16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:36
Siyosat 👁 1,122

"Siyosatdagi yoshlar" intellektual turniri oʻtkazildi

"Siyosatdagi yoshlar" intellektual turniri oʻtkazildi

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tomonidan Amudaryo tumanida "Siyosatdagi yoshlar" intellektual turniri oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi masʼul xodimlari, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi partiya guruhi aʼzolari, partiyaning "Yoshlar qanoti" aʼzolari, partiya faollari, yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi oʻrinbosari Maxmud Yesengeldiyev hamda partiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Gulnaz Dalibayevalar soʻzga chiqib ishtirokchilarni samimiy qutlab, turnirda barcha jamoalarga omad va yuksak natijalar tiladi.

Intellektual turnirni tashkil etishdan asosiy maqsad — yoshlarning siyosiy bilim va koʻnikmalarini yuksaltirish, ularning mamlakatimizda kechayotgan siyosiy jarayonlarda faol va ongli ishtirokini taʼminlashdan iborat. Shuningdek, yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini aniqlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish ham ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Bu kabi tadbirlar Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining Saylovoldi dasturida nazarda tutilgan vazifalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, partiya safidagi yoshlarning intellektual salohiyatidan samarali foydalanish, yuksak siyosiy bilim va tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlgan iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning isteʼdod va salohiyatini roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi.

Intellektual turnirda yoshlardan iborat jamoalar bilim va tafakkur borasida oʻzaro bellashdi. Qizgʻin va murosasiz kechgan tadbir yoshlarning intellektual salohiyati, jamoaviy hamjihatligi va tezkor fikrlash qobiliyatini namoyon etdi.

Tanlov ishtirokchilari ikki shart asosida oʻz bilim va salohiyatlarini sinovdan oʻtkazdi.

“Tezkor savol-javob” deb nomlangan birinchi shartda jamoalar davlat boshqaruvi, siyosiy jarayonlar va huquqiy tizimga oid savollarga qisqa vaqt ichida aniq va toʻgʻri javob berish orqali oʻz bilim darajasi hamda tezkor fikrlash qobiliyatini namoyon etdi.

“Siyosiy tezkor javob berish” nomli ikkinchi shartda esa ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Qonun, Saylov kodeksi, Oila kodeksi va Mehnat kodeksi boʻyicha tayyorlangan savollar yuzasidan oʻzaro bellashib, siyosiy-huquqiy savodxonlik darajasini sinovdan oʻtkazdilar.

Yuqori saviyada va qizgʻin raqobat ruhida oʻtgan intellektual turnir yakunlariga koʻra gʻolib jamoalar aniqlandi.

Mazkur bellashuvda bilim va zakovati bilan ajralib turgan “Yuksalish” jamoasi faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. “Yoshlar” va “Taraqqiyot” jamoalari ikkinchi oʻringa, “Qalqon” hamda “Vatanparvar” jamoalari esa uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.

Gʻoliblar partiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tomonidan tayyorlangan maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tadbir yakunida partiya safiga yangidan qabul qilingan aʼzolarga partiyaning aʼzolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Oʻzbekiston XDP  Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019