16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:45
Adabiyot 👁 186

Jayxun ilhomlari

Jayxun  ilhomlari

Ona tilimga

Oʻtgan asrlardan minnatdorman men,

Shu davr olim-u shoiridan ham.

Ajdodlar tufayli bugun avlodlar,

Ona til boyligin koʻrmoqda baham.

 

Onalarga rahmat, allalar aytgan,

Ertaklar soʻylagan momolarga ham.

Barida bolalar uchun dunyoning,

Barcha-barcha sehr-u amallari jam.

 

Navoiy bobomdan minnatdorman men,

Imkoniyatin ochgan turkiy kalomning.

Shu sabab ushbu kun oʻzbekni tanir,

Sheʼriyat muxlisi butun olamning.

 

Ona tilim, seni alqab yuraman,

Sheʼr oʻqib, qayerga yetsa oyogʻim.

Chunki sensan mening, toki hayotman,

Yoʻlim koʻrsatuvchi porloq mayogʻim!

Ahmad NAFASOV.

 

Qaytar dunyo bu

Yaxshilikni aslo yashirib boʻlmas,

Borini boridek aytar dunyo bu.

Yomonlikni haddan oshirib boʻlmas,

Ne qilsang oʻzingga qaytar dunyo bu.

 

Yolgʻonchi dunyo deb jar solma inson,

Besh kunlik dunyoga hammamiz mehmon.

Keng karamli, yolgʻiz Allohga ishon,

Borini boridek aytar dunyo bu,

Ne qilsang oʻzingga qaytar dunyo bu.

 

Kimdir gʻiybat qilib qiynar joningni,

Birov koʻrolmaydi topgan shoningni,

Barakasi boʻlsin dasturxoningni,

Borini boridek aytar dunyo bu,

Ne qilsang oʻzingga qaytar dunyo bu.

 

Egri yoʻldan yurib boylik izlama

Gʻoyibdan kelajak dunyo koʻzlama.

Yaxshi soʻz soʻzlagil yomon soʻzlama,

Borini boridek aytar dunyo bu,

Ne qilsang oʻzingga qaytar dunyo bu.

 

Shomurod doimo boʻlsin omonlik,

Barchamiz boʻlaylik yaxshi tomonlik.

Yaxshilik qilmasang, qilma yomonlik,

Borini boridek aytar dunyo bu,

Ne qilsang oʻzingga qaytar dunyo bu.

Shomurod XOʻJANOV,

Doʻrman ovuli.

 

Dada

(Dadajonim xotirasiga)

Bilaman, kuzatasiz meni samodan,

Doim tilab turasiz omad-u baxtlar.

Koʻzlarim koʻrmasa-da qalbim sezadi,

Mening qahramonim, qalqonim, dada.

 

Toʻgʻri yoʻl koʻrsatib ukalarimga,

Yaxshilikni oʻrgataman ularga.

Siz koʻrmagan eng baxtiyor kunlarni,

Onajonim koʻradi ishoning, dada.

 

Yigʻlamayman, hech toʻkmayman yosh,

Bilaman, quvonsam, quvonasiz siz.

Dadajon, ishoning Ruhshonangizga,

Onamni baxtiyor qilgum, koʻrasiz.

 

Bugun Siz sevgan ulugʻ kun keldi,

Mustaqil Vatanim oʻttizga toʻldi.

Elim deb, yurtim, deb yashagan mardlar,

Qatorida nomingiz tillarda boʻldi...

Ruhshona Saidmambetova,

62-maktab oʻquvchisi.

 

Posbonlar

Sizni uchrataman togʻda, dalada,

Xizmatda hamisha qorda, jalada.

Sizga kuch bersin, sizga sabot bersin,

Buyuk  zotlar ruhi shunday pallada.

 

Har kun quyosh bilan sogʻ koʻrishib yuz,

Uydan omon chiqib, omon qaytingiz.

Rizqi ulugʻ boʻlsin, koʻksi togʻ boʻlsin.

Xonadoningiz-u, mamlakatingiz!

 

Yoʻllar tinch boʻlsin, osmon oq boʻlsin.

Bahor maysalari koʻkchiroq boʻlsin.

Vatanga sodiq ey fidoyilar,

Pokligingiz sizga yoʻlchiroq boʻlsin.

Bayram Kenjayev,

6-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Yaxshi insonni

Birov yeydi yashamoq uchun,

Kimdir yemoq uchun yashaydi.

His qiladi hayotning zavqin,

Ikkinchi yamlab tashlaydi.

 

Unda bordir na nomus, na or,

Tomogʻidan oʻtgani foyda.

Nafsi uchun har nega qodir.

Xoinlik ham qilar har joyda.

 

Nafsiga qul bunday bandalar,

Sotar doʻstni oʻtirgan joyda.

Unga nafsi boʻlsa boʻlgani,

Koʻrsa boʻldi bir oʻzi foyda.

 

Bundaylardan uzoq yur, yiroq,

Har qadamda ketadi sotib.

Ergashsang gar u bilan, biroq,

Botqoqlarga ketasan botib.

 

Yemoq uchun yashama, hargiz,

Yashash uchun yegin ozgina.

Ozgʻin boʻlma, boʻlmagin semiz,

Hech kimsadan qilmagin taʼma.

 

El ichida boʻlsin oʻz oʻrning,

Koʻrinmasang izlasin seni.

Insofsizni kim ham izlardi,

Sogʻinsinlar har damda seni.

 

Shunday inson yashar barhayot,

Oʻlsa hamki oʻchmagay nomi.

Koʻpchilikning qalbida yashar,

Unutmaslar yaxshi insonni.

Farhod Avaz.

 

Shukrona qil

Koʻzing koʻrib, yoʻl topib,

Yurganingga shukur qil.

Kecha yotib, erta turgan,

Har kuningga shukur qil.

 

Alloh noz-neʼmatlarni,

Cheksiz inʼom  etgan, bil.

Koʻzingga surtib uni,

Asragin, isteʼmol qil.

 

Oq bilan qop-qorani,

Ajratmoqni oʻzing bil.

Har narsani jufti bilan,

Yaratganga shukur qil.

 

Hayotda sen borliging,

Omadingdir, baxtingdir.

Qancha goʻdak tugʻilib,

Yashamagan, shuni bil!

Dilfuza Sultonova.

 

Maktabim

Maktabim – bu nurxona,

Bilim bergan kuch bergan.

Teran boqdim jahonga,

Intilish, omad bergan.

 

Ustozlardan oʻrganib,

Ilm yoʻlin tutaylik.

Yaxshi-yomonni tanib,

Ezgularga yetaylik.

Aziza JUMABOYeVA,

6-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Ukamga

Asaltoyim mening, shirintoy ukam.

Jajji qoʻllaringdan oʻzim aylanay.

Koʻzlaring chaqnaydi quyosh misoli.

Yuzlaring goʻyoki bahor timsoli.

 

Sening timsolingda otamni koʻrdim,

Yuzlaring chiroyli soʻzlaring shirin.

Sening kulgung bilan nurlidir kunim,

Qarashingda baxt yashirin.

Maftuna Yaxshimurodova,

22-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019