16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:50
Sport 👁 239

3-dekabr – Xalqaro Nogironlar kuniga bagʻishlab sport musobaqalari tashkil etildi

3-dekabr – Xalqaro Nogironlar kuniga bagʻishlab sport musobaqalari tashkil etildi

Joriy yilning 20-noyabr sanasida Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati Amudaryo tumani boʻlinmasi, Amudaryo tuman hokimligining Turizm va sport boʻlimi va tuman Xalq taʼlimi boʻlimi hamkorligida “Sport – yosh tanlamaydi, sport – hamma uchun!” shiori ostida sport musobaqalari oʻtkazildi.

Tuman Nogironlar jamiyatining 10 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan imkoniyati cheklangan 30 nafar aʼzolari ishtirokida boʻlib oʻtgan musobaqalarning doʻstona va qiziqarli oʻtishini taʼminlash maqsadida 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi  maʼmuriyati tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratib berildi.

Xususan, maktabning sport zali sportning bir necha turlari uchun zarur sport jihozlari bilan taʼminlangani ishtirokchilar uchun munosib qulayliklar yaratdi.

Tadbirning qiziqarli va zavqli oʻtishini taʼminlash maqsadida tuman Turizm va sport boʻlimi boshligʻi  Gʻulomjon Qurbonboyev, “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabova, Yoshlar ishlari agentligi Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi Jasur Davletov, tuman Madaniyat boʻlimi mudiri Shuhrat Yusupov, Xalq  taʼlimi boʻlimi psixologi Tatʼyana  Pirlepesova  hamda Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati Amudaryo tumani boʻlinmasi boshligʻi Nilufar Xolboyevalar har bir sportchining  chiqishini eʼtibor bilan kuzatib bordilar.

Tadbirda imkoniyati cheklangan sportsevar yoshlar sportning bir necha turlari boʻyicha bahslashdilar va oʻz mahoratlarini namoyish etdilar.

Tadbir davomida “Barkamol avlod” bolalar maktabi ijodkor oʻquvchi-yoshlari tomonidan tayyorlangan maroqli kontsert dasturi ham namoyish etildi.

3-dekabr – Xalqaro Nogironlar kuni arafasida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqalarning  ishtirokchilari “Biz gʻoliblik uchun hamjihatlikda harakat qilamiz va barchamiz birmiz, birdammiz!” shiori ostida  kuch sinashdilar va 30 nafar imkoniyati cheklangan sportsevarlarning barchasi tadbir tashkilotchilari va homiylari tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib, bayram sovgʻalari topshirildi.

Doʻstona  va qiziqarli bahslarga boy oʻtgan tadbir yakunida homiylar tomonidan fayzli dasturxon yozilib, osh tortildi.

Xalqaro nogironlar kuni arafasida oʻtkazilgan mazkur tadbirga Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman boʻlinmasi, tadbirkorlar Rahmatulla Yoqubov, Nargiza Abdukarimjonova, “Shukurxon” ijodiy ustaxonasi direktori Rustam Yangiboyev, “Doniyorbek Sobirov” MChJ doʻkoni va Amudaryo muhandislik texnikumi oʻqituvchisi Nilufarxon Nasrullayevalar homiylik qildilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019