16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:39
Qishloq xoʻjaligi 👁 217

Tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi tomonidan uy hayvonlariga sifatli veterinariya xizmatlari koʻrsatilmoqda

Tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi tomonidan uy hayvonlariga sifatli veterinariya xizmatlari koʻrsatilmoqda

1. Qishloq xoʻjaligi va uy hayvonlarini kasalliklardan himoya qilish, boshqa hududlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishining oldini olish, yagona davlat veterinariya nazoratini amalga oshirish, veterinariya-sanitariya muammmolarini hal etish borasida tuman Veterinariya boʻlimi tomonidan samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda Amudaryo tumani Veterinariya boʻlimida 31 nafar ishchi-xodim, shundan  26 nafar veterinariya mutaxassisi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Ularning 11 nafari oliy, 20 nafari oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislardir. Tumandagi mavjud 49 ta ovul va mahalla hududlarida 9 ta veterinariya boʻlinmalari faoliyat kursatmokda.

Yil boshidan tuman hududidagi fermer va aholi qaramogʻida 161 ming 900  bosh yirik shoxli mol, 48 ming 496 bosh sigirlar, 104 ming 400 bosh qoʻy va echkilar, 1 mln.dan ziyod parranda, 633 bosh ot, 6,5 ming xonadonda saqlanayotgan itlarga veterinariya xizmatlari koʻrsatilmoqda. Shuningdek, hayvonlarni diagnostik tekshirish, ehtiyotdan emlash, dezinfektsiya, dezinsektsiya va deratizatsiya ishlari olib borilmoqda.

Tuman veterinariya boʻlimi tomonidan joriy yilning 8 oy davomida 35 ming 450 bosh yirik shoxli, 12 ming 787 bosh mayda shoxli mollarga brutsellyoz kasalligiga diagnostik tekshirish oʻtkazilib, emlandi. Shuningdek, hududdagi chorva mollari kuydirgi,  chechak,  korason, teri boʻrtmasi va boshqa kasalliklarga qarshi emlash ishlari olib borildi.

Quturish kasalligiga qarshi 5 ming 650 bosh itlar emlanib, shundan 978 bosh itlarga pasportlar rasmiylashtirildi. Ayni paytda ham boshqa yuqumli kasaliklarga qarshi ehtiyotdan emlash ishlari tashkil etilmoqda.

Bundan tashqari, ektoparazitlarga qarshi 163 ming 753 bosh yirik shoxli mollar, 95 ming 513 bosh mayda shoxli mollarda choʻmiltirish ishlari olib borildi. Tuman hududidgi mavjud 49 ta ovul va mahallalarda veterinariya xodimlari tomonidan profilaktik emlash tadbirlari davomida  650 ta buklet va varaqalar tarqatildi. 

Bugungi kunda tuman Tashxis markazi tomonidan hayvonlarda uchraydigan koʻplab kasalliklarga qarshi diagnostik tekshirish ishlari oʻtkazilmoqda. Mangʻit dehqon bozorida veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan bozorga olib kelingan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining sotilishi ustidan doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda.

Prezidentimizning 2006-yil 23-martdagi hamda 2008-yil 23-apreldagi tegishli Qarorlarining ijrosini taʼminlash maqsadida 11 ta zooveterinariya punktlariga qarashli sunʼiy urugʻlantirish shoxobchalari,  hududiy “Nasl xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 16 ta sunʼiy urugʻlantirish nuqtalari tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda ular toʻliq faoliyat yuritib kelmoqda.

Veterinariya tadbirlarini amalga oshirish uchun 53 ta chorvachilik, 8 ta parrandachilik fermer xoʻjaliklari va aholi qaramogʻidagi qoramollar uchun ovul hamda mahallalar bilan shartnomalar tuzilib, shu asosda veterinariya xizmatlari amalga yoʻlga qoʻyilgan. Tumandagi mavjud 1 ta zamonaviy kurinshdagi avtomatlashtirilgan kushxonada veterinariya mutaxassislari nazorati ostida shu kungacha 3 ming 15 bosh qoramollar goʻsht uchun soʻyildi.

Sohani rivojlantirish va veterinariya xizmati koʻrsatish darajasini yaxshilash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya qoʻmitasi va tuman hokimligi tomonidan tuman Veterinariya boʻlimi xodimlariga 7 ta xizmat mototsikli, 25 ta maxsus kiyim, 14 ta termojamlama, 25 ta veterinariya sumkasi va 19 ta xizmat velosipedlari berildi.   

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi mutaxassislari tomonidan qishloq xoʻjalik va uy hayvonlari orasida uchraydigan yuqumli, yuqumsiz va parazitar kasalliklarning oldini olish, aholini sifatli chorvachilik mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha veterinariya xizmati oʻz xissalarini qoʻshib kelmoqda.  

A.Matkarimov, tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019