16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:52
Siyosat 👁 213

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimovning ishonchli vakili amudaryolik saylovchilar bilan uchrashdi

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimovning ishonchli vakili amudaryolik saylovchilar bilan uchrashdi

6-oktyabr kuni Amudaryo tumanidagi 82-sonli maktabda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimovning ishonchli vakili amudaryolik saylovchilar bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuvda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi Nurlibay Qaypbergenov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Amudaryo tumani Kengashi raisi Oʻktam Yoʻldoshev, partiya faollari, deputatlar, hamkor tashkilotlar vakillari hamda Olmazor mahallasi faollari, nuroniylar, saylov yoshidagi fuqarolar qatnashishdi.

Tadbirni “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi Nurlibay Qaypbergenov ochib berdi. Shundan soʻng, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimovning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi ishonchli vakili, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Aymurad Alniyazov soʻzga chiqib,  yigʻilganlarni nomzodning tarjimai holi, faoliyati va saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishtirdi. 

Partiya tomonidan koʻrsatilgan nomzodning Saylovoldi dasturida  koʻplab masalalarga adolatli yechimlar berilgani,  sohalar kesimida istiqbolli taklif va tashabbuslar ilgari surilganligi taʼkidlandi.

Nomzodning Saylovoldi dasturida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning rolini kuchaytirish,  ijro hokimiyati faoliyati  ustidan  jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, barcha darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga vatanparvar, professional va fidoyi insonlar kelishini taʼminlash kabilarga eʼtibor qaratilgani aytib oʻtildi. Shuningdek, jinoyatchilikka, poraxoʻrlikka, taʼmagirlikka, zoʻravonlikka qarshi murosasiz kurashish, adolatli  va mustaqil sud-huquq tizimini yaratish ishlarini davom ettirish, sudni tom maʼnoda adolat qoʻrgʻoniga aylantirish kabi asosiy masalalar  diqqat markazidan joy olganligi taʼkidlandi.

Undan tashqari, aholi bandligini taʼminlash, ayniqsa, yoshlar uchun yangi ish oʻrinlari yaratish, milliy va  tarixiy qadriyatlarimizga asoslangan “Jamiyatda yurish-turish odob-axloq qoidalari”ni yaratish va joriy etish, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan taʼminlash, fuqarolar orasida tibbiy madaniyatni shakllantirish  kabi masalalarning dasturdan joy olganligi  alohida eʼtirof etildi.

Muloqotlar jarayonida ishonchli vakil nomzodning oʻz dasturida taʼlim, ilm-fan rivojlanishi uchun ustuvor maqsadlarni gʻoya sifatida kiritganligi ham taʼkidlanib, dasturdan oʻrin olgan bu boradagi muhim maqsadlar bilan uchrashuvga yigʻilgan saylovchilar tanishtirildi.

Shu oʻrinda, dunyoda kechayotgan shiddatli raqobatga faqat zamonaviy ilm-fan, yuqori texnologiyalar va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etish orqali munosib javob berish, adolatli jamiyat va adolatparvar davlat barpo etishda partiya taʼlim, ilm-fan va innovatsiyaning ahamiyatini oshirish choralarini koʻrilishi kerakligiga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Buning uchun taʼlim va ilm-fan bilan shugʻullanuvchilarga bepul uy-joy taklif qilinishi, ilm-fanni moliyalashtirishga sarflanadigan mablagʻ 2030-yilda yalpi ichki mahsulotning 2 foiziga qadar oshishi, uni davlat byudjetidan moliyalashtirishni bosqichma-bosqich taʼminlash zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv davomida Saylovoldi dasturida  koʻzda tutilgan masalalar boʻyicha nomzodning ishonchli vakiliga berilgan savollarga atroflicha va batafsil javoblar qaytarildi.

Soʻzga chiqqan saylovchilar tomonidan nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor vazifalar qoʻllab-quvvatlandi va barcha saylovda faol qatnashishga, partiyadan koʻrsatilgan nomzodga ovoz berishga chorlandi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019