16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Adabiyot 👁 244

Jayxun ilhomlari

Jayxun  ilhomlari

YaNGI YIL OʻYLARI

Yana yangi yil kelur,

Bepoyon oʻlkamizga.

Tashvish-u vazifalar,

Yuklaydi yelkamizga.

 

Har yilgidan ham juda,

Quvonch bilan kutamiz.

Bir yil boʻyi toʻplagan,

Tuhfamizni tutamiz.

 

Negaki yangi yildan,

Umidimiz xoʻp katta.

Qancha-qancha ishlarni,

Bitiramiz, albatta.

 

Porloq kelajak sari,

Tashlanur ulkan qadam.

Nelarga qodirligin,

Namoyish etar odam.

 

Gʻaroyib tadqiqotlar,

Kashfiyotlar yaralar.

Yangi Oʻzbekistonning,

Shuhrati keng taralar.

 

Yangi maqsad, marralar,

Koʻzlab quloch yozamiz.

Yutuqlar quchib moʻldan,

Shaxdam qadam bosamiz.

 

Kel, marhabo yangi yil,

Koʻksimizda qoʻlimiz.

Sen kelgach boʻlar yaqin,

Mashʼallikka yoʻlimiz.

 

Yozamiz taʼrifingga,

Qanchalab qoʻshiq, doston.

Tantanalar qilamiz.

Jam boʻlib doʻst-u yoron.

 

Qalbimizda urar joʻsh,

Ajoyib orzu-oʻylar.

Kelganingdan jaranglar,

Qoʻshiqlar, yalla, kuylar.

* * *

ARChA QURAMIZ

Kelingiz uyimizga,

Archa quramiz.

Qoʻl ushlashib hammamiz,

Qator turamiz.

 

Atrofida aylanib,

Qah-qah uramiz.

Doʻstlik, birodarlik,

Zavqin suramiz.

 

Barcha millat bolasi,

Doʻst-u joʻramiz.

Jaranglaydi davrada,

“Yasha”, “Ura”miz.

 

Qorbobo, Qorqiz bilan,

Birga yuramiz.

Bergan sovgʻalarini,

Baham koʻramiz.

 

Kelingiz uyimizga,

Archa quramiz...

* * *

Yangi yil qoʻshigʻi

Maktabimda archa bordir,

Yon-verida barcha bordir.

Archamizni koʻrib qoʻying,

Bayram zavqin surib qoʻying.

Yangi yilni boshlab keldi,

Qutlugʻ qadam tashlab keldi.

Quvonchimiz oshib ketdi,

Daryo misol toshib ketdi.

Oʻyin-kulgu avjda bugun,

Dillarimiz mavjda bugun.

Yoshimizga minar bir yosh,

Qoʻshiq kuylar keksa-yu yosh.

Oʻzbekiston suyuk davlat,

Kelajagi buyuk davlat.

Tinch, farovon yashaymiz biz,

Beminnat non oshaymiz biz.

Farzandimiz obod elning,

Mustaqil-u ozod elning.

Yangi yilni kutib shunday,

Charaqlaydi koʻngil kunday.

Maktabimda archa bordir,

Yon-verida barcha bordir.

Saʼdulla XOʻJANIYoZOV, faxriy jurnalist.

 

YaNGI YILIM YaXShI KELGAY

Xirmonimiz moʻldan boʻlib,

Daryo loyqa suvga toʻlib.

Humo qushi boshga qoʻnib,

Yangi yilim yaxshi kelgay.

 

Ketsin ofat bizdan qochib,

Quyosh issiq nurin sochib.

Mehmonimdek quchoq ochib,

Yangi yilim yaxshi kelgay.

 

Zamona tinch, yur erkalab,

Bir-birovning boshin silab.

Insonlarga sogʻliq tilab,

Yangi yilim yaxshi kelgay.

 

Qutlugʻ aylab yoshlar yoʻlin,

Barcha qalam qoshlar yilin.

Ogʻritmasdan bagʻri - dilin,

Yangi yilim yaxshi kelgay.

 

Baxt keltirib barchamizga,

Nur taratib darchamizga.

Mehmon boʻlib archamizga,

Yangi yilim yaxshi kelgay.

 

Savob ishni kaftga ilib,

Gʻanimlarning bagʻrin tilib.

Salomatlik sovgʻa qilib,

Yangi yilim yaxshi kelgay.

 

Koʻz tegdirmay koʻz-qoshimga,

Alloh bergan tuz-oshimga.

Sogʻliq tilab yurtdoshimga,

Yangi yilim yaxshi kelgay.

T.DOSChANOV,

21-maktab direktori.

 

ARAFADA

Goho shod, goh mahzun oʻtmoqda kunlar,

Barmoq orasidan sizgan qum kabi.

Kimgadir armonlar keltirdi bu yil,

Kimningdir ushaldi ezgu matlabi.

 

Mana,bugun yana arafadamiz,

Yana qutlovlarga shaylanar tillar.

Yangi yilning oppoq sahifasiga,

Orzularin yozmoq istar koʻngillar.

 

Hozircha yangi yil dovon ortida,

Xayolda borligʻi oʻxshar ertakka.

Istagim, tilaklar yurakdan chiqsin,

Aylanib qolmasin ular ermakka.

 

Yaxshilikni ravo koʻrsang birovga,

Hayotsan – yashagin oʻzing shu koʻyi,

Sogʻligʻin tilasang agar oʻzganing,

Oʻzing ham yurarsan bardam yil boʻyi.

 

Sogʻ boʻlsak bayram koʻp, biroq tilaklar,

Qolmasin mashmasha bilan oʻralib.

