantirish boʻyicha 21 ta, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha 24 ta loyihalar amalga oshirilgan.

Yigʻilishda qator tadbirkorlarning sohada erishayotgan yutuqlari bilan bir qatorda muammo va kamchiliklari yuzasidan fikrlari tinglandi. Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan muammolar tegishli masʼullar bilan kelishilgan holda bartaraf qilinadigan boʻldi.

Shuningdek, ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan yigʻilishda senator Bahodir Tojiyev Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlarining faoliyatlari bilan tanishib, ularga aholi muammolari bilan ishlash borasida tegishli tavsiyalarni berdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019