16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:45
Sport 👁 296

“UMID NIHOLLARI - 2022” SPORT MUSOBAQASINING TUMAN BOSQIChI YaKUNLANDI

“UMID NIHOLLARI - 2022” SPORT MUSOBAQASINING TUMAN BOSQIChI YaKUNLANDI

Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sportni rivojlantirish, ularni ommaviy ravishda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida yoshlarimizning sportga boʻlgan qiziqishlari kundan kunga orta borib, ular sogʻlom, irodasi mustahkam, vatanimizning sodiq farzandlari boʻlib voyaga yetmoqda.

Respublikamiz miqyosida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchi-yoshlari orasida oʻtkazilib kelinayotgan “Umid nihollari” sport musobaqalari ham bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ishtirokchilar uchun bayram tusini oladigan ushbu musobaqa joriy yilda ham koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda.

Shu kungacha ushbu musobaqaning maktablararo, hududiy bosqichlarida sportning 11 ta turi yaʼni futbol, veleybol, basketbol, gandbol, mini futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka, badminton, yengil atletika, stritbol, kurash, sport va badiiy gimnastika turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilib, gʻoliblar aniqlandi. Musobaqalar 1-4, 5-6, 7-8 va 9-11-sinflar oʻquvchilari orasida oʻtkazildi.

Shu yilning 5-6-yanvar kunlarida “Umid nihollari - 2022” sport musobaqalarining 8 ta hududiy gʻoliblari orasida musobaqalari oʻtkazildi va ushbu bosqich gʻoliblari tuman bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. 7-yanvar kuni “Umid nihollari - 2022” sport musobaqasiniing tuman bosqichiga start berildi.

Shu kuni tumanimizdagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi, 33- va 16-maktablar sport zallarida sportning stritbol, stol tennisi va kurash turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilib, gʻoliblar aniqlandi.

Ushbu musobaqalarda quyi bosqichlarda gʻoliblikka erishgan mahoratli va epchil 600 nafar oʻquvchilar ishtirok etishdi. Shuning 230 nafarini qizlar tashkil qiladi. Musobaqaning gʻolib va sovrindorlari Oʻzbekiston “Yoshlik jismoniy tarbiya va sport jamiyati” Amudaryo tumani hududiy boʻlinmasining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

“Umid nihollari - 2022” musobaqasining tuman bosqichida oʻzaro bahs olib borib, raqiblaridan ustun kelgan jamoa va oʻquvchilar ushbu sport musobaqasining final, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublika bosqichida qatnashish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

Keyingi kunlarda ushbu musobaqaning sportning boshqa turlari boʻyicha tuman bosqichi bahslari davom ettirildi. Yuqori kayfiyatda, gʻoliblik uchun astoydil intilib, maktabi, yashash hududi sport sharafini yuqori koʻtarishga intilayotgan oʻquvchi-yoshlar uchun hayajonli kunlar davom etib, 10-yanvar kuni musobaqalar nihoyasiga yetdi, sportning 11 ta turi boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi.

Yoshlarda sportga boʻlgan havas va intilishni, jamiyatda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va koʻnikmalarni rivojlantirish, sport turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalariga sport zahirasini tayyorlash, oʻquvchi-yoshlarni sport mashgʻulotlariga uzluksiz jalb etilishini taʼminlash maqsadida hukumatimiz qabul qilgan qaroriga koʻra oʻtkazib kelinayotgan “Umid nihollari” sport musobaqalari ishtirokchilar uchun haqiqiy sport bayramiga aylanib bormoqda, yoshlar oʻzligini namoyon etadigan minbarga aylanmoqda.

Sevara Ismoilova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019