16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:50
Sport 👁 405

“Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida ayol-qizlar oʻrtasida gimnastrada sport musobaqalari oʻtkazildi

“Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida ayol-qizlar oʻrtasida gimnastrada sport musobaqalari oʻtkazildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021-yil 4-noyabrdagi “Respublikada sportning gimnastarada (gimnastika barcha uchun) turini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev rahbarligida joriy yilning 15-noyabr sanasida tumandagi barcha korxona va tashkilotlar va tadbirkorlik  subʼektlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, tumanda 2021-yil  noyabr oyida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida gimnastrada sport musobaqalarini  tashkil etish hamda ushbu musobaqalarga tumandagi barcha korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik subʼektlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni keng jalb qilish vazifasi topshirilgan edi.

Mazkur vazifaning amaliy ijrosini taʼminlash, gimnastrada sporti musobaqalarini yanada ommalashtirish maqsadida  tuman hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari M.Shermetov, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi A.Yuldashev, Turizm va sport boʻlimi rahbari Gʻ.Qurbonboyevlar hamkorligida joriy yilning 25-26-noyabr kunlari “Sogʻlom ayol – buyuk kelajak” gʻoyasi asosida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida keng qamrovli gimnastrada musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqalarni yuksak saviyada oʻtkazishga qaratilgan chora-tadbirlarga koʻra, musobaqa oʻtkaziladigan joy gimnastrada sporti logotipi tushirilgan bannerlar bilan bezatilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Musobaqa ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarga muvofiq, tuman Tibbiyot birlashmasi, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan mutaxassis shifokorlar navbatchiligi tashkil etilib, tibbiy niqoblar, antiseptik vositalar hozirlab qoʻyildi. Musobaqaning ochilish marosimida tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan musiqiy chiqishlar tashkil etildi.

Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tomonidan musobaqada ishtirok etishni xohlovchi yoshlar safini yanada kengaytirish maqsadida, avvalo har bir korxona va tashkilotda, taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan ayol-qizlarning roʻyxati shakllantirilgani musobaqaning yanada qiziqarli taassurotlarga boy tarzda oʻtishini taʼminladi.

Joriy 2021-yil 27-noyabr sanasida esa tumandagi korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik subʼektlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar jamoalari oʻrtasida “Sport - nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida gimnastrada sporti musobaqalari doʻstona va samimiy ruhda oʻtkazildi.

Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi, Turizm va sport boʻlimi, Madaniyat boʻlimi, Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi va boshqa hamkor tashkilotlar hamkorligida Amudaryo tumani Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi sport zalida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqa tumanimizda ayol-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, gimnastrada sport turini qoʻllab-quvvatlash yanada rivojlantirish va ushbu sport turini ommalashtirish hamda yetuk sportchilarni yetishtirib chiqarishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Musobaqada jami 20 ta jamoadan 160 nafar ishtirokchilar qatnashdi.

Musobaqa yakunida I-oʻrinni 3-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti, 2-oʻrinni 6-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti, 3-oʻrinni 16-sonli ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabi jamoalari egallashdi.

Gʻoliblar tuman hokimligining qimmatbaho sovgʻalari, Turizm va sport boʻlimining I-II-III-darajali diplomlari va tashakkurnomalari bilan taqdirlanishdi.

Musobaqaning ommaviyligini oshirish va aholining keng qatlamlari orasida keng yoyish maqsadidagi targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Musobaqa yakunida tumanimizning taniqli sanʼatkorlari musobaqa gʻoliblariga musiqiy tabrik yoʻlladilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019