16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:33
Siyosat 👁 358

BOʻShAB QOLGAN DEPUTATLIK OʻRNI UChUN KOʻRSATILGAN NOMZODLAR BILAN SAYLOVChILARNING UChRAShUVI OʻTKAZILDI

  BOʻShAB QOLGAN DEPUTATLIK OʻRNI UChUN KOʻRSATILGAN NOMZODLAR BILAN SAYLOVChILARNING UChRAShUVI OʻTKAZILDI

Shu yilning 28-noyabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashida boʻshab qolgan yigirma uchinchi Bobur saylov okrugida deputat saylovi oʻtkaziladi. Ayni kunlarda deputatlikka nomzodlar saylovchilar bilan uchrashib, oʻz saylovoldi dasturlari bilan tanishtirmoqda.

Joriy yilning 28-noyabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashida boʻshab qolgan yigirma uchinchi Bobur saylov okrugida deputat saylovi oʻtkaziladi. Ushbu saylov jarayonini demokratik tamoyillarga qatiy rioya qilgan holda oʻtkazish, saylovoldi targʻibot tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etib, siyosiy partiyalardan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlarning tarjimai holi va mehnat faoliyati bilan saylovchilarni yaqindan tanishtirish maqsadida 18-noyabr kuni 86-sonli maktabda nomzodlar va ularning ishonchli vakillari ishtirokida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston "Milliy tiklanish"  demokratik partiyasidan nomzod Rasul Tajiboyev, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Ogʻabek Olloberganov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Shukurullayev, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Shavkat Yangiboyev, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Mahmud Eshmanov hamda ularning ishonchli vakillari, shuningdek, saylovchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Dastlab, deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari nomzodlarning tarjimai xoli va saylovoldi dasturlari  bilan saylovchilarni tanishtirib oʻtishdi va saylovda siyosiy partiyalardan koʻrsatilgan munosib nomzodlar uchun ovoz berishga chaqirdilar.

Shundan soʻng, nomzodlar soʻzga chiqib, oʻzlari aʼzo boʻlgan siyosiy partiyalarning  saylovoldi dasturlarida belgilangan ustuvor yoʻnalishdarni hayotga tatbiq qilishga va xalq oldidagi masuliyatni chuqur xis qilib,  deputatlik vakolati doirasida  barcha muammolarni yechishga harakat qilishga soʻz berishdi.

Deputatlikka nomzodlar bilan uchrashuv yigʻilishida beshta siyosiy partiyadan koʻrsatilgan nomzodlarning saylovoldi dasturlari saylovchilar tomonidan atroflicha muhokama etildi.

Xususan, Ekologik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Shavkat Yangiboyevning atrof-muhit muhofazasi, iqlim oʻzgarishlariga qarshi mamlakat miqyosida amalga oshirilishi koʻzda tutilayotgan chora-tadbirlar, ona tabiatni asrab-avaylash, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, choʻllanish holatlarining oldini olish, shuningdek, oʻzimiz yashab turgan hududda tuproq ekologiyasi buzilishining oldini olish, yashil hududlarni yanada kengaytirish borasidagi partiya dasturida belgilangan ustuvor vazifalar boʻyicha shaxsiy tashabbus va fikrlariga saylovchilar vakillari tomonidan ijobiy munosabatlar bildirildi.

Shuningdek, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Rasul Tajiboyev, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Ogʻabek Ollaberganov, Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Sarvar Shukurullayev hamda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashidan  nomzod Mahmud Eshmanovlarning saylovoldi dasturlari hamda shaxsiy tashabbus va rejalariga saylovchilar oʻz munosabatlarini bildirishdi.

Deputatlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlari yuzasidan boʻlgan muzokaralarda ishtirok etgan saylovchilar vakillari nomzodlarga oʻzlarini qiziqtirgan masalalar, ayniqsa, nomzod mabodo deputat boʻlib saylangan taqdirda xalq manfaati yoʻlida asosan qaysi tashabbuslarni eng ustuvor vazifa hisoblashlari xususida savollar bilan murojaat qildilar. Deputatlikka nomzodlar saylovchilar vakillari tomonidan tushgan savollarga navbati bilan batafsil javob berdilar.

Ochiqlik va shaffoflik asosida, demokratik ruhda oʻtgan deputatlikka nomzodlar bilan uchrashuv saylovchilarning har bir nomzod aʼzo boʻlgan partiya dasturi haqida aniq va mufassal tushunchaga ega boʻlishlarida muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019