16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:07
Qishloq xoʻjaligi 👁 313

«ShIRIN BULOQ»LIK PAXTAKORLARNING HOSIL XIRMONI 250 TONNADAN OShDI

«ShIRIN BULOQ»LIK PAXTAKORLARNING HOSIL XIRMONI 250 TONNADAN OShDI

Kuzning quyoshli kunlarini gʻanimat bilib, paxta yigʻim-terim mavsumini kun sayin avj oldirayotgan fermer xoʻjaliklari ijarachilar va koʻngilli hasharchilar yordamida birin-ketin shartnomaviy rejalarini ado etib, majburiyat hisobiga paxta topshirishmoqda.

Tumanimizning Xizr eli mahallasi aholisi esa hududdagi fermer xoʻjaliklari ijarachi-dehqonlariga paxta yigʻim-terimida yaqindan yordam berishmoqda. Mahalla hududidagi “Shirin buloq” fermer xoʻjaligi dalalarida har kuni 200 nafarga yaqin koʻngilli hasharchilar yigʻim-terimda ijarachilar bilan bir safda mehnat qilishmoqda.

“Shirin buloq” fermer xoʻjaligi nafaqat Qilichboy hududida, balki Amudaryo tumanidagi ilgʻor paxtachilik  xoʻjaliklaridan biri hisoblanadi. Nodirbek Allaberganov rahbarligidagi mazkur fermer xoʻjaligi dehqonlari joriy dehqonchilik yilida 90 gektar yerga chigit ekdilar.

Xoʻjalik dalalariga chigit oʻz vaqtida, sifatli qilib ekilgach, gektarlarda bir tekis nihol olindi. Bahorgi, yozgi agrotexnik tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi. Ayniqsa, gʻoʻza yaganasi, begona oʻtlardan tozalash, sugʻorish, oziqlantirish va chilpish ishlariga alohida eʼtibor qaratildi. Mavsum davomida qilingan fidokorona mehnat oʻz samarasini berdi, dalalarda moʻl hosil toʻplandi va oʻz vaqtida, sifatli amalga oshirilgan gʻoʻza defoliatsiyasi tufayli dalalarda pishib-yetilgan koʻsaklar qiygʻos ochildi.

“Amudaryotex” klaster koronasi bilan tuzilgan shartnomaga koʻra, 182 tonna yuqori sifatli sanoat xom ashyosini yetishtirish belgilandi. Paxta yigʻim-terimini koʻtarinki kayfiyatda boshlagan xoʻjalik paxtakorlari yigʻim-terim mavsumining dastlabki kunlaridanoq shartnomaviy rejalarini sharaf bilan ado etdilar.

Ayni kunlarda majburiyat hisobiga paxta topshirishayotgan “Shirin buloq”lik paxtakorlar rejadagidan 68 tonna ziyod, yuqori sifatli paxta topshirishib, fermer xoʻjaligining umumiy hosil xirmonini 250 tonnaga yetkazdilar.

“Amudaryo tex” klaster korxonasi rahbari Bozorboy Safarboyev va Xizr eli mahalla fuqarolar yigʻini raisi Otabek Toʻrayevlar “Shirin buloq” fermer xoʻjaligi dalalarida boʻlishib, yigʻim-terimda ishtirok etayotgan ijarachi-dehqonlar va Xizr eli mahalla fuqarolar yigʻinining bir guruh koʻngilli hasharchilari bilan uchrashdilar.

Pensioner, lekin yoshlar bilan bab-baravar paxta terayotgan Xizr elilik onaxonlarga paxtakorlar mehnatini yengillashtirib, qoʻl-qanot boʻlayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirishdi. Kuniga 150-180 kilodan paxta terib, fermer xoʻjaligi xirmoniga munosib hissalarini qoʻshayotgan ilgʻor terimchilardan Tozagul Ortiqovaga televizor, Darmonjon Abdullayevaga suv qaynatgich, Venera Menojevaga duxovka sovgʻa qildilar.

Oʻz navbatida halol va fidoyi mehnatlari ragʻbatlantirilgani uchun ijarachi va koʻngilli hasharchi-terimchilar “Amudaryo tex” klaster korxonasi rahbari Bozorboy Safarboyevga va Xizr eli mahalla fuqarolar yigʻini raisi Otabek Toʻrayevlarga oʻz minnatdorchilik izhor etishib, tumanimizning yuksak hosil xirmonini bunyod etishga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshajaklarini bildirdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019