Ilohga bandamiz – ogʻa-iniday,

Yashaylik doimo yelkadosh boʻlib!

A.Nafasov.

 

Konstitutsiya

Qonunlarni oʻrgandik,

Eng ulugʻ saboq oldik.

Konstitutsiya bilan

Yurtimizda tinchlik.

 

Konstitutsiya bilan

Vatanimiz farovon.

Unga amal qilamiz,

Qonunni qadrlaymiz.

Jasmina Bekimbetova,

55-maktab oʻquvchisi.

 

Qish

Bezatadi oppoq qor,

Dala, adir, qirlarni.

Ayozdan berib darak,

Muzlatadi koʻllarni.

Diyorbek NURJONOV, 84-maktab oʻquvchisi.

 

YaNGI YILIM YaXShI KELGAY

Xirmonimiz moʻldan boʻlib,

Daryo loyqa suvga toʻlib.

Humo qushi boshga qoʻnib,

Yangi yilim yaxshi kelgay.

 

Ketsin ofat bizdan qochib,

Quyosh issiq nurin sochib.

Mehmonimdek quchoq ochib,

Yangi yilim yaxshi kelgay.

 

Zamona tinch, yur erkalab,

Bir-birovning boshin silab.

Insonlarga sogʻliq tilab,

Yangi yilim yaxshi kelgay.

 

Qutlugʻ aylab yoshlar yoʻlin,

Barcha qalam qoshlar yilin.

Ogʻritmasdan bagʻri - dilin,

Yangi yilim yaxshi kelgay.

 

Baxt keltirib barchamizga,

Nur taratib darchamizga.

Mehmon boʻlib archamizga,

Yangi yilim yaxshi kelgay.

 

Savob ishni kaftga ilib,

Gʻanimlarning bagʻrin tilib.

Salomatlik sovgʻa qilib,

Yangi yilim yaxshi kelgay.

 

Koʻz tegdirmay koʻz-qoshimga,

Alloh bergan tuz-oshimga.

Sogʻliq tilab yurtdoshimga,

Yangi yilim yaxshi kelgay.

T.DOSChANOV,

21-maktab direktori.

 

Yangi yil

Tilaklar toʻlib-toshgan,

Orzularning ayyomi.

Ezgulikka yoʻl ochgan,

Yangilanish bayrami.

 

Sen-la dilni xushlaymiz,

Kuy-qoʻshiqni boshlaymiz.

Yangi niyatlar bilan

Har doim nishonlaymiz.

 

Yangi yil zoʻr shodiyona,

Quvnab raqsga tushamiz.

El-yurt bitta oila,

Bayramni nishonlaymiz.

Oltinoy RAHIMBOYeVA, 53-maktab oʻquvchisi.

 

YaNGI YIL TABRIGI

Assalom, Amu elim,fidoiy xalqim,

Yuragim ardogʻi, qadrdonlarim.

Sizga ehtiromim sizga hurmatim,

Sogʻinch-la sizlarga salom yoʻlladim –

Yangi yil muborak, aziz yurtdoshim!

Shukr, yangi yilga yetib kelibmiz,

Kimlar yetdi, kimlar armonlarimiz.

Eski yilda qolsin, afsuslarimiz,

Bu yil sogʻliq yili boʻlsin ilohim –

Yangi yil muborak, qadrdonlarim.

Zarhal harflar-la eski yilimiz,

Yoziladi oʻchmas tarixlarimiz.

Yaxshi-yomon kunlar, shukurlarimiz,

Yurtimni omonda saqla Allohim,

Yangi yil muborak, mehribonlarim.

Orqangga qarab qoʻy, oʻtgan umringdan,

Rozi boʻldingmi ayt, oʻzi-oʻzingdan?

Koʻngling toʻldimi, ayt savoblaringdan,

Hammasiga guvoh qodir Xudoyim,

Yangi yil muborak, jonajonlarim.

Tabriklab qoʻydingmi yaqinlaringni,

Sen uchun duoda oʻtirganlarni 

“Kelib qolar”, deya kutganlaringni,

Sendan rozi boʻlsin barcha iloyim,

Yangi yil muborak, doʻst-u yorlarim.

Duolarimdasiz, yuragimdasiz,

Bir zum unutmadim, fikr-u yodimsiz,

Iymonim, vijdonim, nomus-orimsiz

Kindik qonim tomgan jonim Mangʻitim –

Yangi yil muborak, sogʻinganlarim!

Jumagul YuNUSOVA.

 

Tilak

Bu hayot tashvishlarin bir chetga surib,

Doʻstim, kel, yashaylik biz ham quvonib.

Yoningda farzanding chopqillab yurar,

Axir bormi dunyoda shundan ortiq baxt.

Ota-onang bordur yoningda sening,

Oltinga teng duosin olasan har kun.

Sevganing ham goʻzal, qara baxtiyor,

Faqat sen xomushsan, nega doʻstginam?

Shunday yaralgan-ku axir bu hayot,

Gohida achchiqdir, gohida shirin.

Shunday baxtimiz bor nega noliymiz,

Shukrona qilmoq ham baxt erur butun.

Munira KARIMOVA,

42-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Men ham burun olov edim...

Toʻqayda yurgan tulporday,

Tutqich bermas xayollarim.

Koʻzlari oʻtkir burgutday,

Oyni koʻzlar orzularim.

Men ham burun olov edim,

Mehnatdan topdim nonimni.

Endi esa nochor boʻldim,

Hech kim soʻrmas ahvolimni.

Keksalik ogʻir dard ekan,

Yoshlikning qadri bilinar.

Allohim shunday yaratgan,

Oʻylarim qogʻozga toʻkilar.

Shomurod SAIDOV,

Toʻlqin ovuli.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019