16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:33
Siyosat 👁 270

Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining 40-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining 40-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

10-noyabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining navbatdagi 40-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari masʼullari, boʻlimlar, tijorat banklari rahbarlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala – Amudaryo tumanini 2021-yil oktyabr oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash koʻrsatkichlari natijalari hamda hudud darajasida hal etiladigan muammolarni bartaraf etish choralari yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Maʼmurjon Temirboyevning hisoboti tinglandi.

Hisobotda tumanda sanoat ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashkil qilish va mavjudlarini kengaytirish, zamonaviy savdo komplekslari va xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, mehnat bozorining samaradorligi, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va diversifikatsiyasi koʻrsatkichlari, ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalliy soliqlarning yigʻuvchanlik koʻrsatkichlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va
maʼlumotlarning ochiqligi koʻrsatkichlari boʻyicha 2021-yil yakuniga qadar amalga oshirilish rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar hususida keng turda maʼlumot berdi.

Sessiyada Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi Amudaryo tumani boʻlimi boshligʻi Jasurbek Davletovning yoshlar faoliyati bilan bogʻliq sohalarda uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi toʻgʻrisidagi masala yuzasidan axboroti tinglandi.

Axborotda tumanda har tomonlama koʻmakka muhtoj 6753 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilib, ularni qoʻllab-quvvatlash, bandligini taʼminlash, moddiy, maʼnaviy, ijtimoiy yordam berish borasida amalga oshirilgan keng qamrovli chora-tadbirlar natijasida 6599 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”da chiqarilganligi, ayni paytda ular hayotda oʻz oʻrnini topishlari uchun harakat qilayotgani hamda oilasiga daromad olib kelayotgani xususida maʼlumotlar keltirildi.

Shundan soʻng sessiya ishida tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari Baxtiyar Urazovning tumanda 2021-yil 10 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, sodir etilgan ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoiy holatlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Hisobotda keltirilishicha, tuman IIB xodimlari tomonidan jamoatchilik vakillari va boshqa masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda muntazam ravishda qator tezkor-profilaktik tadbirlar amalga oshirilayotgan boʻlib, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi olib borilgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan tumanda umumiy jinoyatchilik oʻtgan yilga nisbatan oshgan. Oʻtgan 10 oy davomida oldi olinishi mumkin boʻlgan, mahallalar hududida sodir etilgan jinoyatlar taxlilida 18 ta mahallalar “qizil” toifadagi, 11 ta mahallalar “sariq” toifadagi mahallalarga ajratilib, ularda profilaktik tadbirlar yanada kuchaytirilayotgani, 20 ta mahallalarda oldi olinishi mumkin boʻlgan jinoyatlar sodir etilmagani qayd etildi.

Sessiya kun tartibidagi boʻshagan oʻringa Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisidagi masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining Qonuniylikni taʼminlash va korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Muzaffar Yeshchanov axborot berdi.

Axborotda xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining boʻshab qolgan 23-Bobur saylov okrugida deputat saylovini oʻtkazish uchun okrug hududida 129-, 130-, 131-, 132-uchastka saylov komissiyalari tuzilishini hisobga olib Z.M.Bobur ovuli va Jumurovul mahalla fuqarolar yigʻinlari kengashining majlislari hamda okrug hududlarida joylashgan umumtaʼlim maktablari jamoalarining yigʻilishlarida uchastka saylov komissiyalari tarkibiga tavsiya qilingan nomzodlar roʻyxati bilan tanishtirildi hamda uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar deputatlar tomonidan maʼqullandi.

Sessiya ishida kun tartibidagi Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 76-sonli hamda 87-sonli maktablarda boʻsh (vakant) direktor lavozimiga oʻtkazilgan tanlov yakunlari boʻyicha nomzodlarga kelishim berish masalasi ham koʻrib chiqildi. Deputatlar 76-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori lavozimiga nomzod Davronbek Ruzmetov va 87-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori lavozimiga nomzod Samad Djallayevlarning kelgusi 3-yilda amalga oshiradigan ishlari boʻyicha dasturlarini tingladilar.

Nomzodlarning dasturlari oʻqib eshittirilganidan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tavsiya qilingan nomzodlarga kelishim berish boʻyicha yashirin ovoz berish jarayoni tashkil etildi. Dastlab deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi va yashirin ovoz berish byulletenlari tarqatildi. Ovoz berish yakunlariga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 76-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori lavozimiga Davronbek Roʻzmetovni hamda 87-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori lavozimiga Samad Djallayevni tayinlash toʻgʻrisidagi tavsiyasiga kelishim berish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, ular yuzasidan deputatlar va sessiya ishtirokchilarining fikr-mulohazalari tinglandi hamda hisobotlar va axborotlar yuzasidan berilgan savollarga tegishlicha javoblar qaytarildi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019